Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

43 
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ 

asarni, shu jumladan uning nomini muallifning sha’ni va qadr-qimmatiga 
zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday tarzda buzib 
ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan 
himoya qilish huquqi (muallif obro‘sini himoya qilish huquqi). 
Mutlaq huquq ushbu asarni ko‘paytirish, tarqatish, ko‘rsatish, import qilish, 
nusxalash va sotish imkoniyatini beradi. E’tibor bering, agar mahsulot inson 
tomonidan o‘z vazifalarini bajarish jarayonida yaratilgan bo‘lsa (masalan, o‘qituvchi 
masofaviy o‘qitish kursini ishlab chiqqan bo‘lsa), unda shaxsiy nomulkiy huquqlar 
muallifga, mutlaq huquqlar esa ish beruvchiga tegishli. 
Mualliflik huquqi g‘oyalar, tushunchalar, tamoyillar, usullar, jarayonlar, 
tizimlar, usullar, texnik, tashkiliy yoki boshqa muammolarni hal qilish, kashfiyotlar, 
faktlar, dasturlash tillari, er osti boyliklari haqidagi geologik ma’lumotlarga taalluqli 
emas. Quyidagilar mualliflik huquqi ob’ekti emas: rasmiy hujjatlar, davlat va shahar 
ramzlari va belgilari, aniq mualliflarga ega bo‘lmagan xalq amaliy san’ati asarlari, 
voqea va faktlar haqidagi xabarlar. 
Mualliflik huquqi asar yaratilganda yuzaga keladi va ro‘yxatdan o‘tish yoki 
boshqa rasmiyatchiliklarni talab qilmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar 
to‘g‘risida”gi qonunida asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini 
albatta ko‘rsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar yetkazmaslik 
va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslik sharti bilan oshkor 
qilingan asarlardan yoki bunday asarlarning parchalaridan ta’lim va o‘quv tusidagi 
nashrlarda ko‘zlangan maqsadga mos hajmda misollar tariqasida foydalanish 
ko‘rsatib o‘tilgan. Boshqa barcha holatlarda muallifning roziligi talab qilinadi. 
Masalan, sayt sahifasiga biron bir manbaga havolani joylashtirish uchun 
muallifga xabar berish shart emas. Shuni ta’kidlash joizki, sarlarning ochiq 
manbalarda mavjudligi siz materialdan erkin nusxa ko‘chirishingiz va undan 
foydalanishingiz mumkin degani emas. Har qanday darslikni muallifining roziligisiz 
shaxsiy veb-saytiga joylashtirish, boshqa odamlarning veb-sahifalarini nusxalash, 
Internetda olingan fotosuratlarni ular asosida yangi manbalar yaratish uchun 
o‘zgartirish, film yoki kompyuter dasturining soxta nusxasidan foydalangan holda, 
u huquqbuzarlik qiladi, ya’ni mualliflik huquqini buzadi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish