Pergament ishlab chiqarish




Download 1,31 Mb.
bet5/8
Sana11.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#116096
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Qog\'oz ishlab chiqarishning texnologiyasi va sifati

Pergament ishlab chiqarish. Pergament qog‗ozi yog, suv utkazmaydigan, shaffof, zich strukturali, yukori xajm ogirligiga va nam xolatda nisbatan pishik bulish xossasiga ega. Pergamentning bir necha xil kurinishi bor: oddiy pergament, markalari A, B, V, G va maxsus pergament.

    1. sarig yog, margarin va boshka yoglarni kadoqlash uchun.

    2. farmotsevtik tovarlarni avtomat kadoqlash.

V- ozik-ovkat yoglarini avtomat kadoqlash.
G- maxsulotlarni bir marotaba kadoqlash uchun.

Maxsus pergament asosan sanoatda kullaniladi. Maxsus pergament 31 g/m2 ogirlikda, 27 mk qalinlikda, 5000 m uzilish uzunligida ishlab chikariladi. Asosan paxta tolasidan tayyorlanadi. Ayrim xollarda oqartirilgan sulfat yoki sulfit sellyulozadan (yaproqlilardan) xam foydalaniladi.
Pergament qog‗oz olish uchun 60 g/m2 ogirlikdagi qog‗oz ishlatiladi, bu qog‗oz 24-280ShR yenchish darajasida bulishi yetarli xisoblanadi. Qog‗oz kuyish mashinasida bunday qog‗oz ko‗p marta presslanmaydi. Yetarli darajada g‗ovakli strukturani saklash uchun ko‗pincha ikki marta presslash jarayoni kullaniladi xolos. Quritishga yukori darajadagi nam qog‗oz uzatiladi. Quritishni birinchi zonasidayok yukori xaroratda qog‗ozni kizdirish orkali uni yanada g‗ovakli bulishiga olib keladi. Bunday qog‗ozga sulfat kislota juda tez shimiladi va shu bilan bir tekis pergamentatsiyaga erishiladi.
Asos qog‗ozdan pergament qog‗oz olish keltirilgan jixozda amalga oshiriladi (12-rasm). Rulondagi qog‗oz polotnosi yunaltiruvchi vallar yordamida yechiladi va pergamentlash vannasiga tushadi. Bu vanna odatda yog‗ochdan yasalgan bulib, ichki kismi kislotabardosh material bilan koplangan buladi. Vanna ikki kavat devorli bulib, ular orasidan kislotani isib ketishdan saklab turish uchun suv aylanib turadi. Sulfat kislota konsentratsiyasi 67,8-70%, qog‗ozni kislotadan utish vakti 2,5-3,0 sek. Bu kiska vakt davomida qog‗oz kislotaga tulik shimiladi. Tola strukturasi oqib, qog‗oz kovaklarini berqiladi va pergament hosil buladi. Pergamentlash vannasi xarorati 10-150S. Pergamentlash vannasidan so‗ng qog‗oz siqiladi va 2-3 marta yuvish vannalarida yuviladi. Oxirigi vannadagi suv oldingisiga karab xarakatlanadi, uning uziga esa toza suv beriladi. Yuvilgan pergamentda xali ma‘lum miqdorda kislota buladi, shuning uchun pergament purkash moslamali yuvish apparatidan utkaziladi. Purkash pergamentni xar ikkala tarafi buyicha olib boriladi. Purkash moslamali vannalar orasida sikish vallari bulib, oxirigi yuvish apparatidan utgan pergamentga 1-4 g/l soda bilan ishlov beriladi. Kislota soda ta‘sirida natriy sulfat hosil buladi va u pergamentdan oson yuvilib ketadi. Tayyor pergamentni bir oz yumshatish maksadida u 10-12 % li glitserin eritmasidan utkaziladi. 60-65 % namlikdagi pergament quritish jarayoniga uzatiladi. Quritish sekin juda kizdirmasdan olib boriladi. Aks xolda pergament tez parchalanadi. Quritilgan pergament sovitiladi, kalandrlanadi va rulonga uraladi. Qog‗ozni pergament mashinasidan utish tezligi 50-70 m/min ga teng.

Download 1,31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,31 Mb.