• Ulanmasin – Odamlar ishlamoqda
  • III. Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari




    Download 1,51 Mb.
    bet9/18
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #230713
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bog'liq
    15-31 маш кран козловой

    III. Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari




    27. Yuk ko‘tarish krani bilan ishlaganda kran mashinisti ishlab chiqaruvchining kranni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi (qo‘llanmasi), ishlab chiqarish yo‘riqnomasi va mazkur yo‘riqnomalarda bayon etilgan talab va ko‘rsatmalarga amal qilishi lozim.

    28. Kran mexanizmlari ishlab turgan vaqtda kran mashinisti o‘z vazifasidan chalg‘imasligi kerak, shuningdek tozalash, moylash yoki ta’mirlash ishlarini olib bormasligi lozim.

    29. Kranga ikki kishi xizmat ko‘rsatadigan hollarda (kran mashinisti va uning yordamchisi), shuningdek kranda shogird bo‘lganda, ulardan hech biri boshqalarni ogohlantirmasdan qisqa muddatga ham kranni tark etishi mumkin emas.

    30. Kran mashinisti yo‘qligida uning yordamchisiga yoki shogirdiga kranni boshqarish ruxsat etilmaydi.

    Kran mashinisti kranni tark etishidan oldin kontrollyorlarning barcha shturvallarini (komandakontrollyorlarning dastalari) nol yoki "o‘chirilgan" holatiga o‘tkazib, rubilnikni uzib va kabina eshigini qulflab ketishi lozim.

    31. Kranning harakatlantirish, aylantirish yoki ko‘tarish mexanizmlari ishlayotgan vaqtda kranga chiqish va undan tushish taqiqlanadi. Kran mashinisti faqat chiqish maydonchasi orqali yoki shu uchun maxsus mo‘ljallangan zina bo‘yicha kranga chiqishi va tushishi lozim.

    32. Kran mashinisti kran bilan har qanday harakatni amalga oshirishdan oldin o‘zining yordamchisi yoki shogirdi xavfsiz joylarda ekanligiga, kranning ish zonasida esa begona insonlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishi lozim.

    33. Kranni harakatlantirishdan oldin, shuningdek yukni ko‘tarishda, tushirishda va ko‘chirishda xavf to‘g‘risida ogohlantirish uchun ogohlantiruvchi signal berishi lozim.

    34. Yuklarni ko‘tarish va ko‘chirish ishlari faqat stropolchining signallari bo‘yicha bajarilishi lozim. Agar signal noto‘g‘ri berilsa, kran mashinisti uni bajarmasligi lozim. Kran bilan ishlaganda noto‘g‘ri berilgan signal oqibatida yetkazilgan zarar uchun noto‘g‘ri signal bergan stropolchi va kran mashinisti javobgardir. "TO‘XTA" signalini kim berishidan qat’iy nazar, kran mashinisti ushbu signal talabini darhol bajarishga majbur.

    35. Kran mashinisti ko‘chirilayotgan yuk yo‘lda uchraydigan predmetlarga tegib ketmasligini nazorat qilishi lozim.

    36. Kran mashinisti galereyaga chiqishidan oldin rubilnikni uzishi va "Ulanmasin – Odamlar ishlamoqda" plakatini osib qo‘yishi lozim.

    37. Ish vaqtida kran mashinisti yuklarni ko‘chirish va taxlash zonalarida kranning ish joyi yetarli yoritilgan bo‘lishini nazorat qilishi lozim. Yorug‘lik yetarli bo‘lmaganda, shuningdek kran mashinisti stropolchining signallarini farqlay olmaydigan yoki ko‘chirilayotgan yukni ko‘rmaydigan boshqa vaziyatlarda kran ishi to‘xtatilishi lozim.

    38. Ko‘chirilayotgan yukning yoki kranning yo‘lida odamlar bo‘lsa, kran mashinisti ogohlantiruvchi signal berishi lozim. Agar odamlar ushbu yo‘lni tark etmasa, kran mashinisti yukning yoki kranning ko‘chirilishini to‘xtatishi lozim.

    39. Kran mashinisti kran mexanizmlarini bir tekisda, siltamasdan, yukni tebranishiga yo‘l qo‘ymasdan to‘xtatishi va o‘chirishi lozim. Yukni harakatlanadigan tarkibga, avtotransportga, va hattoki yerga tez sur’at bilan tushirish taqiqlanadi.

    40. Oxirgi o‘chirgichlarga faqat sekinlashtirilgan tezlikda yaqinlashish mumkin. Oxirgi o‘chirgichlardan mexanizmlarni avtomatik to‘xtatish uchun ishchi organ sifatida foydalanish taqiqlanadi.

    41. Kran mashinisti yukni ko‘tarishda va ko‘chirishda quyidagilarga majbur:

    - yukni ko‘tarishdan oldin stropolchini va kran oldidagi barcha shaxslarni ko‘chirilayotgan yuk zonasi va yuk tushib ketishi mumkin bo’lgan zonadan chiqish zarurligi to‘g‘risida ovozli signal bilan ogohlantirish. Kranning ish zonasida odamlar bo‘lmaganidagina yukni ko‘chirish mumkin. Agar yuk yerdan 1 metrgacha ko‘tarilgan bo‘lsa, ko‘tarish yoki tushirish vaqtida stropolchi yukning oldida turishi mumkin;

    - yukni ag‘darma vagoni, avtomobil va uning tirkamalari, temir yo‘l yarim vagoni va platformalardan ko‘tarish, ko‘chirish va tushirish ishlari ushbu transport vositalarida odamlar bo‘lmaganidagina olib borilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda kran mashinisti transport vositalarida odamlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilishi lozim;

    - platforma, avtomobil va uning tirkamalari, yarim vagon yoki vagonetkalarga yukni taxlash (joylashtirish), shuningdek ulardan yukni olish ishlarini platforma, avtomobil va uning tirkamalari, yarim vagon yoki vagonetkalarning muvozanatini buzmasdan amalga oshirish;

    - ilgakni (ko‘tarish mexanizmi) yukning ustiga shunday o‘rnatish kerakki, yukni ko‘targanda po‘lat arqonning qiya taranglashishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim;

    - yuk to‘g‘ri ilinganligiga va tormozning holati sozligiga ishonch hosil qilish uchun yukni ko‘tarishdan oldin uni 200 – 300 mm balandlikka ko‘tarish lozim. Shundan so‘ng yukni kerakli balandlikka ko‘tarish mumkin;

    - gorizontal yo‘nalishda ko‘chirilayotgan yukni yo‘lda uchraydigan predmetlardan 500 mm balandlikka ko‘tarib olish;

    - devor, ustun, shtabel, harakatlanadigan tarkib va hokazolarning yonida bo‘lgan yukni ko‘tarish va tushirishdan oldin bino, trasnport vositalari yoki jihozlarning sanab o‘tilgan qismlari va yuk orasida stropolchi yoki boshqa odamlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish;

    - kichik o‘lchamdagi donador yuklarni maxsus tarada tashish. Bunda alohida yuklarning tushib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. G‘ishtni to‘siqsiz taglikda (poddon) ko‘tarish faqat avtomashina, ularning tirkamalari, temir yo‘l yarim vagonlari va platformaga ortish va (yerga) tushirish ishlarida ruxsat etiladi;

    - yukni yiqilishi, ag‘darilishi yoki sirpanishiga imkon bermaydigan joyga tushirish ruxsat etiladi. Yuk joylashtiriladigan joyda tegishli chidamlikdagi taglik oldindan yotqizilgan bo‘lishi lozim. Yuklarni taxlash va turlarga ajratish yuklarni joylashtirish uchun o‘rnatilgan gabaritlarni buzmasdan va o‘tish joylarini tiqilinch qilmasdan bir maromda amalga oshirish lozim;

    - po‘lat arqonlarning holatini diqqat bilan kuzatib borish. Agar po‘lat arqonlar baraban yoki blokdan chiqib ketsa, o‘ralib qolsa yoki ularda nuqsonlar aniqlansa kran ishini to‘xtatish lozim;

    - ikkita ko‘tarish mexanizmlari bor bo‘lgan kranlarda ularni bir vaqtning o‘zida ishlatish ruxsat etilmaydi. Ishlamayotgan mexanizmning ilgagi doimo eng baland holatiga ko‘tarilgan bo‘lishi lozim;

    - osish sxemalariga muvofiq yuklarni osish. Strop arqonlari soni va qiyalik burchagini hisobga olgan holda ko‘tarilayotgan yukning og‘irligiga va xarakteriga mos bo‘lishi lozim. Umumiy maqsadlarda qo‘llaniladigan stroplar shunday tanlanilishi kerakki, ularning arqonlari orasidagi burchak 90 gradusdan oshmasligi lozim;

    - kran sochma va bo‘lakli materiallar uchun mo‘ljallangan greyfer bilan ishlaganda bo‘laklarning eng yirik o‘lchami 300 mm oshadigan materiallarni ko‘chirishda foydalanish ruxsat etilmaydi. Bundan tashqari sochma yukning umumiy og‘irligi greyferning yuk ko‘tarish qobiliyatidan oshmasligi lozim. Donador yuklarni ko‘chirishda faqat maxsus greyferdan foydalanish mumkin;

    - greyferli va magnitli kranlarni uning ish zonasida odamlar, shu jumladan yordamchi ishchilar bo‘lmaganida ishlashiga ruxsat etiladi. Kran ishining tanaffus vaqtida, va faqat greyfer yoki magnit yerga tushirilganidan so‘ng, yordamchi ishchilar o‘z vazifalarini bajarishga kirishishlari mumkin;

    - kranda nosozliklar paydo bo‘lganda yukni tushirish lozim, agar buning ilojisi bo‘lmasa – yuk tushib ketishi mumkin bo‘lgan hududni to‘siq bilan o‘rab olish lozim.

    42. Kran to‘satdan to‘xtasa, galereya orqali kran kabinasiga chiqiladigan kranlarda kran mashinisti rubilnikni uzishi, kran to‘xtashining sababini aniqlashi, kranda va kran yo‘lida hech kim yo‘qligiga va galereyaga kirish eshigi qulflanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Shundan so‘ng rubilnikni qayta ulash mumkin.

    43. Kran mashinistiga yukni ko‘tarish va ko‘chirishda quyidagilar taqiqlanadi:

    - yukni osish yoki ilish ishlariga stropolchi huquqiga ega bo‘lmagan to‘g‘ri kelgan shaxslarni qo‘yish, shuningdek birkasi (tamg‘a) bo‘lmagan yuk qamrash moslamalaridan foydalanish. Bunday vaziyatlarda kran mashinisti ishni to‘xtatishi va kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxsga xabar berishi lozim;

    - og‘irligi no’malum bo‘lgan yoki kranning yuk ko‘tarish qobiliyatidan ziyod bo‘lgan yukni ko‘tarish. Agar kran mashinisti yukning og‘irligini bilmasa, ushbu ma’lumotlarni kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxsdan yozma ravishda olish lozim;

    - yukni odamlar ustidan ko‘chirish;

    - po‘lat arqon qiya taranglashganda yukni yer, pol yoki rels bo‘ylab sudrash, shuningdek arqonning vertikal holatda bo‘lishini ta’minlovchi yo‘naltiruvchi bloklardan foydalanmasdan temir yo‘l vagoni, platforma, vagonetka yoki aravachalarni yurg‘izish;

    - qum bilan ko‘milgan yoki muzlab qolgan, boshqa yuk ostida qolgan, bolt bilan mahkamlangan yoki beton bilan quyilgan yuklarni ko‘tarish;

    - yuk ostida qisilib qolgan olib qo‘yiladigan yuk qamrash moslamalarni kran bilan bo‘shatib olish;

    - turg‘un holatda bo‘lmagan, ikki shoxlik ilgakning bitta ilgagi ilingan, shuningdek noto‘g‘ri ilingan yoki me’yordan ortiq to‘ldirilgan taradagi yuklarni ko‘tarish;

    - halqalari shikastlangan, shuningdek markalanmagan yoki asl og‘irligi haqidagi ko‘rsatma bo‘lmagan temir-beton va beton buyumlarni ko‘tarish;

    - siljish va yiqilishlarni oldini oluvchi qurilmasi bo‘lmagan taglikka taxlangan g‘isht, plita va boshqa materiallarni ko‘tarish;

    - elektr kabellari, quvurlar ustiga, shuningdek xandak yoki qiyaliklar yoqasiga yuklarni taxlash;

    - ichida (ustida) odamlar bor bo‘lgan, shuningdek odamlarning og‘irligi bilan muvozanatlashtirilgan yoki qo‘llari bilan ko‘tarib turilgan yukni ko‘tarish;

    - boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarga kran boshqaruvini berish, shuningdek o‘zining bevosita nazoratisiz shogirdiga mustaqil boshqarishga ruxsat berish;

    - ortish va tushirish ishlarini avtomashina kabinasida yoki kuzovida haydovchi yoki boshqa odamlar bo‘lganida amalga oshirish;

    - maxsus konteynerlarga joylashtirilmagan siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gaz ballonlarni ko‘tarish;

    - barcha halkalari yoki maxsus teshiklari orqali ilinmagan konteynerni ko‘tarish;

    - donador yuklarni greyfer bilan ko‘tarish;

    - oxirgi o‘chirgichlardan mexanizmlarni avtomatik to‘xtatish uchun ishchi organ sifatida foydalanish;

    - xavfsizlik qurilmalari va tormozlar ishdan chiqqanda yoki nosoz bo‘lganda ishlash;

    - barabandagi po‘lat arqonni to‘liq bo‘shatish (ilgak yerga tushirilganda barabanda kamida 1,5 o‘ram qolishi lozim);

    - yukni nosoz va markalanmagan tarada ko‘tarish;

    - momaqaldiroq, tezligi ushbu kran uchun ruxsat etilgan (kran pasportida ko‘rsatilgan) tezlikdan yuqori bo‘lgan kuchli shamol yaqinlashganda kran ishini davom ettirish. Bunday holatda kran mashinisti shamol kranni harakatlantirishiga qarshi choralar ko‘rishi lozim;

    - yukni ilingan holatida qoldirish;

    - kabinani tark etganda va kran ko‘prigiga chiqqanda birka-kalitini kabinada qoldirish.

    44. Mazkur yo‘riqnomaning 22-bandida sanab o‘tilgan nosozliklar, shuningdek quyidagilar aniqlanganda kran mashinisti yukni tushirishi, ishni to‘xtatishi va kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxsga xabar berishi shart:

    - poliplastdagi po‘lat arqon buralib ketsa yoki baraban yoki blokdan chiqib ketsa;

    - kran ish joyi yetarli yoritilmaganda, kuchli qor yog‘ishi yoki tumanda, shuningdek kran mashinisti stropolchining signallarini farqlay olmaydigan yoki ko‘chirilayotgan yukni ko‘rmaydigan boshqa vaziyatlarda;

    - havoning harorati kran pasportida ko‘rsatilgan qiymatdan past bo‘lganda;

    - maksimal tokdan himoya ishlab ketganda;

    - ishlarni xavfsiz olib borishga ta’sir etuvchi boshqa omillar paydo bo‘lganda.

    45. Elektr energiyasining uzatilishi to‘satdan to‘xtasa kran mashinisti kontrollyorlarning barcha shturvallari va dastalarini nol yoki "o‘chirilgan" holatiga o‘tkazishi va kabinadagi rubilnikni uzishi lozim.

    46. Kran majburiy ravishda to‘xtatilganida kran mashinisti vaxta jurnaliga tegishli yozuvlarni qayd etishi va bevosita rahbariga xabar berishi lozim.

    47. Kran mashinistiga kranga mustaqil ravishda elektr isitish asboblarini o‘rnatish va ulash taqiqlanadi.

    48. Elektr qurilmalarini ko‘zdan kechirish vaqtida kran mashinisti kuchlanish ostida bo‘lgan izolyatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlariga teginmasligi kerak. Ko‘zdan kechirish vaqtida va ko‘prik galereyasida odamlar bo‘lganda galereyaga kiruvchi lyuk doimo ochiq bo‘lishi, kalit-birka esa ko‘zdan kechirish ishlarini amalga oshiruvchi shaxsda bo‘lishi lozim.

    49. Kran mashinisti yarim vagonlarga ortish va tushirish ishlari, yukni bir nechta kranlar bilan ko‘tarish, elektr uzatgichlar liniyalari yaqinida ishlash, osish sxemasi ishlab chiqilmagan yuklarni ko‘chirish, shuningdek ishlarni olib borish loyihalari yoki texnologik reglamentlarda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxsning bevosita rahbarligi ostida ishlashi shart.



    Download 1,51 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 1,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari

    Download 1,51 Mb.