Qog‘oz ishlab chiqarishning texnologik sxemasi




Download 1,31 Mb.
bet3/8
Sana11.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#116096
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Qog\'oz ishlab chiqarishning texnologiyasi va sifati

Qog‘oz ishlab chiqarishning texnologik sxemasi. Zamonaviy qog‗oz ishlab chiqarish bu bir necha operatsiya va bulimlardan tarkib topgan uzluksiz jarayondir. Aloxida mustakil ishlab chiqarish quyidagi bulimlardan tarkib topgan:

  1. Xar xil turdagi sellyuloza va yarim sellyuloza ishlab chiqarish.

  2. Oq, Qo‗ng‗ir va kimyoviy yog‗och massasini tayyorlash zavodlari.

  3. Mato yarim massasi va boshka yarim tayyor maxsulotlar olish bulimi.

Tolali yarim tayyor maxsulotlar agar qog‗oz fabrikasidan uzoqda tayyorlansa, ular fabrikaga Quruq xolatda keltiriladi. Agar ishlab chiqarish sellyuloza, yarim sellyuloza va yog‗och massasi zavodlarini birlashtiruvchi kombinat shaklida bulsa, u xolda tolali material qog‗oz fabrikasiga suyuk, ya‘ni tolali suspenziya kurinishida uzatiladi. 3-8 % li tolali suspenziya qog‗oz fabrikasi bufer basseynlarida kerakli muddatgacha saqlanadi.
Qog‗oz ishlab chiqarish texnologik sxemasi umumiy ko‗rinishda kuyida keltirilgan.
Qog‗oz massasini tayyorlash bulimida qog‗oz ishlab chiqarishda kullaniladigan yarim tayyor maxsulotlar tola-suvli suspenziya xolatiga keltiriladi. Yenchish darajasi va sifati tayyorlanadigan qog‗ozning sifat kursatkichlariga boglik. Yenchish bu materialni maydalash va bir tekis konsentratsiyali tolali suspenziya hosil qilish jarayonidir. Shu bulimda kogz kompozitsiyasi tayyorlanadi (tolalar buyicha). Qog‗oz massasiga kushiladigan kimyoviy moddalar odatda maxsus omborlarda saklanadi va aloxida xonalarda ulardan yelimlovchi, tuldiruvchi, buyovchi emulsiyalari, suspenziyalari va eritmalari tayyorlanadi. Bu suyukliklar ma‘lum tartibda va konsentratsiyada talab kilingan qog‗oz sifatiga boglik ravishda qog‗oz massasiga kushiladi. Qog‗oz kompozitsiyasini tayyorlash va kimyoviy moddalarni to‗g‗ri kushish uchun konsentratsiyani nazorat kiluvchi apparatlardan foydalaniladi. Tayyorlangan qog‗oz massasi basseynlarda akkumulirlanadi, so‗ng qog‗oz kyish mashinasining taksimlash basseyniga uzatiladi. Yukorida kursatilgan barcha jarayonlar uzluksiz yoki uzlukli bajarilishi mumkin. Massani kuyishga tayyorlashdan boshlab xamma jarayonlar fakat uzluksiz bajariladi. 3-5 % li massa mashina basseynidan chikishda tarkibida 0,2-1,2 % tolalar bo‗lgan muomaladagi suv bilan suyultiriladi. Qog‗oz massasi shu ko‗rinishda oxirigi tozalash jarayonidan o‗tadi. Tuguncha va iflosliklardan tozalangan massa qog‗oz kuyish mashinasining tur kismiga uzatiladi. Bu yerda birlamchi qog‗oz polotnosi hosil buladi. Tur kismda qog‗oz polotnosi suvsizlantiriladi. Tur kismdan so‗ng 3-4 ta xul presslar bulib, bular yordamida qog‗oz polotnosi yanada zichlashadi va 27-43 % gacha suvsizlanadi. Shu ko‗rinishdagi polotno nam xolatda mashinaning quritish bulimiga utadi. Quritish bulimida polotno 92-94 % gacha kuritiladi, so‗ng sovitiladi, mashina kalandridan utkaziladi va rulonga o‗raladi. Talab kilinganda tayyor qog‗oz super kalandrdan o‗tkaziladi.
Barcha qog‗oz kuyish mashinalarini uchta asosiy guruxga bulish mumkin:

  1. Stolli-uzun turli.

  2. Slindrli.

  3. Aralash konstruksiyali.

Stolli mashinalar yopik va ochik turda bulishi mumkin. Ochik turdagi stolli mashinalar eng ko‗p tarkalgan bulib, ularning tezligi 100 m/min dan 750 m/min gacha bulishi mumkin. Yopik turdagi stolli mashinalar asosan yupka qog‗oz turlarini ishlab chiqarishda kullaniladi. Bu qog‗ozlarda ko‗p miqdorda yog‗och massasi bulib, ularni ochik turdagi mashinalarga kuyib bulmaydi.
Silindrli mashinalar ko‗p qatlamli qalin qog‗oz va qog‗oz ishlab chiqarish uchun mo‗ljallangan. Bir silindrli mashinalarda (50-80 g/m3) bir qatlamli qog‗oz ham olish mumkin.
Aralash konstruksiyali mashinalar stolli va slindrli konstruksiya elementlaridan tarkib topgan. Maxsus xossali qog‗oz va qalin qog‗oz olishda bu mashinalardan foydalaniladi.

Download 1,31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qog‘oz ishlab chiqarishning texnologik sxemasi

Download 1,31 Mb.