Qidiruv tizimi Vikipediya, ochiq ensiklopediya




Download 151.92 Kb.
bet8/11
Sana30.11.2022
Hajmi151.92 Kb.
#32591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qidiruv tizimi
7-Б, интернет-маъруза, File, Практические задачи 1
not Evil
Ushbu tizim Tor anonim tarmog‘ida qidiruvni amalga oshiradi. Undan foydalanish uchun mazkur tarmoqqa kirish yoki maxsus Tor brauzeridan foydalanish talab etiladi. not Evil’ga o‘xshash boshqa qidiruv tizimlari ham bor — LOOK, TORCH.
Uning ustunlik jihati — Google, “Yandeks” va boshqa yirik tizimlar kira olmaydigan tarmoqda qidiruvni amalga oshiradi. Tor tarmog‘ida bunday resurslar juda ko‘p. U tarmoq ichidagi o‘ziga xos tarmoqdir. Uning o‘z torrent-trekerlari, ommaviy axborot vositalari, savdo maydonchalari, bloglari va kutubxonalari bor. Internetning qolgan qismidan asosiy farqi — xavfsizlik va maxfiylikning yuqori darajasi.
YaCy
YaCy — P2P prinsipi asosida ishlaydigan markazlashtirilmagan qidiruv tizimi. Asosiy dasturiy modul o‘rnatilgan har bir kompyuter internetni mustaqil ravishda skandan o‘tkazadi, ya’ni qidiruv robotining muqobili bo‘la oladi. Olingan natijalar esa yagona bazaga to‘planadi va YaCy’ning barcha foydalanuvchilariga ko‘rinadi.
Ustunligi — yagona server hamda xo‘jayin kompaniyaning mavjud emasligi qidiruvni birovlarning manfaat va qiziqishlaridan holi qiladi, tizim o‘zi xohlagan narsani emas, bor narsani ko‘rsatadi. Har bir yo‘nalishning mustaqil ishlashi senzura ehtimolini tushirib yuboradi. Bundan tashqari, YaCy umumfoydalanishdagi indekslanmaydigan tarmoqlarda hamda ichki vebda qidiruvni amalga oshira oladi.
Pipl
Pipl — konkret inson haqida axborot qidirishga mo‘ljallangan tizim. Mualliflarning ta’kidlashicha, ularning ixtisoslashtirilgan algoritmlari bu yo‘nalishdagi qidiruvlarni boshqa tizimlarga qaraganda ancha mukammal olib borish imkoniyatini beradi. Xususan, tizim ustuvor qidiruv obyektlari sifatida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni va sud qarorlari bazalarini ko‘radi. Pipl’ning bu boradagi ustunligi ko‘plab ixtisoslashgan nashrlar, xususan, “Lifehacker.com”, TechCrunch va boshqalar tomonidan tasdiqlangan.
FindSounds
Bu tizim ochiq manbalardan ovoz qidirishga mo‘ljallangan. U faqat ovozli fayllardan iborat natijalarni ko‘rsatadi. Bu — tabiatdagi tovushlar, mashina ovozi, odamlarning ovozi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Sozlamalarda formatni va sifatni belgilab olsa bo‘ladi. Barcha topilgan ovozli fayllarni ko‘chirib olish mumkin. Ovozlarni, shuningdek, audionamuna asosida qidirish funksiyasi mavjud.


Download 151.92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 151.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qidiruv tizimi Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Download 151.92 Kb.