39
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
−
Vazifalarga yo‘naltirish.
O‘quv kontentlari tinglovchilarning
faoliyatida
duch keladigan aniq vazifalarni yengishga yordam berishi kerak.
−
Tinglovchilar bilimiga murojaat.
Onlayn kurs
tinglovchilarning mavjud
bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan bog‘lashga yordam beradi.
−
O‘quv materiallari taqdimotining xilma-xilligi.
Onlayn kurs tinglovchilari
e’tiborini jalb qilishi va ma’lumotni yaxshiroq eslab
qolishlari uchun yangi
bilimlarni taqdim etishning turli usullaridan (ma’ruzalar,
hikoyalar, videofilmlar,
infografika) foydalanishi kerak.
−
Qo‘llash.
Tinglovchilar mashg‘ulot jarayonida
yangi bilimlarni mustaqil
ravishda qo‘llashlari kerak.
−
Integratsiya.
Onlayn kurs bo‘yicha bilimlar tinglovchilarning
faoliyatiga
singib ketishi, amalda qo‘llanilishi kerak.
Gane ta’limotining 9 ta darajalari.
Robert Gane bixeviorizm (insoniylik
xulq-atvori) tamoyillariga asoslangan tuzilmani taklif qildi.
−
E’tiborini jalb qilish.
Yorqin tasvir, yo‘lantiradigan
savol va unutilmas
statistik raqamlardan foydalanish mumkin.
−
Maqsadlar haqida gapirish.
Onlayn kursning kirish qismida erishiladigan
natijalarni tavsiflash lozim. Maqsadga erish ko‘rsatkichlarini aniqlash lozim.
−