36
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
Faoliyatli shakllar. Kontent elementlari bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi
konstruktiv aloqa bilan tavsiflanadi.
Faoliyatlarga quyidagilar kiradi:
1. Kontentning faol maydoniga ob’ektni kiritish/o‘chirish.
2. Ob’ektlarni o‘zaro munosabatlarini, ierarxiyasini o‘rnatish uchun
harakatlantirish.
3. Ob’ektlarni birlashtirish, ularning xususiyatlarini o‘zgartirish yoki yangi
ob’ektlarni olish.
4. Ob’ektlarning muayyan kompozitsiyalarini tuzish.
5. Muayyan tizimni tashkil qilish uchun ob’ektlarni havolalar bilan
birlashtirish.
Tadqiqotli shakllar.
Tadqiqotlar taklif qilingan voqealarni o‘rganishga emas, balki o‘z voqealarini
ishlab chiqarishga asoslanadi. Foydalanuvchiga bir nechta harakatlar taklif
etilmaydi, uning o‘zaro ta’sir jarayonida taqdim etilgan yoki yaratilgan ob’ektlar va
jarayonlar bilan o‘zaro aloqasi ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. O‘quv maqsadlari
mazmunga kiritilmagan, ya’ni istalgan natijaga olib keladigan metodik ketma-ketlik
taklif etilmaydi.
So‘nggi paytlarda raqamli ta’lim resursidan foydalanish samaradorligini
baholash uchun psixologik-pedagogik ekspertiza usuli qo‘llanilmoqda. Bunday
ekspertiza aniqlovchi yoki shakllantiruvchi tajribalar jarayonida olingan
ma’lumotlar asosida qurilgan psixologik diagnostikadan farqli o‘laroq, ekspert
baholashlari asosida quriladi. Binobarin, ekspertiza sifati ko‘p jihatdan ekspertiza
o‘tkazish mezonlari va metodologiyasini ishlab chiqishga, shuningdek,
ekspertlarning malaka darajasiga bog‘liq. Ta’lim resursini amaliyotiga joriy etishdan
oldin tanlash bosqichida ekspert usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.