|
Qo‘qon davlat pedagogika instituti
|
bet | 1/2 | Sana | 15.07.2023 | Hajmi | 65.5 Kb. | | #76770 |
Bog'liq mustaqil ish ffJhTciKTsOMpxLHuJGUjWEIeUAiplNL7WwhnrHw, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, sodapdf-converted, Kasb tanlashga yo‘llash, Ijara shartnoma 1680543268498, Using Technology and Collaboration to Support Reading Comprehensi, EhtimolExcel
Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Sh.Shirinovning 2022-2023 o‘quv yilida fanlar bo‘yicha kurslar kesimida mustaqil ta’lim soatlarining bajarilish holati bo‘yicha hisoboti
Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda o‘qituvchining rahbarligi, nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadi ko‘zlanadi.
Mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning bilim, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish darajasi va qobiliyati hisobga olinadi. Talabalarning mustaqil ishlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi: muayyan mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; berilgan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash; amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish; o‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda muayyan mavzular mohiyatini yorituvchi maketlar, modellar, ijodiy ishlarni yaratish, ilmiy maqolalar, nashr ishlarida chop etilgan pedagogik mazmundagi maqolalar yuzasidan taqrizlar yozish, mualliflik dasturlari, ilmiy loyihalar, dars ishlanmalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ssenariylarini tayyorlash.
Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalar uchun tegishli fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari mas’ul kafedra professori tomonidan o‘quv mashg‘ulotini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan birgalikda tuzilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabalarga axborot manbasi sifatida darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, metodik ko‘rsatma, tavsiyanomalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet materiallari, mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar ro‘yxati, alfavitli katalog kabilar taqdim etiladi.
Mustaqil ishlar va ularning bajarilishi
|
| |