32
kо‘rsatadi. Bunday texnologiyalar ta’lim oluvchilarga xamkorlikda о‘qish usullarini
tanlashga imkoniyat beradi. Ular birgalikda ishlash usullarni tanlaydilar,
shuningdek, tajriba olish va almashish maqsadida turli ijtimoiy tarmoq jamoalarida
qatnashish imkoniyatini beradi. Blog, viki, delishes, youtube servislari yaxshi
didaktik xususiyatlarga ega.
Xizmatlarning afzalligi, bu ularnig qulayligi,
dо‘stonaligi va bepulligidir.
Web 3.0 texnologiyalarda Internetdagi axborotlarning о‘zaro yangicha
bog‘lanishi masalasi qaraladi. Web 2.0 texnologiyasida qidirish kalit sо‘zga
asoslanadi. YA’ni biror sо‘z yoki ibora, masalan, “Informatika” kalit sо‘zi asosida
qidirilganda tarkibida “Informatika” sо‘zi mavjud bо‘lgan barcha kontentlarni
taqdim etadi. Web 3.0 texnologiyasida esa bunday
qidirish jarayoni ikkinchi
qadamga о‘tkazadi. Web 3.0 semantik texnologiyaga asoslanadi, uning
kо‘rinishigini emas, balki uning nimaligini ham ifodalaydi. Umumiy olganda Web
3.0 texnologiyasini “mashina-mashina” usulidagi о‘zaro munosabat va interfaol
xizmatlar, dinamik ilovalar WWW – butun dunyo о‘rgumchak tо‘rining
“bajariluvchi” iborasi bilan tasniflash mumkin. Web 3.0 –
bu kelajakka
yо‘naltiriluvchi semantik tarmoqdir. Web 3.0 da kompyuterlar axborotlarni odamlar
kabi talqin qilish, intellektual shakllantirish va foydalanuvchilar uchun zarurlarini
aniqlash va tarqatish imkoniga ega bо‘ladi.
Google asbob-uskunalari va xizmatlari - Google apps - Web 2.0
texnologiyalariga misol bо‘ladi.
Google asbob-uskunalari va servislaridan foydalanish о‘quv jarayonini va
axborot ta’lim maydonini loyihalashtirish imkoniyatini beradi. Veb muhitida