• Google qidiruv tizimining qo’shimcha funksiyalari
  • Qidiruv tizimi Vikipediya, ochiq ensiklopediya




    Download 151.92 Kb.
    bet6/11
    Sana30.11.2022
    Hajmi151.92 Kb.
    #32591
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Qidiruv tizimi
    7-Б, интернет-маъруза, File, Практические задачи 1

    22.Google kompaniyasi joylashgan ko’cha“Google street”deb nomlanar ekan. 23.Kompaniyada ishchilar uchun alohida avtobuslar yo’lga qo’yilgan, undan tashqari hodim o’zi qayerda ishlashini tanlar ekan(uyda yoki ishxonada), yana bir qiziq tomoni hodimlar uchun ma’lum bir vaqtlarda har xil yulduzlar ishtrokida konsertlar uyishtirib turilar ekan (Профсоюз yaxshi ishlar ekan). Google’dan afzalroq bo‘lgan 6 ta qidiruv tizimi


    11:02, 29.03.2016   Texnologiyalar   3 094  
    Google’dan yaxshiroq ekanligi ko‘pchilik tomonidan shubha ostiga olinsa ham, kamida undan qolishmaydigan qidiruv tizimlari sifatida odatda “Yandeks” va Bing ko‘riladi. Ammo, “Layfxaker” mualliflarining fikricha, ular qadar mashhur bo‘lmagan ayrim qidiruv tizimlari Google’ga nisbatan qadar ustunliklarga ega. Bu ustunlik faqat bir jihatda — qandaydir mavzu yoxud funksiyada ko‘zga tashlanishi mumkin, lekin mana shunday kichik yutuqlar ham ba’zida naf keltiradi.

    Google qidiruv tizimining qo’shimcha funksiyalari


    Baxtiyor Roziq Dekabr 5, 2015 Turli Fikr bildirish 1,311 marta o'qilgan
    Barcha internet foydalanuvchilarga ma’lumki qidiruv tizimlari orasida Google qidiruv mashinalari qamrovi bo’yicha eng kattasi hisoblanadi. Googleda izlash jarayonida qo’shimcha funksiyalardan foydalanish yaxshi samara keltiradi va vaqtingizni tejaydi. Men hozir sizlarga ushbu tizimning o’zim sinagan ayrim qo’shimcha funksiyalari haqida so’zlab beraman.
    Siz qidiruv paytida ana shu funksiyalarni o’zingiz ham sinab ko’rishingiz mumkin. Har bir funksiya ma’lum kalit belgi yoki kalit so’zlar yordamida bajariladi.
    1. (“) So’zlarni aniq tartib bilan izlash
    Biz ma’lumot qidirganimizda qidirilayotgan so’zimiz ikki va undan ortiq so’zlardan iborat bo’lishi mumkin. Masalan “o’zbekcha dasturlar” degan so’zni qidiradigan bo’lsak tizim ushbu so’zlarni topadiyu bazan so’zlarning biri saytning bir chetida ikkinchisi esa boshqa bir chetida joylashgan holda topishi mumkin, bu esa qidirayotgan shaxs uchun noqulaylik tug’diradi. Shunday holda bizga (“) kalit belgisi qo’l keladi. Qidirilayotgan so’zlarni qo’shtirnoq orasiga olib, ya’ni “o’zbekcha dasturlar” holatida qidirsak google ushbu so’zlarni shunday ketma-ketlikda topib beradi.
    2. (*) Turlicha izlash
    Bazan biz qidirayotgan ma’lumotimiz uchun kalit so’zni qanday yozishni bilmay o’ylanib qolamiz. Shunday hollarda * belgisi yordam berishi mumkin. Masalan, “kampyuter * haqida” deb qidiruvga bersak google bizga (*) o’rnida muayyan so’zlarni ya’ni “kampyuter avlodlari haqida”, “kampyuter qurilmalari haqida”, “kampyuter sistemasi haqida” va hokazo tarzida ma’lumotlarni topib beradi.
    3. (site) Muayyan saytlar bo’yicha qidirish
    Siz qidirayotgan ma’lumotlaringizni biror domen zonasidan qidirmoqchi bo’lsangiz “site” kalit so’zidan foydalanishingiz mumkin. Masalan “video darsliklar” site:uz Shunda faqat .uz domeni zonasidagi video darsliklar sizga havola etiladi. Agar ma’lumotlarni aynan bir saytdan izlamoqchi bo’lsangiz qidiruv saytiga “izlanayotgan so’z site:sayt nomi” terishingiz kerak bo’ladi. Masalan “oila kodeksi site:lex.uz
    4. (-) cheklash
    Google qidiruv tizimi qidiruv jarayonida ba’zi saytlarga va so’zlarga cheklov qo’yishingiz uchun ham imkon yaratgan. Siz qidirayotgan so’zingizni ba’zi saytlardan qidirilmaslikni xohlasangiz –site:sayt nomini kiritsangiz kifoya. “kerakli so’z –site:odnoklassniki.ru” tarzida qidirsangiz ma’lumot “Odnoklassniki.ru” dan boshqa saytlardan qidiriladi. Qidiruv satriga “tarix –O’zbekiston” deb yozsangiz “O’zbekiston” so’zi qatnashmagan tarix sahifalarini topib beradi. Bunday cheklovlar sizga ma’lumotlarni yanada tezroq topishingiz uchun keraklidir.
    5. (inurl) Url manzil
    Ushbu kalit so’zi orqali google sizni kerakli sahifaga yo’naltirib beradi. Masalan: “java inurl:kitoblar” Buni “java kitoblar” dan farqi bor.
    6. (intitle) Kerakli mavzu bo’yicha izlash
    Siz muayyan mavzu bo’yicha qidirmoqchi bo’lsangiz intitle kalit so’zidan keyin mavzu nomini yozing, qarabsizki google sizga o’sha mavzularni topib beradi. Masalan: “intitle:pul toppish”
    7. (filetype) Fayl turiga qarab izlash
    Siz qidirayotgan matningizni biror formatda bo’lishini istasangiz “filetype” kalit so’zidan foydalaning. Matn sizga *.doc formatda kerak bo’lsa matn nomi va filetype:DOC holatida qidirishingiz kerak bo’ladi. “tilshunoslik filetype:doc” *.doc formatidan tashqari *.pdf, *.ppt, *.xls formatlarida ham qidiruvni amalgam oshirishingiz mumkin.
    7. (|) Matn tarkibini alohida qidirish
    Tasavvur qiling, sizga kuz va bahor haqida ma’lumot zarur bo’lib qoldi, u holda siz ushbu so’zlarni alohida-alohida qidirishingizning hojati yo’q. Agar “kuz | bahor haqida” ko’rinishida qidiruvga bersangiz izlayotgan ma’lumotlaringizni qo’lga kiritishingiz mumkin.
    8. (time), (vremya) Vaqtni bilib olish
    Keng qamrovli Google tizimi bizga dunyoning istalgan chetidagi aniq vaqtni bizga ko’rsatib berishi mumkin. Buning uchun biz “time:shahar nomi yoki (time) ning rus tilidagi varianti “vremya:shahar nomi” ni qidiruv sahifasiga yozsak tanlangan shahardagi aniq vaqtni bilib olamiz.
    9. (weather) ob-havoni aniqlash
    Google yordamida istalgan shaharning ob-havosini bilishni istasak “weather:shahar nomi” ko’rinishida yozsak ko’zlangan ma’lumotga ega bo’lamiz.
    10. Kalkulyator
    Google qidiruv tizimida matematik misollaringizni ham yechishingiz mumkin. Bu juda oddiy. Qidiruv satriga misol yozing va zudlik bilan javobini olasiz.
    Googleda yuqoridagi kalit belgi va kalit so’zlardan bir vaqtning o’zida foydalanishingiz ham mumkin. Bundan tashqari ushbu qidiruv tizimida “define” yordamida so’zning ma’nosini aniqlashingiz, “~” belgisi bilan so’zlarning sinonimlarini qidirishingiz, “translate” yordamida so’zlarni boshqa tildagi tarjimasini aniqlab olishingiz ham mumkinki, biroq hozircha ushbu xizmatlar o’zbek tilida to’liq amal qilmaydi. Google qidiruv tizimining imkoniyatlari esa kundan-kunga ko’payib bormoqda.
    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish



    Foto: “Layfxaker”

    Download 151.92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 151.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qidiruv tizimi Vikipediya, ochiq ensiklopediya

    Download 151.92 Kb.