Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol
ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli
nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim
beruvchi boshqa
interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki ta’lim
beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni
mavzuga jalb eta oladi va
baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan.
Kichik guruhlar shakllantiriladi
Mavzu yoritiladi
1-guruhga
topshiriq
2- guruhga
topshiriq
3-guruhga
topshiriq
4- guruhga
topshiriq
Ko‘rsatma berish va yo‘naltirish
Muhokama va tahlil qilish
1- guruh
taqdimoti
2- guruh
taqdimoti
3-guruh
taqdimoti
4- guruh
taqdimoti
Baholash
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan
iborat:
1.
Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq
bo‘lgan masalalar belgilanadi.
2.
Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6
kishidan
bo‘linishlari mumkin.
3.
Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4.
Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib
turiladi.
5.
Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6.
Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7.
Kichik guruhlar baholanadi.