|
harakatlanishi aks ettirilgan qaydlarni keltirish mumkin.
Axborot tizimining tashkiliy ta’minoti Pdf ko'rish
|
bet | 537/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTON23
harakatlanishi aks ettirilgan qaydlarni keltirish mumkin.
Axborot tizimining tashkiliy ta’minoti
- bu axborot tizim ishlab turishi
uchun zarur bо‘lgan xodimlarning о‘zaro va texnik vositalar bilan munosabatlarini
aniqlovchi usullar va vositalardan iborat.
Tashkiliy ta’minot quyidagilardan iborat: axborot tizim о‘rnatiladigan
korxonaning mavjud boshqaruv tizimining tahlili, avtomatlashtirilishi zarur bо‘lgan
masalalarni aniqlash, masalalarni kompyuterda yechishga tayyorlash. Bunga
axborot tizimni texnik loyihasini tuzish uchun topshiriq va axborot tizimni
foydaliligini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash ham kiradi.
Tashkilotning tarkibi va strukturasi haqida boshqaruv qarorini ishlab chiqish,
tashkilot boshqaruv tizimini foydaliligini oshirishga qaratilgan masalalarni yechish
metodologiyasini ishlab chiqish.
Axborot tizimining huquqiy ta’minoti
- bu axborot tizim ishlab turishi
uchun zarur bо‘lgan huquqiy normalar bо‘lib, axborot tizimini yaratish, faoliyat
kо‘rsatish, axborotni olish, ishlov berish va foydalanish qoidalarini aniqlab beradi.
Huquqiy ta’minot tarkibiga davlatning qonunlari, farmonlari, qarorlari va
davlat tashkilotlari, vazirliklarning, mahalliy davlat organlarining buyruqlari,
kо‘rsatmalari, normativ hujjatlari va boshqalar kiradi. Huquqiy ta’minot tarkibida
umumiy qism (ixtiyoriy axborot tizimning faoliyatini belgilaydi), mahalliy qismni
(konkret axborot tizim faoliyatini belgilaydi) ajratish mumkin.
1.2. Kompyuter o‘qitish vositalarining turlari va tasnifi.
Elektron ta’lim bevosita internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanib,
Internet ta’lim tizimini shakllantirishga imkon beradi. Bunda quyidagilarni alohida
ajratgan holda, ta’limni rivojlanishidagi muhim omillar sifatida keltirish maqsadga
muvofiqdir:
1. Mobile Learning
. Mobil о‘qish va о‘qitish. Apparat va dasturiy ta’minot
yutuqlari mobile “smart phones” makonini yaratishdagi vositalarni yaratilishiga
turtki bо‘ldi. Internet tarmog‘iga ulangan va xisoblash imkoniyatlarga ega mobil
qurilmalar xattoki zamonaviy kompyuterlardan ommalashib ketdi.
|
| |