28
pedagoglar) tomonidan elektron о‘quv
resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda
SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron о‘quv
resurslarini yuklashi, о‘quvchilarning boshqa о‘quvchilar/о‘qituvchilar bilan (Chat,
Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi
xabarlar almashish moduli orqali)
muloqatini tashkillashtirish, о‘quv jarayonida
bо‘ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib
turuvchi
modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni
boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab о‘tish mumkin.
Qо‘yida masafaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi
erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy
imkoniyatlari bо‘yicha ma’lumotlarni bayon qilamiz.
Atutor
- Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi.
Tizimda mavjud о‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises,
Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud.
Tizim bir nechta
standartlarni qо‘llab quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega
bо‘lgan о‘quvchi talabalar tizim orqali о‘quv resurslardan foydalanishlari mumkin.
Xususan kо‘zi ojiz talabalar maxsus veb ilovalar orqali tizimga bog‘langan holda
о‘quv kontentdagi sо‘zlarni audio formatda о‘tkazgan holda tinglashi mumkin.
О‘quv modulini yozish vaqtida Atutor dasturiy majmuasining barqaror versiyasi
1.5-rasm. AtutorLMS tizimi