IV. Avariyali vaziyatlardagi xavfsizlik talablari




Download 1,51 Mb.
bet10/18
Sana14.05.2024
Hajmi1,51 Mb.
#230713
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
15-31 маш кран козловой

IV. Avariyali vaziyatlardagi xavfsizlik talablari




50. Kranda yong‘in sodir bo‘lganda kran mashinisti darhol yong‘in qutqaruv qismiga xabar berishi va krandagi birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanib yong‘inni o‘chirishga kirishishi lozim. Elektr kranida yong‘in sodir bo‘lganida eng avval kranni kuchlanish bilan ta’minlayotgan rubilnikni uzish lozim.

51. Tabiiy ofat (bo‘ron, zil-zila va hokazo) sodir bo‘lganda kran mashinisti ishni to‘xtatishi, yukni yerga tushirishi, kabinani tark etishi va xavfsiz joyga ketishi lozim.

52. Kran bilan ishlaganda avariya yoki baxtsiz hodisa yuz berganda kran mashinisti kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxsga, shuningdek yuk ko‘tarish mashinalarini soz holatda saqlanishiga mas’ul shaxsga darhol xabar berishi lozim. Agar insonlarning hayotiga yoki sog‘ligiga xavf tug‘dirmasa va avariyaning rivojlanishiga olib kelmasa, avariya yoki baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi holatning saqlanilishini ta’minlashi lozim.

53. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa oqibatida shikastlanganlar (jarohatlanganlar) bo‘lsa, kran mashinisti quyidagilarga majbur:

- organizmni inson sog‘ligi yoki hayotiga xavf soluvchi omillar ta’siridan halos etish (elektr toki ta’siridan ajratish, ishchilarni ezib qo‘ygan, qisib qo‘ygan predmetlardan qutqarish, yonayotgan kiyimini o‘chirish va hokazo);

- jarohatlanganga tegishli birinchi (shifokor kelguncha) tibbiy yordam ko‘rsatish (qon ketishini to‘xtatish, bint bilan bog‘lab qo‘yish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash, sun’iy nafas berish, yurakni tashqi massaj qilish va hokazo);

- tibbiy xodimlarni hodisa yuz began joyga chaqirish yoki jarohatlanganni tibbiyot punktiga olib borish choralarini ko‘rish;

- baxtsiz hodisa haqida ishlar rahbariga xabar berish.

54. Agar baxtsiz hodisa o‘zi bilan sodir bo‘lgan bo‘lsa, iloji boricha tibbiyot punktiga borishi yoki atrofdagilardan olib borishlarini so‘rashi, ishlar rahbariga xabar berishi lozim.

55. Kran mashinisti har qanday avariyali vaziyatlar haqida vaxta jurnaliga qayd etishi va yuk ko‘tarish mashinalarini soz holatda saqlanishiga mas’ul shaxsga xabar berishi lozim.





Download 1,51 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Download 1,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Avariyali vaziyatlardagi xavfsizlik talablari

Download 1,51 Mb.