Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy
asoslari modulini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
:
Tinglovchi:
- Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy
asoslariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va ularga kiritilgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalarni;
- Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi oid normativ-huquqiy
hujjatlarni huquqiy usul va vositalarini;
- Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan
vazifalarni ijro
etish jarayonida amalga oshirilayotgan islohot va yangiliklarni, bu to‘g‘risidagi
muhim ma’lumotlarni
bilishi
kerak.
Tinglovchi:
- Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va
vazifalarni amalga oshirish sohasidagi muammo va masalalarni tahlil etish;
- ta’lim muassasalarida ta’lim sub'ektlarining ma’naviy
axloqi va jamiyatning
ma’naviy asoslari bilan bog‘liq joriy muammolarni tahlil etish va baholash;
- Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi bilan bog‘liq ijtimoiy fanlarni
o‘qitishda
zamonaviy
innovatsion
pedagogika,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini o‘quv jarayoniga
faol tadbiq etish;
- fanlarni o‘qitishda ta’lim berishning modulli tizimidan kengroq foydalanish;
- Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga taalluqli bo‘lgan
tadqiqotlarni aniqlash va tahlil qilish;
- fanni o‘qitishda amaliyot materiallaridan kengroq foydalangan holda tahliliy
fikrlash;
- fan doirasida taqdimotlar yaratish, mustaqil va masofaviy ta’limni
tashkil
etishda video ma’ruzalarni tayyorlash va ulardan foydalanish