ularni milliy qonunchilik va amaliyot bilan qiyosiy tahlil qila olish
malakalariga
ega
bo‘lishi zarur.
Tinglovchi:
- Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, shuningdek ta’limning boshqa
ustuvor sohalari bo‘yicha talabalarni fundamental, shuningdek amaliy kasbiy
tayyorgarligini ta'minlash;
- o‘quv jarayoni nazariy tayyorgarligini amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini,
talabalarda tahliliy fikrlashni shakllantirishni, yangi bilimlarni mustaqil egallash va
qo‘llashni ta'minlaydigan o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik,
axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish;
- Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi o‘quv jarayoniga ilmiy
ishlanmalar natijalarini samarali joriy etish, fanni samarali o‘qitishga qaratilgan turli
metod va usullarini qo‘llash
kompetensiyalarini
egallashi lozim.
Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy
asoslari moduli ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
O‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik texnologiyalar
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar munozara va debat, ilmiy baxs va muhokama
shaklida, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash
va boshqa interaktiv ta’lim usullarini qo‘llagan holda, zamonaviy kompyuter
texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalar asosida
tashkil etiladi.
Modul doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar nazarda tutilib, bu borada davlat
va jamiyat hayotida katta amaliy ish tajribasiga, obro‘-e’tibor va nufuzga, yuksak
lavozim va martabaga, ilmiy yutuq va unvonlarga ega bo‘lgan shaxslar, ilmiy
jamoatchilik va akademik soha vakillari, davlat boshqaruvi organlari xodimlari va
boshqa mashhur shaxslar bilan adabiy va ma’naviy-ma’rifiy o‘chrashuvlar tashkil
etiladi.