|
Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati Reja : Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lish tarixi
|
bet | 2/4 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 225 Kb. | | #101217 |
Bog'liq Sahna ma\'ruza 3 (1)Lyoja qo‘g‘irchoq teatri. Chanches. XIX asr oxirida kambag‘allar kvartallarida ko‘plab qo‘g‘irchoq teatrlari bo‘lgan. Lekin ularni topish qiyin bo‘lgan. Ularni shahar markazidan izlash befoyda. Hamma narsa bitta xonada bo‘lgan. Xona xo‘jayini ovqat pishirib turgan, spektakldan so‘ng esa hamma uxlagani yotgan. Bir necha o‘rindiqlar kechasi kursi vazifasini bajargan. Ular yotoq uchun tenglashtirilgan. O‘rindiqlar orqasi turar joy bo‘lgan. Sahna orti devorlariga qo‘g‘irchoqlar osib qo‘yilgan. Faqat belgilangan qo‘g‘irchoqlar uchun turli xil rol o‘ynash mumkin, xolos. Eski qo‘g‘irchoqlar daraxtlardan qilingan. Qo‘g‘irchoqlarni burni grekcha usulda, ko‘zi, sochi, og‘zi va soqoli yog‘ochning o‘ziga chizib qo‘yilgan.
AQSH professional qo‘g‘irchoq teatri. AQSH professional qo‘g‘irchoq teatri XX asrning 20-yillariga kelib tashkil topgan. XX asrning 30–40- yillaridagi mashhur qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilaridan biri Frenk Peris bo‘lgan. U qora libosda va kalta marionetkani o‘ynatgan. U qora pardaning maxsus ilgichlaridagi 5–6 nomerga mo‘ljallangan qo‘g‘irchoqlar bilan navbatma-navbat ishlagan. “Amerika qo‘g‘irchoq teatrining o‘ziga xos xususiyatlari:
– birinchidan, davlat teatri yo‘qligi. Ular davlatdan yordam olishmaydi;
– ikkinchidan, doimiy zal va imoratning yo‘qligi. Har xil joylarda sayohat qilib, tomosha qo‘yganlar;
– uchinchidan, tarkibining ozligi. Ular 2–3 yoki 1 ta aktyordan iborat bo‘lgan;
– to‘rtinchidan, televideniyening roli. Ular televideniye yordamida yashab kelishmoqda” .
Hozirgi vaqtda AQSHda ko‘plab mayda qo‘g‘irchoq guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular juda qulay va jamiyatning xohlagan buyurtmasini bajara oladi, hayotiy va jamiyat uchun foydali.
Angliya qo‘g‘irchoq teatri. Mavjud adabiyotlar tahlilida berilishicha, Angliya qo‘g‘irchoq teatri qahramoni Panch bo‘lib, u omadli va taqdiriga ishongan ustasifarang. Ingliz burjuaziya evolutsiyasidan farqli o‘laroq Panch va uning obrazi sezilarli taraqqiyotga erishgan. Avval Panch sershovqinligi va quvnoqligi bilan hammani o‘ziga tortgan. Vaqt o‘tib, bu xarakter qonxo‘rga, qo‘pol va o‘z manfaati yo‘lida hamma narsadan tap tortmaydigan obrazga aylanadi. Ammo ingliz tomoshabinlari Panchni o‘z obraziga qaytarishni talab qilishdi. Xalq o‘z qahramonini yaxshi ko‘rardi. Panch aqlli bo‘lgan, kuchliroq, ayyor va o‘z raqiblarining ustidan hamisha g‘alaba qozongan. Buning hammasi qo‘g‘irchoq teatrining siyosiy hajviyaga to‘laligini ifoda etgan.
Yaponiya qo‘g‘irchoq teatri. Yaponiya qo‘g‘irchoq teatri o‘z an’analarini saqlab qolgan Uotura Bunrakuken nomi bilan atalgan. "Bunraku qo‘g‘irchoqlari 1/2 2/3 o‘lchovda odam bo‘yi barobarida tayyorlanadi va har bir qo‘g‘irchoqni 3 nafar odam boshqaradi. Eng tajribalisi uning bosh qismini (ko‘zini, qoshlarini og‘zini, qovoqlarini) va o‘ng qo‘lini boshqaradi. Ikkinchi operator qo‘g‘irchoqning chap qo‘lini harakatlantiradi. Uchinchisi uning oyog‘ini boshqaradi" . Operatorlarning o‘zlari boshdan-oyoq qora kiyimda bo‘ladi. Tomosha boshlangandan bir necha soniyadan so‘ng tomoshabinlar operatorni ko‘rmay qo‘yishadi. Ularning diqqati qo‘g‘irchoqlarning harakatiga qaratiladi. Ayrim hollarda birinchi operator taniqli artist bo‘lib, u yuzini berkitmay chiqishi mumkin.
Yana shu narsani ham aytish lozimki, Yaponiya madaniyati tarixi va an’analarini televideniye orqali bevosita uzatilayotgan seriallar yoki adabiyotlardan o‘qib kuzatar ekansiz, uni ikki xil tarzda qabul qilish mumkin. Bir qaraganda bu ayyor samuraylar vatani. Lekin boshqa tomondan qarasang bu diyor ajoyib gullarni, birinchi qorni sevuvchi, salom berganda ibo bilan egiluvchi, hayotga o‘z nuqtayi-nazaridan qaraguvchi diyordir. Yapon xalqining ajoyib madaniyatini shundan ham bilsa bo‘ladiki, ular hech qachon ochiq raqobatchilikka bormaydi. Bardosh, kuchli tarbiya, tilini o‘z vaqtida tiya bilishlik bu yеrda asosiy qoida sanaladi. Yapon xalqi juda nozikta’b bo‘lib, so‘zlashish jarayonida ular "ha" so‘zini juda ko‘p qo‘llashadi va "yo‘q" so‘zi esa ular uchun begona. Uchrashuv paytida egilib salom berayotganlar birinchi
bo‘lib qaddini rostlashi hurmatsizlik sanaladi. Chiroyli tabassum va shirinsuxanlik ham yaponlarning madaniyatidan darak beradi.
Italiya qo‘g‘irchoq teatri.
Italiya qo‘g‘irchoq teatri Pulchinella nomi bilan bog‘liq. Tarixchilarning fikricha, bu qo‘g‘irchoq qahramoni XV yoki XVI asrlarda tavallud topgan. Italiyada qo‘g‘irchoq tomoshalarining uch turi mavjud:
1. Ko‘chalarda qo‘yiladigan qo‘g‘irchoq tomoshalari.
2. Doska yonida o‘ynatiluvchi qo‘g‘irchoqlar.
3. Qo‘lqopli qo‘g‘irchoq tomoshalari.
“XVI asrda yashagan milanlik mashhur vrach va matematik Kardani yozgan: “men ikkita sitsiliyalikni – ikkita yog‘och figurani o‘ynatishlarini ko‘rib hayron qolganman”. Davomida u tushintiradi: ular birgina ip bilan boshqarilardi. Ip ularni orasidan o‘tib, yuqoriga tortilgan edi. Ipning bir uchi yog‘och ustunga, ikkinchisi qo‘g‘irchoqbozning oyog‘iga bog‘langan. Qo‘g‘irchoqbozning oyoq harakatlari qo‘g‘irchoqning boshini qimirlatishga, qo‘lini siltashga, oyog‘i bilan yurishga majbur qilardi. Shu narsaga amin bo‘lish kerakki, qo‘g‘irchoqning har bir harakati musiqa bilan mos tushishi kerak edi” . Kardanining eshitishicha o‘yinga tushuvchi qo‘g‘irchoqlarni xalq “magatelli” deb atagan. Hozirgi kunda bu so‘z ishlatilmaydi. Bugungi kundagi qo‘g‘irchoqbozlar bu qo‘g‘irchoqlarni “doska qo‘g‘irchoqlari” deb ataydilar. Bu so‘z fransuzcha “lya-plyanshet”- doska so‘zidan olingan. Doska qo‘g‘irchoq teatri an’analari xuddi Italiyadagi kabidir. Pulchinellaning tashqi ko‘rinishi: qo‘pol, qorindor, burni uzun, orqasida ikkita bukrisi bor. Yana u o‘g‘ri, yolg‘onchi, qo‘rqoq, mehnatkash va janjalkash.
Qo‘g‘irchoq teatri to‘rtburchak, hamma tomoni mato bilan o‘ralgan yashikni eslatadi. Qo‘g‘irchoqbozning yonida yordamchisi bo‘ladi, u voqeani tushuntirib turgan. Ikkinchi yordamchi musiqachisi bo‘lgan. Pulchinello o‘zining yashigi bilan butun Yevropani aylanib chiqqan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati Reja : Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lish tarixi
|