|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi Pdf ko'rish
|
bet | 177/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONTushunish.
Tinglovchi faktlar va g‘oyalarni tushunishni namoyish etadi.
Ularni tizimlashtirishi, solishtirishi mumkin. U matnni o‘z so‘zlari bilan aytib
berishi, boshqa tinglovchiga tushuntirishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe’llar:
hikoya qilish, tushuntirish, izohlash, misol keltirish.
−
Qo‘llash.
Tinglovchi bilimlarni amalda qo‘llashi, shu kabi va boshqa
turdagi vazifalarni hal qilish uchun bilimlardan foydalanishi mumkin. Darajaga mos
keladigan fe’llar: qo‘llash, o‘zgartirish, qurish.
−
Tahlil.
Tinglovchi o‘quv materilialini mustaqil ravishda tahlil qilishi,
mantiqiy xatolar yoki zaif dalillarni ko‘rishi mumkin. Darajaga mos keladigan
fe’llar: solishtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarish.
−
Baholash.
Tinglovchi o‘quv materialining sifatini baholashi, uning qiymati
haqida xulosa chiqarishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe’llar: baholash,
taqqoslash, tanqid qilish.
−
Yaratish.
Tinglovchi mavjud o‘quv materiallari asosida yangi materiallarni
yaratishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe’llar: o‘zgartirish, qayta qurish,
umumlashtirish.
Pedagogik dizayn ta’lim jarayonini yanada samarali va sifatli tashkil etishda
muhim rol o‘ynaydi. Bu, ayniqsa, tinglovchilar, professor-o‘qituvchilar va o‘quv
kontenti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari orqali ta’minlanadigan onlayn ta’limda muhimdir.
Kelajakda raqamli ta’lim resurslarini yaratishni rejalashtirayotgan professor-
o‘qituvchilar bu jarayonning moliyaviy va inson resurslari bilan bir qatorda juda
ko‘p vaqt talab qilishini tushunishi lozim. Faqat pedagogik dizaynning har bir
bosqichida batafsil, yaxshi rejalashtirilgan mehnat orqali sifatli raqamli resurs
yaratiladi.
|
| |