|
Qog‘oz kuyish jixozining asosiy bulimlari
|
bet | 4/8 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #116096 |
Bog'liq 6-Qog\'oz ishlab chiqarishning texnologiyasi va sifatiQog‘oz kuyish jixozining asosiy bulimlari. Qog‗oz asosan tekis turli qog‗oz kuyish jixozida shakllantiriladi. Qog‗oz massasi xarakatlanib turadigan cheksiz turga qo‗yiladi va shakllantiriladi, presslanadi, kuritiladi va tayyor qog‗oz xolatida rulonga uraladi. Qog‗oz kuyish jixozi tur, presslovchi, quritish va pardozlash bulimlaridan va uzatuvchidan tarkib topgan.
Rasm 8. Qog‗oz kuyish jixozining sxemasi.
1-quyish qurilmasi; 2-to‗r stoli; 3-so‗rib oluvchi moslamalar; 4-presslar; 5-sukno qurituvchi silindrlar; 6qog‗oz qurituvchi silindrlar; 7-yarim tayyor mahsulot kalandri; 8-jixoz kalandrlari; 9-o‗ram.
Qog‗oz kuyish jixozi tarkibiga shuningdek yordamchi jixozlar xam kiradi, aralashtiruvchi basseynlar, tekshiruv - ulchov asboblari va regulyatorlar, massani tozalash apparatlari tozalagichlar va tugun ushlab koluvchilar, massa va suvni uzatuvchi nasoslar, vakuum nasoslar, nuksonlarni kayta ishlovchi apparaturalar. Jixozning tur kismi massani kuyish (1) va to‗rli stoldan (2), press qismi 2 – 4 ta presslardan (4) va bir nechta sukno yuvuvchilardan tashkil topgan. Katta tezlikda ishlaydigan jixozlarda qayta so‗rib oluvchi (3) qurilmasi ham bo‗ladi. Jixozning to‗r va press qismi uning xo‗l qismi deb ataladi. Jixozning quritish qismi qog‗oz quritish (6) va sukno quritish (5) silindrlarini uz ichiga oladi. Ba‘zi qog‗oz quyish jixozlarining quritish bo‗limiga yelimlovchi presslar o‗rnatiladi. Pardoz bulimiga yarim xom kalandr (7), sovitish slindrlari, jixoz kalandri (8) va o‗rovchi (9) ta‘luqli. Qog‗oz kuyish jixozi ikki kavatga joylashtiriladi. Jixozning asosiy qismi ikkinchi qavatda, yordamchi bo‗lim jixozlari esa birinchi kavatga o‗rnatiladi.
Qog‗oz kuyish mashinalari quyidagi bulimlardan tarkib topgan: tur kism, press, quritish va
pardozlash bulimi. Kuyida qog‗oz kuyish mashinasining tur kismi keltirilgan.
Rasm 9. Qog‗oz kuyish jixozining tur kismi.
1-qog‗oz massasini kuyish moslamasi, 2-o‗yilgan registr vallari, 3-deflektorlar, 4-sillik registr vallari, 5surib oluvchi kutilar, 6-so‗rib oluvchi gauch-val, 7-turni boshkarish vali, 9-tur, 10- asosiy val.
Qog‘ozning sinflanishi. Kabul kilingan sinflanish buyicha qog‗oz 11 ta sinfga ajratiladi.
Bosma maksadlarda ishlatilinadigan qog‗oz – gazeta, tipografik, lentografik, ofset, chukur bosma uchun, pul belgilarini bosishga muljallangan, xujjatlar uchun, kartografik va boshkalar. Bosma qog‗ozlarning kullanilishi – gazeta, kitob, jurnal, ma‘lumotnomalar, lugat, xujjat, geografik va tipografik kartalar, nota, mukova, e‘lon va chipta bosishda. yaxshi kabul qiladigan;
Yozuv qog‗ozi – yozma qog‗oz, pochta qog‗ozi, konvert va karta qog‗ozlari. Bu qog‗ozlarning ishlatilish soxasi – siyox bilan yozish uchun, daftar, blaknot, blanka, xujjat, konvert, ish kitoblarini tayyorlash uchun.
Chizma – rasm uchun qog‗oz – chizma, chizma shaffof, millimetrovkali, rasm daftar. Chizma qog‗ozlar- ularga tush, kalam, akvarel buyoklar bilan chizishga muljallangan.
Elektroizolyatsion qog‗oz – kondensator, kabel, telefon, izolyatsiya va boshka qog‗oz
turlari
Papiros qog‗ozi – papiros, sigaret, mundshtuch, uraladigan va boshkalar.
Papiros va sigaret gilzalarni mashinada tayyorlashda papiros va sigaret qog‗ozlari ishlatiladi. Qog‗oz kompozitsiyasi tarkibi 50% oqartirilgan len tolasi va 50% yukori sifatli sulfit sellyulozadan tashkil topgan. Gilzalarni tayyorlashda qog‗oz katta kuchlanish ta‘sirida buladi, shuning uchun yukori mexanik xossaga ega bo‗lgan qog‗ozlardan papiros va sigaretlarni tayyorlashda foydalaniladi.
Tola tarkibi: oqartirilmagan sulfit sellyuloza (50%), oq yog‗och massasi (50%) qog‗oz tarkibiga makulatura va oqova suvlardagi tolalar kushilmaydi, tuldiruvchi sifatida fakat meldan foydalaniladi.
Shimuvchan- surib olish xossasiga ega bo‗lgan qog‗ozlar – filtr, xullanadigan, fibr asosi uchun, pergament va boshkalar.
Apparatlar uchun qog‗oz – telegrafda ishlatilinadigan lenta, kassa lentasi, diagramma va perofoqorta qog‗ozlari.
Yoruglikka sezgir qog‗oz-foto, yoruglikda nusxa olish uchun muljallangan qog‗oz ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Kuchirma qog‗oz – nusxa olish uchun qog‗oz.
Turli maksadlarda kullaniladigan ishlab chiqarish – texnik qog‗ozi - galtak, patron, kalandr, yoruglik utkazmaydigan, kalava va gofr uchun qog‗ozlar. Galtak qog‗ozi - qog‗ozli patron va konuslar tayyorlash uchun kullaniladi, ularga esa kalava yoki ip uraladi.
Uram qog‗ozi – buyum va maxsulotlarni kadoqlash uchun ishlab chikariladi. Maxsus maksadlar uchun – kalish, meva, choy, gugurt kadoqlashda; etiketka - kadoqlash qog‗ozlari, yog utkazmaydigan. Bu sinfga kiruvchi qog‗ozlarga maxsus talablar kuyilgan. Dunyo buyicha 600 dan ortik qog‗oz assortimentlari mavjud bulib, ularga ishlatilish soxalari buyicha turlicha talablar qo‗yiladi.
|
| |