Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat va jamiyat hayotida olib borilayotgan
islohotlar mazmuni va mohiyati. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining o‘rni va ahamiyati. Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida Yangi O‘zbekistonni barpo etishning
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari.
2-mavzu. 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalish va maqsadlari
Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish
orqali xalqparvar davlat barpo etish. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi
tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish. Milliy
iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur'atlarini ta'minlash. Adolatli
ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish. Ma’naviy taraqqiyotni
ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish. Milliy manfaatlardan kelib
chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish. Mamlakatimiz xavfsizligi
va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib
borish.