• KELISHILGAN "QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI" MChJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi "____" _______2022-yildagi ______- sonli bayonnomasi
  • Hujjatning kodi 15-31
  • Tahrir № 1
  • Amal qiladi 16.05.2025 gacha
  • Amal qilish muddati
  • I. Xavfsizlikning umumiy talablari
  • Qizilqum fosforit kompleksi




    Download 1,51 Mb.
    bet7/18
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #230713
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Bog'liq
    15-31 маш кран козловой

    TASDIQLAYMAN

    "QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI" MChJ

    Direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha
    o‘rinbosari – Bosh muhandis

    _____________ X.R. Yoriyev

    "____"________ 2022y.


    Kran (chorpoya) mashinisti uchun
    mehnat muhofazasi bo‘yicha
    YO‘RIQNOMA


    KELISHILGAN
    "QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI" MChJ
    Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
    "____" _______2022-yildagi
    ______- sonli bayonnomasi




    Hujjatning kodi

    15-31













    Tahrir №

    1













    Amal qiladi

    16.05.2025

    gacha










    Amal qilish







    muddati




    gacha

    uzaytirildi










    I. Xavfsizlikning umumiy talablari




    1. Chorpoya kranlarida uchta mustaqil operatsiyalar amalga oshiriladi: yukni talab etilgan balandlikka ko‘tarish – tushirish, yukni xizmat ko‘rsatish maydoniga ko‘ndalang ko‘chirish va yukni xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘ylab ko‘chirish.

    2. Kran (chorpoya) mashinisti (bundan buyon matnda Kran mashinisti deb yuritiladi) sifatida mustaqil ishlash quyidagi shaxslarga ruxsat etiladi:

    - 18 yoshdan kichik bo‘lmagan;

    - tibbiy tekshiruvdan o‘tgan;

    - o‘qigan va guvohnomaga ega bo‘lgan;

    - mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘rig‘ini olgan;

    - ish joyida birlamchi yo‘l-yo‘rig‘ini olgan;

    - tajribali xodim rahbarligida ish joyida amaliyot (stajirovka) o‘tagan;

    - elektr xavfsizligi bo‘yicha II guruhga ega bo‘lgan;

    - qozon-gaz nazorati obyektlari va ko‘tarish inshootlarining saqlanishi va xavfsiz ishlatilishini nazorat qilish bo‘yicha muhandis ishtirokida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi imtihon komissiyasida bilimlar sinovidan o‘tgan;

    - ishga ruxsat beruvchi guvohnoma olgan;

    - mustaqil ishlashga ruxsat to‘g‘risidagi buyruq bilan imzo qo‘ygan holda tanishgan.

    3. Kran mashinstiga doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi imtihon komissiyasida quyidagi hollarda bilimlar sinovi o‘tkaziladi:

    - davriy – 12 oyda kamida 1 marta;

    - kasbi bo‘yicha ish faoliyatida 12 oydan ortiq tanaffus bo‘lganda;

    - bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga o‘tganda;

    - yo‘riqnoma talablarini yetarli darajada bilmasligi aniqlanganda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi inspektori yoki qozon-gaz nazorati obyektlari va ko‘tarish inshootlarining saqlanishi va xavfsiz ishlatilishini nazorat qilish bo‘yicha muhandisning talabi bo‘yicha.

    4. Kran mashinisti boshqarishiga ruxsat berilgan kranning indeksi va yuk ko‘tarish qobiliyati uning guvohnomasida ko‘rsatiladi. Ish vaqtida kran mashinisti guvohnomani yonida olib yurishi shart.

    5. Kranning bir turidan boshqa turiga o‘tayotgan mashinistlar (masalan ko‘priksimon krandan chorpoya kraniga) tayinlanishidan oldin belgilangan tartibda o‘qitilishi va attestatsiyadan o‘tishi shart. Bunday hollarda o‘qitish qisqartirilgan dastur bo‘yicha olib borilishi mumkin.

    6. Kran mashinisti kranga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilishiga javobgardir, shu bilar birga u quyidagilarga majbur:

    - kranning mexanizmlari va jihozlarini toza va soz holatda saqlash;

    - ishlab chiqaruvchi yo‘riqnomasining ko‘rsatmalariga muvofiq kranning barcha mexanizmlarini va po‘lat arqonlarni o‘z vaqtida moylash;

    - moylash va tozalash materiallarni kranning qulay joyida mustahkamlangan, usti yopiladigan metal tarada saqlash va ishlatilgan tozalash materiallarini krandan o‘z vaqtida olib tashlash.

    7. Kran mashinisti quyidagilarni bilishi shart:

    - mazkur yo‘riqnoma, ishlab chiqaruvchining kranni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi (qo‘llanmasi), ishlab chiqarish yo‘riqnomasi, Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining yuk ko‘tarish mashinalarini saqlanishi va ta’mirlashga oid bo‘limlari;

    - kranning tuzilishi (konstruksiyasi) va uning barcha mexanizmlari va xavfsizlik qurilmalarining vazifasi;

    - kranni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va unga texnik xizmat ko‘rsatish muddatlari va natijalari;

    - kranni ko‘zdan kechirish jurnalidagi yozuvlar bo‘yicha chilangar va elektromontyorlar tomonidan o‘tkazilgan kranni va uning alohida mexanizm va qismlarini profilaktik davriy ko‘zdan kechirish muddatlari va natijalari;

    - kranning ishqalanadigan qismlarini moylash uchun qo‘llaniladigan moylash materiallarining assortimenti va vazifasi;

    - yuklarni kranlar bilan ko‘chirishda qo‘llaniladigan korxonada o‘rnatilgan belgili signallar (Ilova №1);

    - yukni osish, ilish, ko‘tarish, ko‘chirish va tushirish (taxlash) ning xavfsiz usullari;

    - yuk ko‘tarish mashinalarini soz holatda saqlanishiga va kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxslarni;

    - «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ bo‘linmalarida FH-FV, ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar va noxush hodisalar, yo‘l transport hodisalari hamda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda xabar berish sxemasi;

    - kran yo‘llari, ularni saqlanishiga va yerga ulagichlarga qo‘yiladigan talablar;

    - kran asosiy qismlarining yeyilishining chegaraviy o‘lchamlari.

    8. Kran mashinisti stropolchining ishini nazorat qiladi, amaliyot o‘tashi uchun o‘ziga biriktirilgan shogirdining ishiga va kranni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mazkur yo‘riqnomada bayon qilingan talablarni buzishiga javobgardir.

    9. Kran mashinistiga muhrlarni buzish va xavfsizlik qurilmalarini ishdan chiqarish (ko‘tarish va yuk ko‘tarish qobiliyatini chegaralovchilarini, himoyasini va hokazolarni o‘chirish), shuningdek xavfsizlik qurilmalari ishlamayotganda yoki nosoz bo‘lganda kranda ishlash taqiqlanadi.

    10. Kran mashinisti quyidagilarga majbur:

    - belgilangan muddatlarda davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish;

    - chorakda 1 marta ishni xavfsiz olib borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olish;

    - 12 oyda 1 marta mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tish;

    - 12 oyda 1 marta elektr xavfsizligi bo‘yicha II guruh uchun bilimlar sinovidan o‘tish;

    - mazkur yo‘riqnoma, ichki mehnat tartib qoidalari, ish kuni tartibiga rioya etish;

    - kran mexanizmlarini boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish uchun zarur malakaga ega bo‘lish;

    - po‘lat arqon, blok, baraban, shkiv, yuradigan g‘ildirak, tormoz kolodkasi, olib qo‘yiladigan yuk qamrash moslamalari va taralarning ishga yaroqligini aniqlashni bilish;

    - shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, mehnatning sanitar-gigiyenik sharoitlarini bilish;

    - ishlab chiqarish sanitariyasining talablariga rioya etish. Ovqatlanishdan oldin qo‘lni iliq suvda sovun bilan yuvish. Taomni ovqatlanish uchun mo‘ljallangan joyda tanovul qilish;

    - faqat yuk ko‘tarish mashinalarini soz holatda saqlanishiga yoki kranlar bilan ishlarning xavfsiz bajarilishiga mas’ul shaxslar tomonidan topshirilgan ishni bajarish;

    - bevosita rahbarining, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi inspektori va qozon-gaz nazorati obyektlari va ko‘tarish inshootlarining saqlanishi va xavfsiz ishlatilishini nazorat qilish bo‘yicha muhandisning haqli talablarini bajarish;

    - faqat maxsus belgilangan joylarda chekish;

    - ish joyida, shuningdek «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ hududida alkogol, narkotik yoki toksinli mastlikda bo‘lmaslik;

    - ish vaqtida ish joyini tark etmaslik, ishlar rahbariga xabar bermasdan ishdan ketmaslik, chalg‘imaslik va boshqalarni chalg‘itmaslik;

    - yong‘in xavfsizligi talablarini bajarish;

    - shaxsiy himoya vositalaridan vazifasi bo‘yicha foydalanish va ularni korxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik, boshqa shaxslarga bermaslik, maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalarini soz va toza holatda saqlash;

    - ish vaqtida malaka guvohnomasi va ishga ruxsat beruvchi guvohnomani yonida olib yurish;

    - olib borilyotgan ishga aloqasi bo‘lmagan (texnik nazorat olib boruvchi shaxslardan tashqari) shaxslarni ish joyga qo‘ymaslik;

    - o‘zi yoki yonida ishlovchilar bilan baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakat yoki harakatsizlik qilmaslik, shuningdek noo‘rin tavakkal qilmaslik;

    - insonlarning hayoti yoki sog‘ligiga xavf soladigan har qanday vaziyatlar to‘g‘risida, hamda baxtsiz hodisa to‘g‘risida bevosita rahbariga darhol xabar berish;

    - o‘zini noxush his qilganda bevosita rahbarga xabar berish va tibbiy yordamga murojaat etish;

    - xavfsizlik belgilarining (yo‘l xavfsizligi, elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va boshqalar) talablarini, shuningdek axborot beruvchi, ogohlantiruvchi, buyuruvchi yoki taqiqlovchi plakatlar, belgilar, signallar, chiziqlarning talablarini bajarish;

    - elektr qurilmalarining to‘siqlari orqasiga o‘tmaslik;

    - vertikal va o‘ta qiya (har qanday tipdagi va ko‘rinishdagi) zinadan tutqichdan ushlagan holda, "uch tayanch nuqtalari" (tayanch nuqtalari ikki qo‘l va bir oyoqda yoki ikki oyoq va bir qo‘lda) qoidasiga amal qilgan holda, va zinaga yuzlangan holda, oyoqni sekinlik bilan zinadan zinaga ko‘chirgan holda chiqish va tushish lozim. Agar zinaning tutqichi bitta bo‘lsa, unda kamida ikkita tayanch nuqtasi bo‘lishi lozim. Zinadan boshqa usullar bilan chiqish va tushish taqiqlanadi;

    - balandlikka chiqish bilan bog‘liq ishlarni bajarganda kerakli asboblarni maxsus sumkada olib chiqish;

    - jarohatlanganlarga shifokor kelguncha tegishli yordam ko‘rsata bilish, xabar berish sxemasiga muvofiq jarohatlanish holatlari to‘g‘risida xabar berish.

    11. Kran mashinistiga quyidagilar taqiqlanadi:

    a) ishlash:

    • nosoz maxsus kiyim va maxsus oyoq kiyimda;

    • mexanizmlarning to‘silmagan tok o‘tkazuvchi va aylanuvchi qismlari yaqinida;

    • yerdan 1,3 metr va undan yuqori balandlikda to‘silmagan maydonchalarda himoya kamarisiz yoki maxsus moslamalarsiz;

    • yomg‘ir, qor yog‘ganda, muzlaganda va shamolning tezligi kranning pasportida o‘rnatilgan tezlikdan yuqori bo‘lganda;

    b) nosoz, sinovdan o‘tmagan himoya vositalari, asbob va moslamalardan foydalanish;

    v) o‘qimagan va ishlashga ruxsat bo‘lmagan vaqtda mashina va mexanizmlarni boshqarish, shuningdek elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish;

    g) mashina va mexanizmlarni ishlab turgan holatida qo‘l bilan tozalash, ta’mirlash va moylash;

    d) mashinadan ishlab turgan holatida tushish va unga chiqish;

    e) «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ hududida ish vaqtida uxlash.

    12. Kran mashinistiga ish faoliyati davomida ta’sir etishi mumkin bo‘lgan asosiy xavfli va zararli omillar quyidagilar:

    - kranning harakatlantiruvchi va aylanuvchi qismlari va uzellari;

    - kranning ag‘darilishi;

    - ortish-tushirish ishlarida va ko‘chirishda yukning tushib ketishi;

    - qism, uzel, agregat, asboblarning tushib ketishi;

    - balandlikdan yiqilish;

    - ish zonasi havosining yuqori changlanganligi;

    - yuqori darajadagi shovqin va vibratsiya;

    - qulaganda, sirpanganda, qoqilganda jarohatlanish;

    - nosoz asbob va moslamadan foydalanganda jarohatlanish;

    - jismoniy va asab-ruhiy toliqish;

    - elektr toki urishi.

    13. Kran mashinisti mazkur yo‘riqnoma talablarini buzganda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ ichki mehnat tartib qoidalariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.





    Download 1,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 1,51 Mb.