• Ulanmasin – Odamlar ishlamoqda
  • II. Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari




    Download 1,51 Mb.
    bet8/18
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #230713
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    15-31 маш кран козловой

    II. Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari




    14. Me’yor bo‘yicha belgilangan toza, soz maxsus kiyim va maxsus oyoq kiyimini kiyish lozim.

    15. Yuk ko‘tarish mashinalarini soz holatda saqlanishiga yoki kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxslardan naryad (topshiriq), xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq, kalit-birka olish lozim.

    16. Stropolchilarning guvohnomasini va tanituvchi belgilarini (farqlovchi bog‘ich, emblema yoki nashivka) tekshirishi lozim. Agar yukni ildirish ishlariga stropolchi bo‘lmagan ishchilar jalb qilingan bo‘lsa, kran mashinisti ishni boshlamasligi kerak.

    17. Kran mashinisti ish boshlashdan oldin quyidagilarga majbur:

    - vaxta jurnalidagi yozuvlar bilan tanishish, shuningdek smenani topshirayotgan mashinistdan kranning holatini aniqlash;

    - kranning mexanizmlarini, tormozlarini, mahkamlangan joylarini, harakatlanuvchi qismlarini, bufer qurilmalarini ko‘zdan kechirish;

    - mexanizm, o‘tish maydochalari va galereyalarning to‘siqlarining mavjudligi va sozligini tekshirish;

    - po‘lat arqonlarning holatini, ularni barabanda mahkamlanganlik holatini, shuningdek po‘lat arqonning blok va baraban jilg‘alariga joylashganligini tekshirish;

    - ilgak va uning mahkamlanishini, greyfer yoki yuk ko‘taruvchi magnitni ko‘zdan kechirish;

    - stropolchi bilan birgalikda olib qo‘yiladigan yuk qamrash moslamalari, taralarning sozligini va ularda birka (tamg‘a, taxtacha) mavjudligini tekshirish;

    - reduktor, podshipniklarning moylanganligini, shuningdek moylash moslamalari va salniklarning holatini tekshirish;

    - elektr apparatlarini (rubilniklar, kontaktlar, tormoz elektromagnitlar, oxirgi o‘chirgichlar, magnitli kontrollyorlar, elektr isitish qurilmalari va kabellar) tashqaridan (kojuxini ochmasdan va qismlarga ajratmasdan) ko‘zdan kechirish;

    - ishchi va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan chiroqlarni yoqib ko‘rish, shuningdek ovozli signal beruvchi qurilmalarni tekshirish;

    - dielektrik gilam, dielektrik qo‘lqoplar mavjudligini va ularning sozligini va sinov muddatlarini, shuningdek "Ulanmasin – Odamlar ishlamoqda" plakati va ko‘chma chiroqlarni tekshirish;

    - kranda va kran yo‘llarida ta’mirlovchi ishchilar yoki begona shaxslar yo‘qligiga, shuningdek begona predmetlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish;

    - yerga ulagichlarni va ularning relsga, krandagi yerga ulagich boltlariga yoki ulash punktlariga ulanilishi, shuningdek egiluvchan tok o‘tkazuvchi kabellarni imkoni bor joylarda ko‘zdan kechirish;

    - kontrollyorlarning barcha shturvallari va komandakontrollyorlarning dastalari nol yoki "o‘chirilgan" holatida ekanligiga ishonch hosil qilish;

    - mexanizmlarni moylash va zaiflashgan boltli birikmalarni mahkamlash.

    18. Agar kran bir necha smena davomida ishlasa, kran mashinisti smenani topshiruvchi mashinist bilan birgalikda kranni ko‘zdan kechirishi lozim. Rahbariyat smenani qabul qilganda kranni ko‘zdan kechirish uchun etarli vaqt ajratishi lozim.

    19. Kranni ko‘zdan kechirish ishlari faqatgina mexanizmlar o‘chirilganida va kran mashinisti kabinasidagi rubilnik uzilgan holatida amalga oshirilishi lozim.

    20. Kran mashinisti kranni ko‘zdan kechirayotganda kuchlanishi 12 voltdan yuqori bo‘lmagan ko‘chma chiroqdan foydalanishi lozim.

    21. Kranni ko‘zdan kechirib bo‘lgach, kran mashinisti kranni harakatlanishiga qarshi moslamani (protivougon) krandan ajratib, kranning barcha mexanizmlarini yuksiz harakatlantirishi va quyidagilarning ishini tekshirishi lozim:

    - mexanizmlar va elektr apparaturalari;

    - kranda mavjud xavfsizlik qurilmalari (oxirgi o‘chirgichlar, lyuk, kabina eshigining bloklash kontaktlari va boshqalar);

    - tormozlar.

    22. Quyidagi nosozliklar aniqlanganda kran mashinisti kranda ishni boshlamasligi yoki uni to‘xtatishi lozim:

    - ilgak oboymada aylanmasa;

    - ilgakni mahkamlovchi gayka o‘z-o‘zidan buralib yechilishining oldini oluvchi qurilma mavjud bo‘lmasa;

    - ilgakning yeyilishi uning boshlang‘ich kesim yuzasidan 10 % oshsa;

    - ilgak va boshqa yuk ilish organlarining bloklari o‘z o‘qi atrofida aylanmasa;

    - o‘qlar tirgakli plankalar yoki boshqa qurilmalar bilan mahkamlanmagan bo‘lsa;

    - po‘lat arqonlar tutami uzilsa, ezilgan bo‘lsa, yuza qismi yemirilsa va uzilgan simlarning miqdori belgilangan me’yordan oshsa;

    - tormozlar ishlamasa;

    - tormoz nakladkalari qalinligining yeyilishi uning boshlang‘ich qalinligidan 50% oshsa;

    - biriktiruvchi muftalarda shpilka yoki gayka bo‘lmasa;

    - kranning reduktorlari, tormoz shkiflari, podshipniklari, elektr yuritgichlari yoki boshqa jihozlari mahkamlanmagan bo‘lsa va mexanizmlar ishlaganida joyidan siljisa;

    - trolley simlari bir biriga yoki kran metal konstruksiyasiga tegib tursa;

    - egiluvchan trolley simlari osilib qolsa, elektr simlarining izolyasiyasi shikastlansa;

    - yerga ulagich simlari uzilsa;

    - signal chiroqlari trolley simlarida kuchlanish borligini ko‘rsatmasa;

    - ilgakni ko‘tarish balandligini chegaralovchi, lyuk, kabina eshigining bloklash kontaktlari ishlamasa, shuningdek oxirgi o‘chirgichlar yoki ularning dastaklari dastlabki holatiga qaytmasa;

    - oxirgi o‘chirgich, tirak yoki tirakli bruslarning chizg‘ichlari joyidan qo‘zg‘alib ketsa;

    - elektr qurilmalarining mexanizmlari va tok o‘tkazuvchi qismlarining to‘siqlari olingan bo‘lsa;

    - kran mashinistining kabinasidagi ovozli signal qurilmalari nosoz bo‘lsa;

    - kontrollyor va boshqa elektr qurilmalari, shuningdek kranning metal konstruksiyasi kuchlanish ostida qolsa;

    - kran osti yo‘llari nosoz bo‘lsa;

    - kranning qisman yoki to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tib ketsa;

    - metal konstruksiyalarida yoriqlar yoki deformatsiyalar bo‘lsa.

    23. O‘z kuchi bilan bartaraf etib bo‘lmaydigan, ishni xavfsiz olib borishga to‘sqinlik qiladigan nosozliklar aniqlanganda, kran mashinisti ishni boshlamasdan yuk ko‘tarish mashinalarini soz holatda saqlanishiga va kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxslarga xabar berishi va vaxta jurnaliga tegishli yozuvlarni qayd etishi lozim.

    24. Nosozliklar bartaraf etilganidan so‘ng va nosozliklarni bartaraf etgan shaxs tomonidan vaxta jurnaliga qayd etganidan so‘ng kran mashinisti ishni davom ettirishi mumkin.

    25. Kranni ko‘zdan kechirishda va uni ishga tayyorlashda kran mashinistiga quyidagilar taqiqlanadi:

    - kran, uning mexanizimlari va elektr qurilmalarini mustaqil ta’mirlash;

    - bosh trolley simlari, tok qabul qilgichlarni ta’mirlash;

    - kabinada o‘rnatilgan rubilnikning ulangan holatida kranni ko‘zdan kechirish va tozalash;

    - kran galereyasida insonlar bo‘lganda kran rubilnigini va mexanizmlarini qo‘shish (kranni ko‘zdan kechirayotgan yuk ko‘tarish mashinalarini soz holatda saqlanishiga mas’ul shaxs, chilangar va elektromontyorlardan tashqari). Bunday vaziyatda kran mashinisti kranni ko‘zdan kechirayotgan shaxsga bo‘ysunadi va uning ko‘rsatmasi bo‘yicha rubilnikni ulashi mumkin;

    - kran galereyasida yoki telejkasida asboblarni qoldirish, shuningdek jihozlarni va uning qismlarini mahkamlamaslik;

    - krandan biror narsani pastga tashlash;

    - kran yo‘liga chiqish, unda yurish, bir krandan boshqa kranga oshib o‘tish, shuningdek kranning galereyasidan boshqa galereyasiga telejka orqali o‘tish;

    - shogirdni yakka o‘zini kran ko‘prigiga yuborish;

    - tormozlarni, bloklovchi qurilmalarni va elektr himoyalarni ishdan chiqarish.

    26. Kranning barcha mexanizmlarini ko‘zdan kechirganidan va tekshirganidan so‘ng, kran mashinisti vaxta jurnaliga kranni qabul qilib olgani (sana va vaqtni ko‘rsatgan holda) haqida tegishli yozuvlarni qayd etishi lozim. Kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxsdan naryad (topshiriq) olganidan so‘ng ishga kirishadi.





    Download 1,51 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 1,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari

    Download 1,51 Mb.