Qidiruv tizimi Vikipediya, ochiq ensiklopediya




Download 151.92 Kb.
bet7/11
Sana30.11.2022
Hajmi151.92 Kb.
#32591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qidiruv tizimi
7-Б, интернет-маъруза, File, Практические задачи 1
DuckDuckGo
DuckDuckGo — ochiq kodga ega, birmuncha tanilib ulgurgan qidiruv tizimi. Uning serverlari AQShda joylashgan. O‘z robotidan tashqari, u boshqa manbalarning natijalaridan ham foydalanadi: Yahoo!, Search BOSS, “Vikipediya”, Wolfram|Alpha.
DuckDuckGo foydalanuvchiga maksimal maxfiylikni ta’minlab bera oladi. Tizim foydalanuvchi haqida hech qanday ma’lumot to‘plamaydi, qidiruv tarixini saqlamaydi, Cookie fayllaridan foydalanish maksimal darajada cheklangan.
Yirik qidiruv tizimlari esa natijalarni shaxsiylashtirishga urinadi, ya’ni siz haqingizda axborot to‘plab, shu asosda kerakli natijalarni ko‘rsatishga harakat qiladi. Buning yomon tomoni — shaxsiy ma’lumotlaringiz tizimda saqlab qolinadi. Ularning maxfiy qolishini istasangiz, DuckDuckGo’dan foydalaning.
Nigma”
“Nigma” — Rossiyaning metaqidiruv tizimi bo‘lib, Moskva davlat universiteti bitiruvchilari Viktor Lavrenko va Vladimir Chernishovlar tomonidan ishlab chiqilgan. U qidiruvni Google, Yahoo!, Bing, “Yandeks”, Rambler, AltaVista, Aport indekslari bo‘yicha amalga oshiradi, shuningdek, o‘z qidiruv algoritmiga ega.
Uning ustunlik tomoni — eng yirik tizimlar indekslari bo‘yicha qidiruvning amalga oshirilishi muvofiq natijalar chiqarilishiga olib keladi. Bundan tashqari, “Nigma” natijalarni mavzuviy guruhlarga bo‘lib, foydalanuvchiga qidiruv maydonini toraytirishni taklif qiladi. Bunda natijalarning bir qismi ustuvor deb olinadi, bir qismi esa ikkilamchi sifatida chetga suriladi. Eng asosiysi — “matematika” va “kimyo” modullari yordamida qidiruv qatorida matematik vazifalarni yechish hamda kimyoviy reaksiyalar natijalarini topish mumkin. Bu esa aniq fanlar bilan shug‘ullanuvchi talabalar va ilmiy xodimlar uchun o‘ta foydali funksiyadir.
“Nigma”ning boshqa yutuqlari ham mavjud. Aytaylik, agarda hech narsa sotib olishni rejalashtirmayotgan bo‘lsangiz, unda internet do‘konlarida ko‘rsatiladigan natijalarni o‘chirib qo‘yish mumkin. “Ingliz tilidagi saytlar” klasterini tanlasangiz, faqat inglizcha saytlardagi natijalar ko‘rsatiladi.

Download 151.92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 151.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qidiruv tizimi Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Download 151.92 Kb.