38
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
2.4. Litsenziyalangan dasturiy ta’minotning afzalliklari va ochiq dasturiy ta’minotning
kamchiliklari
2.1. An’anaviy va raqamli ta’limda pedagogik dizaynning xususiyatlari.
Raqamli ta’lim resursini pedagogik loyihalash texnologiyasi. ADDIE
pedagogik dizayn tushunchasi. UX-dizayn
Pedagogik dizayn – bu onlayn ta’limni tashkil etishning asosiy usullaridan biri
hisoblanadi. Pedagogik dizayn kontentni aniq strategiyali, maqsadli va natijalarni
tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan kursga aylantirish imkoniyatini beradi.
Onlayn ta’limda tizimli yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
pedagogning vazifasi faqatgina bilim berish uchun kurs yaratish emas, balki
talabalarga natijaga erishishlariga xizmat qiladigan o‘quv resurslarini yaratish
hisoblanadi.
Pedagogik dizayn tamoyillari onlayn ta’lim jarayonida tinglovchilarni o‘quv
jarayoniga jalb qilishga yordam beradi. Samarali onlayn kurs talabalarning o‘rganish
tamoyillarini, inson ongining qabul qila olish darajasini va ularning motivatsiyasini
hisobga olgan holda yaratilishi lozim. Pedagogik dizayn tamoyillari talabalar
ortiqcha dalillar va ma’lumotlar bilan chilg‘imasliklari uchun taqdim etiladigan
ma’lumotlarni tartibga solishga yordam beradi. Pedagog onlayn kursga aniq
maqsadlarga erishishga imkon beradigan bilim va ko‘nikmalarni kiritadi va
maqsadsiz barcha elementlarni olib tashlaydi. Tizimli ishlaydigan kurs yaratuvchisi
nafaqat natija oladi, balki ularni baholaydi.
Pedagogik dizayn onlayn kurslarni loyihalash uchun turli xil modellarni taqdim
etadi. Keling, ulardan eng ommabop to‘rttasini ko‘rib chiqaylik.