• 1-ma’ruza. Axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari va qо‘shgan hissasi (2 soat) Reja
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet532/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

     
     
    “?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak. 
     
    “+” bu ma’lumot men uchun yangilik. 
     
    “– ” bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman? 
     
    Belgilangan vaqt yakunlangach, ta’lim oluvchilar uchun notanish va 
    tushunarsiz bо‘lgan ma’lumotlar о‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, 
    ularning mohiyati tо‘liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‘ulot 
    yakunlanadi. 
    Test
    Muammoli vaziyat 
    Tushuncha tahlili 
    (simptom)
    Amaliy vazifa


    18 


    19 
    III. NAZARIY MATERIALLAR 
     
    1-ma’ruza. Axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalarning 
    zamonaviy yutuqlari va qо‘shgan hissasi (2 soat) 
    Reja: 
    1.1.
    Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. 
    1.2.
    Kompyuter о‘qitish vositalarining turlari va tasnifi. 
    1.3.
    Kompyuterni о‘qitish vositalarini yaratish va ulardan foydalanishga 
    qо‘yiladigan talablar. 
     
    Tayanch iboralar: 
    axborot-kommunikatsion texnologiya, axborotlashtirish, 
    axborot tizimi, axborot tizimining apparat ta’minoti, axborot tizimining dasturiy 
    ta’minoti, axborot tizimining axborot ta’minoti, axborot tizimining matematik 
    ta’minoti, axborot tizimining hukukiy ta’minoti, LMS (Learning Management 
    Systems), Web-texnologiyalar. 
    1.1.
     
    Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. 
    О‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodining ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor 
    munosabatlariga bosqichma-bosqich о‘tishi hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti 
    jamiyatimiz 
    ijtimoiy-iqtisodiy 
    hayotining 
    barcha 
    jabhalariga 
    axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarni tadbiq qilish darajasini 
    tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini 
    axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining obyektiv jarayoni va zarur bо‘lgan 
    axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy 
    davomidir. 
    Hozirgi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari 
    (AKT)
    iboralari 
    kundalik turmushda eng kо‘p qо‘llaniladigan tushunchalar desak mubolag‘a 
    bо‘lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni 
    bajarmaylik, albatta, AKT bilan ish kо‘ramiz. Zamonaviy AKTdan foydalanish, 
    axborot almashish, ularni uzatish, о‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini 
    tashkil etadi. 
    Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari juda keng 
    tizim bо‘lib, unga ma’lum bо‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter 
    tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham 
    kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni 
    uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, 
    bilimlar ombori kabilar misol bо‘lishi mumkin. “XXI asr - axborotlashtirish asri”da 
    ta’lim sohasiga elektron ta’limni joriy etish, har bir ta’lim muassasasida: 
    - о‘qitish va о‘qish jarayonining; 
    - ta’lim muassasasi boshqarilishining; 
    - ta’lim muassasasi bо‘linmalarining; 
    -ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. 

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish