Qiyosiy pedagogika




Download 17.24 Kb.
bet1/4
Sana31.08.2023
Hajmi17.24 Kb.
#79962
  1   2   3   4
Bog'liq
xalq ta\'limi
bmi 4, 30 соат 1-СМ МАЖМУА 2021-22, 1 Ta\'lim jarayonida o\'quvchilarning xususiyatlarini o\'rganish locked, Титул, появления информатики , ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, kurs ishim., 1.mavzuiar, 005 Qashqarchai savti, mamalakat aholisi xamda yoshlar bandligini taminlashda oilavij tadbirkorlikni, маълумотнома222, Azizani disertassiyasi.docx oxirgi variant2023, ishlo-zhoylarida-kichik-biznes-va-oilaviy-tadbirkorlikni-rivozhlantirish, Aloqa xati 4-kurs matematika, XOSMAS integralning Bosh qiymati

QIYOSIY PEDAGOGIKA
Zuhraxon BOZOROVA,
Andijon davlat universiteti,
“Maktabgacha pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi
TARBIYALANUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISHDA TA’LIM VA O‘YIN UYG‘UNLIGIDAGI XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya berishda har bir xalq, mamlakatning o‘ziga xos xu­susiyatlari bo‘lgani kabi barcha davlatlarning ta’lim tizimi uchun umumiy, o‘xshash jihatlar mavjud. Ana shunday o‘xshashlik bilim va tarbiya berish­dagi o‘yin usulidan foydalanishda namoyon bo‘ladi.
Dunyo mamlakatlarining barchasida maktabgacha bo‘lgan ta’lim va tarbiya jarayo­nining asosiy shakli o‘yin bo‘lgani kabi u mamlakatimizda ham bu bosqichdagi “o‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi”.1
1 “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. –T., 2018. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ham yetakchi mavqe tutgani holda mazkur faoliyat turi umumta’lim makta­blarning o‘rta va yuqori sinflarda mavzular mohiyatiga ko‘ra, xilma-xil shakl hamda darajalarda fan asoslarini singdirishning samarali vositasi o‘laroq qo‘llab kelinmoqdi.
“O‘yin zavqlanish, qiziqarli vaqt o‘tkazish uchun ketma-ketlikda amalga oshiril­gan harakatlardir. O‘yin bolalarni qiziqtirish, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishlarini tezlashtirishda beqiyos vosita sanaladi. Ta’lim o‘yin bilan uyg‘unlashganda bola dunyosi va tabiatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib boriladi”.2
2 Oxunov I. Ta’lim va o‘yin uyg‘unligi orqali nutqni mustahkamlash. “Til va adabiyot ta’limi”, 2019-yil, 12-son.14-b. Ta’limsiz o‘yin bo‘lmaganidek, o‘yinsiz ta’lim 117
ham bo‘lmaydi. Muhimi, Disterveg Adolf aytganidek, o‘yin orqali bolalarga “haqiqatni topish o‘rgatiladi”.3
3 Disterveg Adolf. Qarang: https://ru.wikipedia.org/wiki/
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar nutqiy malakasini rivojlantirish, shuningdek, ushbu tizimdagi ta’lim boshqa tilda olib boriladigan muassasalar hamda guruhlarida o‘zbek tilini o‘qitish, davlat tilida ravon so‘zlashga o‘rgatish jarayonida yuqori samaraga ega bo‘lgan ayrim o‘yin shakllari borki, quyida ularning ayrimlari bilan tanishtirib o‘tamiz. Bu texnologiya Turkiya ta’lim tizimida faol qo‘llaniladi, biz undan ijodiy foydalandik.
Tarbiyachi, avvalo, o‘yinni tanlashda o‘tkazilayotgan mashg‘ulot mavzusiga, bo­lalarning qiziqishi va saviyalariga diqqat qilishi lozim. Mavzuga bog‘liqligi bo‘lmagan, ishtiyoq uyg‘otmagan o‘yindan tarbiyalanuvchilar zerikadi. Oqibatda mashg‘ulot nomi­gagina o‘tkaziladi.
Darslar, mashg‘ulotlar o‘yin tarzida o‘tkazilganda ularda mavjud imkoniyat va qobili­yatlari yuzaga chiqa boshlaydi. Hatto nutqida qandaydir kamchilik yoki yetishmovchilik sezilib tergan bolalar o‘yin davomida o‘zidagi ushbu kemtiklarni “unutadilar”. Ham ona tili, ham ikkinchi tilni o‘rganishda, nutqiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda bolalarning qo­biliyatlari yuzaga chiqar ekan, ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari ortadi. Bu shaklda til va nutq ko‘nikmalari ustida ishlashning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
a) amaliy jihatdan o‘g‘zaki so‘zlashuv ko‘nikmalari rivojlanadi;
b) tinglab tushunish va tushuntira bilish qobiliyatlari shakllanadi;
d) so‘z zahiralari ortadi;
e) orfoepik me’yorlarga rioya qilishni o‘rganadilar;
f) eshitib yoki ko‘rib taqlid qilish, takrorlash malakasi shakllanadi;
g) yodlash qobiliyati o‘sadi.

Download 17.24 Kb.
  1   2   3   4




Download 17.24 Kb.