40
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
−
Samaradorlikni baholash.
Tinglovchilar bilimini shaffof va tushunarli
mezonlarga mosligini tekshirish.
−
O‘quv materiallari tizimlashtirish.
Tinglovchilarga ko‘plab ma’lumotlarni
yodlab olishga yordam beradigan shablonlar, nazorat varaqalari, jadvallar va boshqa
vositalarni taklif etish.
Blum taksonomiyasi.
1956 yilda Bendjamin Blum kognitiv o‘rganish
darajasini tavsiflovchi tizim yaratdi. Blum o‘quv materiali bilan tanishishning 6
darajasini ta’kidlaydi:
−
Bilim.
Tinglovchi o‘rgangan ma’lumotni eslab qoladi va takrorlaydi
(masalan, muayyan sohaning atamalari va asosiy tushunchalarini eslab qoladi).
Darajaga mos keladigan fe’llar: aniqlash, ta’riflash, tanlash, bilish, nomlash.
−