Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

 



“Aqliy hujum” metodi 
- biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan 
bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga 
kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. 
Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning 
har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa 
tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z 
javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. 
Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar 
yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni 
ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod 
to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga 
o‘rgatadi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini 
jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va 
munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat 
og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr 
yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda 
turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy 
tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab 
amalga oshiriladi: 
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib 
qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi. 
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad 
qilib qo‘yilganda -yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi. 
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan 
so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish