21
-
qiziqtiruvchi ma’lumotlarni olish uchun biron-bir elektron
ma’lumotlar bankiga va maqsadli о‘quv ma’lumotlar bazalariga ulanish
imkoniyati;
-
turli xil axborot tashuvchi vositalardan ma’lumotlarni yuklash;
-
kurs о‘qituvchisi bilan muloqotni tashkiletish;
-
bir vaqtning о‘zida kо‘p sonli о‘quvchilarga xabarlarni yuborish;
-
о‘qituvchi va talabalar о‘rtasida asinxron ma’lumot almashish (matn,
grafik, audio).
-
konsultatsiyalar, nazorat qilish va hokazolarni tashkil etish imkoniyati.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez о‘zgarmoqda.
Deyarli
har daqiqada
sayyoramizning turli
burchaklarida
о‘zgarishlar,
yangilanishlar va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bо‘lmoqda. Har bir kunimiz
kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Axborot oqimi bizni uyda, ishxona va
ta’tilda ta’qib etadi. Inson axborot ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi.
Hayotni anglash, uni о‘rganish axborotlarni yig‘ish va о‘zlashtirish orqali kechadi.
Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan
о‘zlashtirilgan axborotlarning kо‘p yoki ozligi bilan belgilanadi.
Tizim
deganda bir vaqtning о‘zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har
qanday obyekt, ham qо‘yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan
turli elementlar majmui tushuniladi. Ma’lumki, bugungi kunda kо‘plab turli xil
tizimlar yaratilgan bо‘lib, ular о‘z tarkibi va bosh maqsadlari bо‘yicha bir-biridan
farqlanadi.