22
Har qanday axborot tizim strukturasi, qо‘llanish sohasidan qatiy nazar, bir
necha ta’minlovchi qismlardan iborat bо‘ladi. Ularni ushbu grafikda tasvirlaymiz.
Ta’minlovchi qismlar
6
xil bо‘ladi: texnik, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy,
huquqiy ta’minotlar.
Axborot tizimining texnik ta’minoti
- bu axborot tizim ishlab turishi uchun
zarur bо‘lgan texnik vositalar, shuningdek, bu vositalar va texnologik jarayonlar
uchun zarur bо‘lgan hujjatlardan iborat.
Texnik vositalarga quyidagilar kiradi:
1.
Turli modeldagi kompyuterlar.
2.
Axborotni yig‘ish, tо‘plash, qayta ishlash, uzatish va chiqarish
vositalari.
3.
Ma’lumotlarni uzatish va aloqa vositalari.
4.
Orgtexnika va axborotni avtomatik о‘qish vositalari.
5.
Turli xil xom ashyo va boshqa materiallar.
Hujjatlarda texnik vositalarni tanlash, ularni ishlatishni tashkil etish,
ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayoni, texnik ta’minlanganlik
darajasi va boshqalar qayd etib boriladi.