• 1997-yil 23-sentabrda
  • «Яндекс. Картинки», «Яндекс.Почта», «Яндекс.Карты», «Яндекс.Новости», «Яндекс.Погода»
  • Yet another indexer
  • Яндекс.Почта, Яндекс.Новости, Яндекс. Гуру, Яндекс.Товары, Яндекс.Открытки, Яндекс.Закладки
  • «Яндекс.Недвижимость», «Яндекс. Работа», «Яндекс.Музыка», «Яндекс.Услуги»
  • «Яндекс.Карты»
  • «Яндекс. Работа»
  • Qidiruv tizimi Vikipediya, ochiq ensiklopediya




    Download 151.92 Kb.
    bet9/11
    Sana30.11.2022
    Hajmi151.92 Kb.
    #32591
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Qidiruv tizimi
    7-Б, интернет-маъруза, File, Практические задачи 1
    «Yandex» — tarmoqda shu nomdagi izlash tizimi va internet-portaliga ega Rossiya AT-kompaniyasi. 1988-yilda shaxsiy kompyuterlar sotish hamda ish joylarini avtomatlshtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor va dasturchi Arkadiy Voloj, CompTek firmasiga asos soldi. «Yandex» so‘zini — kompaniyaning texnologiyalar bo‘yicha direktori Ilya Segalovich va Yandex kompaniyasining bosh direktori — Arkadiy Volojlar o‘ylab topdilar. Ilya texnologiya mazmun-mohiyatini beruvchi so‘zni shakllantirdi. Natijada «yandex» varianti paydo bo‘ldi. Hozirda «yandex» so‘zi rus tili lug‘atiga kiritilgan, millionlab insonlar internetdan axborot izlashda uni qo‘llaydilar.
    Yandex.ru izlash tizimi 1997-yil 23-sentabrda rasman taqdim etilgan edi va dastavval CompTek International kompaniyasi doirasida rivojlandi. 2000- yilda «Yandex» alohida kompaniya sifatida tashkil etildi.
    Izlash mexanizmini ishlab chiqish kompaniyaning asosiy va ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi, ammo faoliyat yillari davomida «Yandex» multiportal bo‘lib oldi. «Yandex» 2011-yilda 30 dan ortiq servislarni taqdim etdi. Ulardan eng mashhurlari: «Яндекс. Картинки», «Яндекс.Почта», «Яндекс.Карты», «Яндекс.Новости», «Яндекс.Погода» va boshqalardan iborat.
    Kompaniyaning bosh ofisi Moskva shahrida joylashgan. Kompaniyaning Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Odessa, Simferopol, Kiyev, Qozon, Rostov-na-Donu, Istambul hamda Minsk shaharlarida ofislari mavjud. 2008-yil iyun oyida kompaniya AQSh’ning Kaliforniya shtatida Yandex Labs — ofislarini ochdi.
    Yandex izlash tizimi rus, tatar, ukrain, beloruss, qozoq, turk, ingliz, nemis va fransuztillarida, ushbu tillar morfologiyasini va gap-so‘zlari yaqinligini hisobga olib, hujjatlarni izlashga imkon beradi.
    Kompaniya xodimlarining soni 3500 kishidan ortiq. Kompaniya 2002-yilda xarajatlarini qoplash darajasiga chiqdi. 2011-yilda «Yandex» daromadi US GAAP bo‘yicha $622,2 mln. (2010-yilda — $439,7 mln.), operatsion daromadi — $218,5 mln. ($169,7 mln.), sof foydasi — $179,3 millionni ($134,3 mln.) tashkil etdi. Kompaniya daromadining ko‘p qismi kontekstli reklamadan tushadi.
    «Yandex» nomi «Yet another indexer» («yana bir indeksator») yoki «Tilga oid INDEX» iboralarining qisqartmasidir.
    «Yandex» tomonidan e’lon qilingan keng miqyosli birinchi shior «Hammasi topiladi!» (Найдётся всё — slogani) — iborasidir.
    1995-yilda Internet tarmog‘i uchun izlash ilovasidan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Avvaliga u cheklangan sonli resurslar bilan ishladi, keyinchalik esa Internet butun rus tili segmenti bilan ishladi.
    Yandex.Ru izlash mashinasi 1997-yil 23-sentabr oyida Softool ko‘rgazmasida rasman taqdim etildi. O‘sha davrda Yandex.ru asosiy ajralib turuvchi xususiyatlari quyidagilar edi: Hujjatning aslligini tekshirish (turli kodlashtirilgan nusxalariga yo‘l qo‘ymaslik). Rus tili morfologiyasini hisobga olish (shu jumladan, aniq so‘z shakli bo‘yicha izlash). Masofani (shu jumladan, abzas, aniq so‘z birikmasi doirasida) hisobga olib izlash. Faqat matnda topilgan so‘rov so‘zlari sonini, balki so‘zning «kontrastligini» (ushbu hujjat uchun uning nisbatan ko‘p uchrashi), hujjatda so‘zlar orasidagi masofa va so‘zning holatini hisobga oluvchi relevantlikni baholash puxta ishlab chiqilgan algoritmi. Ikki oydan keyin, 1997-yil noyabr oyida tabiiy tilda so‘rovlar berish imkoniyati amalga oshirildi.
    1998-yil yilda Internet rus tili «hajmi» ikki barobarga ortdi, bu holat izlash mexanizmlarini muvofiqlashtirish zaruratiga olib keldi. Quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ldi:
    • o‘xshash hujjatni topish;
    • topilgan serverlar ro‘yxati;
    • sanalar berilgan chegarasida izlash;
    • oxirgi o‘zgarish vaqti boyicha izlash natijalarini saralash.
    1999-yil davomida Runet matnlari hajmida ham va foydalanuvchilari soni bo‘yicha ham ko‘p marta o‘sdi. Yandex yangi izlash robotini yaratdi, u Runet saytlarini aylanib chiqishni yaxshilash va tezlashtirishga imkon berdi.
    1999- yil foydalanuvchilarda quyidagi yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi: Matn turli zonalari bo‘yicha izlash (sarlavhalar, ilovalar, annotasiyalar, manzillar, suratlarga imzolar); Izlashni saytlar guruhi bilan chegaralash, ilovalar va tasvirlar bo‘yicha izlash; Rus tilidagi hujjatlarni ajratish.
    Katalog kategoriyalarida izlash paydo bo‘ldi va birinchi bor Runetda «индекс цитирования» — resurslar soni, ma’lumotlarga izohlar berish tushunchasi kiritildi.
    2001-yil Яндекс.Почта, Яндекс.Новости, Яндекс. Гуру, Яндекс.Товары, Яндекс.Открытки, Яндекс.Закладки, hamda — «аскетический Яндекс» (ya.ru) ochildi.
    2010-yil Runet izlash so‘rovlarida Yandex ulushi to‘rt yil ichida birinchi bor 60 foizdan oshdi.
    2010-yil 19-may kuni kompaniya yandex.com domenida o‘zining izlash tizimi ingliz tilidagi versiyasini ishga tushirdi va shunday qilib, xalqaro miqyosga chiqdi. Belarusiya uchun portal (yandex.by) va tatar tilida izlash ochildi, Ukraina uchun mintaqaviy izlash, qator ixtisoslashtirilgan servislar — «Яндекс.Недвижимость», «Яндекс. Работа», «Яндекс.Музыка», «Яндекс.Услуги» yo‘lga qo‘yildi.
    Bundan tashqari, 2010-yilda Yandex «ГИС Технологии» kartografik kompaniyasini sotib oldi, ushbu kompaniya 2008-yildan Yandexning asosiy servislaridan biri — «Яндекс.Карты» servisiga ma’lumotlar yetkazib bergan. 2010-yil iyun oyida startaplar bilan ishlash dasturi ishga tushirildi.
    2011-yil Yandex georeklama «Яндекс.Карты» spravochnikida izlashda tashkilotlarni imtiyozli joylashtirishni sota boshladi. «Яндекс.Фабрика» — rossiya va chet ellar startaplariga investisiyalar dasturi yo‘lga qo‘yildi.
    2011-yil 24-may kuni «Yandex» Amerikaning NASDAQ birjasida aksiyalarini birlamchi joylashtirishni amalga oshirdi. Joylashtirish davomida 25 dollar narxda «A» klassidagi 52,2 mln aksiyalar sotildi, buning natijasida $1,3 mlrd. ga yaqin daromad olindi.
    2011-yil 20-sentabrda «Yandex» Turkiya izlash bozoriga chiqdi — tegishli portalni ishga tushirdi va Istambulda ofis ochdi. Turkiyalik foydalanuvchilar «Yandexning» izlash, pochta va boshqa servislaridan foydalanishlari mumkin. 2011-yil 31-yanvarida Yandex servislaridan kundalik foydalanuvchilar soni Turkiyada 100 mingga yetdi.
    26-sentabrdan «Яндекс. Работа» loyihasi doirasida endi turli bo‘sh ish joylari bo‘yicha o‘rtacha ish haqini bilib olish mumkin.
    30-sentabrda «Яндекс.Карты» loyihasida butun Rossiya bo‘ylab yo‘nalishlarni tanlash mumkin bo‘ldi.
    19-oktabrda «Яндекс.Карты» servisidan turk portalida foydalanish mumkin bo‘ldi. Istambul va Anqara ko‘rinishlari qo‘shimcha qilindi, mamlakat bo‘ylab ko‘chalardagi holatni kuzatish imkoni paydo bo‘ldi.
    Turkiya Yandex kompaniyasi uchun umuman rus tilida gaplashmaydigan birinchi mamlakat bo‘ldi. Shunga qaramay, kompaniya u yerda umuman yangi servisni tashkil qildi.
    2012-yil fevral oyida Yandex odamlarni izlash servisini ishga tushirishga tayyorlash haqida xabar qildi. Tizim bir vaqtda Rossiyada mashhur bo‘lgan barcha blogoxostinglar va ijtimoiy tarmoqlarda odamlarni izlash imkonini taqdim etadi. Yangi xizmat haqida xabar berilishi paytiga kelib, servisning beta-versiyasi ishga tushirildi.
    Yandex kompaniyasida yandex.uz domeni ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ammo u so‘rovlarni faqat runetdagi kompaniya asosiy manziliga yo‘naltiradi. Uznetning rivojlanib borishi bilan «Yandex» o‘zbek tilida ham «so‘zlay boshlaydi» deb umid qilamiz.

    Download 151.92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 151.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qidiruv tizimi Vikipediya, ochiq ensiklopediya

    Download 151.92 Kb.