|
Matnni insert metodida órganganda quyidagi 4-jadvaldan foydalanish mumkin: (1-jadval)
|
bet | 16/16 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,46 Mb. | | #239888 |
Bog'liq PKJ ulgiMatnni insert metodida órganganda quyidagi 4-jadvaldan foydalanish mumkin: (1-jadval)
1-jadval
«V»
|
« - »
|
« + »
|
« ? »
|
“ha” - o ’
qiganlaringizdan aniq bilgan yoki bilaman deb óylagan málumot
|
“manfiy” - Óqiganlaringiz, bilganlaringizga qarama-qarshi málumot
|
“musbat” - Óqiganlaringiz orasida siz uchun yangi málumot
|
“savol” - o ’
qiganlaringizdan siz uchun tushunarli bólmagan yoki shu haqida kóproq narsa bilishni istagan málumot
|
SWOT - tahlil metodi.
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilim va amaliy tajribalami tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yóllarm topishga, bilimlami mustahkamlash, takrorlash, baholash, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
SINKVEYN - metodi
Sinkveyn - bu málum qoidalarga asosan tuzilgan 5 ta satrdan iborat
bólgan she’rdir.
satr - mavzu nomi;
satr - bu mavzuni ikkita sifat bilan aniqlash;
satr - bu mavzu doirasidagi faoliyatni kórsatuvchi 3 ta fe’l;
satr - muallifning mavzuga munosabatini bildiruvchi 4 ta sózdan iborat bólgan jumla;
satr - mavzu yakuni, ixtiyoriy sóz.
“FSMU” texnologiyasi
Bu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar ótkazishda yoki óquv-seminari yakunida (óquvchilarning óquv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki óquv rejasi asosida biron bólim órganib bólingach qóllanilishi mumkin, chunki bu texnologiya óquvchilarni óz fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va óz fikrini boshqalarga ótkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda óquvchilarni óquv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishda, qay darajada egallaganliklari baholash va bahslashish madaniyatiga órgatadi.
Maqsad - Ushbu texnologiya óquvchilarga tarqatilgan oddiy qoǵozga óz fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etishga yordam beradi.
Ótkazish texnologiyasi:
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda ótkaziladi.
- bosqich
óqituvchi óquvchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bólgan muammoni, yoki órganilgan bólimni belgilab oladi;
óqituvchi óquv mashǵulotida avval har bir óquvchi yakka
tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va
nihoyat dars oxirida jamoa bólib ishlanishi haqida óquvchilarga ma'lumot beradi;
mashǵulot davomida har bir óquvchi óz fikrini erkin holda tóliq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib ótiladi.
- bosqich
Har bir óquvchiga FSMU texnologiyasining 4-bosqichi yozilgan qoǵozlar tarqatilgan:
F - fikringizni bayon eting.
S - fikringizni bayoniga sabab kórsating.
M - kórsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring. U - fikringizni umumlashtiring.
Har bir óquvchi yakka tartibda qoǵozdagi FSMU-ning 4-bosqichini óz fikrlarini yozma bayon etgan holda tóldiradi.
- bosqich
Har bir óquvchi óz qoǵozlarini tóldirib bólgach, óqituvchi ularni kichik guruhlarga bólinishlarini iltimos qiladi yoki ózi turli guruhlarga bólish usullaridan foydalangan holda óquvchilarni kichik guruhlarga bólib yuboradi;
Óqituvchi har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4-bosqich yozilgan katta formatdagi qoǵozlarni tarqatadi;
Óqituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qoǵozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4-bosqich bóyicha yozishlarini taklif etadi.
- bosqich
kichik guruhlarda avval har bir óquvchi ózi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a'zolarini tanishtirib ótadi. Guruh a'zolarining barcha fikrlari órganilgach, kichik guruh a'zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
guruh a'zolari FSMU ning 4-bosqichini har biri bóyicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik kóradilar;
Fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir óquvchi óz fikrlarini himoya etishi, isbotlanishi mumkin.
- bosqich
kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida óqiydi iloji boricha izoh bermagan holda ba'zi bólimlarni isbotlashi, ya'ni guruhlarning aynan nima uchun, shu fikrga kelganini aytib ótishi mumkin.
- bosqich
Óqituvchi mashǵulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga óz munosabatini bildiradi;
quyidagi savollar bilan óquvchilarga murojat qiladi:
“Ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga órgandingiz?”
Ushbu savollar tushirilgan A4 formatdagi qoǵoz kichik guruhlarga tanlash yóli bilan tarqatiladi. Yáni:
2 jadval
1-savol uchun
Savol
|
Izoh
|
Videokarta qanday vazifa bajarishini tushuntirib bering.
.
|
|
|
2-savol uchun
|
Savol
|
Izoh
|
Monitor, displey deb nimaga aytiladi?
|
|
3-savol uchun
Savol
|
Izoh
|
Kompyuter grafikasining turlari va sinflarini aytib bering
|
|
4-savol uchun
Savol
|
Izoh
|
Piksel deganda nimani tushunasiz?
|
|
Har bir guruhga 3-5 daqiqa ichida qoǵozga berilgan savolga kelishgan holda javoblar yozish sóraladi. Óquvchilar kelishgan holda savolga mos javoblarni yozadilar belgilangan vaqt tugagandan sóng óqituvchi ulardan javoblarni tinglay boshlaydilar.
Berilgan savollar ketma-ketligiga rioya qilingan holda kichik guruhlar birin-ketin savolga javob beradidar. Agar óqituvchini guruh tomonidan berilgan savollarga javoblar qoniqtirmasa, avvalo shu kichik guruh ázolaridan biri qóshimchalar va tuzatishlar kiritishga chiqadilar, aks h olda boshqa kichik guruh ázolari savollarga qóshimchalar kiritishadi yoki óqituvchi tomonidan savolning javobi tóldirilib boriladi.
Har bir kichik guruh berilgan savollarga navbatma-navbat chiqish vaqtida doskaga berilgan savollar bóyicha javoblar zina kórinishida joylashtiriladi. Barcha guruhlarning qoǵoz variantidagi javoblari joylashtirilgandan sóng, e’tibor bilan qaralsa u zina kórinishida aks etgandek bóladi. Bu esa yuqorida aytganimizdek, “Zinama-zina” texnologiyasining qóllanilishiga misol bóladi.
Óquvchilarning ótilgan darslarni qanday darajada ózlashtirganligini tezroq aniqlash uchun “Blits-sórov” usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu usulni fanlarni óqitish jarayonida qólash uchun avvalo mavzuga tegishli tayanch tushunchalarni aniqlash zarur. Agar bitta mavzudan tayanch tushunchalar soni kam bólsa, ikki yoki uchta mavzuni uumumlashtirgan holda ishlanmalar tayyorla mumkin. Endi ushbu usulni qóllashga doir kasb-hunar maktablarida óqitiladigan “informatika” fanining mavzulari misolida kórib ótamiz. Masalan, “Kompyuter grafikasi” bobi bóyicha mavzularni óqitishdan oldin óquvchilarning umumtalim maktablarida kompyuterni qanday darajada ózlashtirganliklarini aniqlash uchun power point programmasida ishlatiladigan buyruq va operatorlar bóyicha “Blits-sórov” usulini qóllash mumkin. Buning natijasida Óquvchilarning Paskal dasturlash tili buyruq va operatorlari qanchalik darajada ózlashtirganliklarini aniqlash imkoniga ega bólinadi va ushbu bobga oid mavzularda innnovatsion usullardan qaysi birini qólllash orqali dars jarayonini tashkil etishni rejalashtiradi.
Xulosa
Informatikadan óquv mashǵulotlarini tashkil etishda kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash va multimedia vositalaridan foydalanilsa tálim oluvchilarda kompyuter bilan muomala madaniyati tezda shakllanib, kompyuterni mustaqil boshqara olish, ózining mutaxassislik sohalariga qóllashni órganishi bilan birga, fanga oid ilim, kónikma va malakalari yanada yuqori bólishi táminlanadi. Axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tóǵri tashkil qilish yuqori natijaga olib keladi va talabalar uchun ham bugungi kun texnologiyasidan foydalanib dars ótish qiziqarli va tushunarli bóladi. Axborot texnologiyasi vositalari bilan jixozlangan xonada bir vaqtning ózida ekran vositalari va tovushni eshittirish vositalaridan foydalangan holda óqitish jarayoni tashkil etilsa, shubxasiz, talabalar axborotni qiziqish bilan qabul qiladilar va uning kóp qismini eslab qoladilar. Darslarni interfaol usulda, multimedia vositalaridan foydalanib tashkil etish, darsda óquvchilar faolligini táminlash va oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi. Talabalarning informatikadan iqtidorini rivojlantirishni táminlovchi pedagogik shart-sharoitlarni aniqlandi.
Pedagogik shart-sharoitlarga oid ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni kórsatadiki, umumiy va maxsus iqtidorni rivojlantiruvchi shart-sharoitlar quyidagilardan iborat: qulay psixologik muhit va individuallashtirilgan muloqotlar yordamida óta muhim va zarur munosabatlar turkumini aniqlash; tálim mazmunini axborot texnologiyalari asosida boyitish; jamoaviy ijodkorlikka tayanish; talabaga individual yondashish asosida ular shaxsning rivojlanishini faollashtirish; tálimni texnologiyalashtirish: ijodiy masalalardan foydalanish asosida rivojlantiruvchi innovatsion tálim texnologiyalarini joriy etish; iqtidorli talabalarni óqitishda tadqiqotchilik, muammoli va evristik metodlarning ustuvorligi; maxsus metodlardan foydalanish asosida óquvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish; ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishini tashxislash va korrektsiyalash. Talabalarda informatikani óqitish jarayonida kompyuter grafik obektlari bilan nazariy-metodologik va texnologik bloklarni qamrab oluvchi rivojlantiruvchi tálimiy modelni amalga oshirishdan iborat.
ADABIYOTLAR RÓYXATI
1. Ózbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari
1. Ш.М.Мирзиёев “Демократик ислоҳотларни изчил давом эттириш, халқимиз учун тинч ва осойишта, муносиб ҳаёт даражасини яратиш - барқарор тараққиёт кафолатидир”. 2016 й. 20 октябрь.
2. Abduqodirov A.A., Pardayev A. Pedagogik texnologiyalarga oid atamalarning izohli lug'ati. - T. Fan va texnologiya. 2012. - 44 b.
3. Abduqodirov A.A., Pardayev A. Pedagogik texnologiyalashtirish nazariyasi va metodologiyasi. T. Fan va texnologiya. 2012. -104 b
4. Abduqodirov A.A., Otaboyeva F.T. Ijodiy tasavvur va uni rivojlantirishning intelektual qurollari. - Namangan. 2014. -172 b
5. Abduraximov D.B., Kasb-hunar maktablarida informatika fani turlari aloqadorligiga óqitish metodikasi. Ped. Fanl. Nomz. dis avtoreferati. - Toshkent: TDPU, 2007.- 24 b
6. Aripov M., Muhammadiyev J. Informatika, informatsion texnologiyalar Oliy óquv yurtlari uchun darslik. -Toshkent: TDYul. 2004, - 275 b
7. Aripov M.M., va b. Informatika, axborot texnologiyalari. Óquv qóllanma, 1,2-qism. Toshkent, «Universitet», 2002.-230 b.
8. Aripov M.M., va b. Informatika ,informatsion texnlogiyalar, Óquv qóllanma, 1-qism , -Toshkent, : «TDTU», 2002, -430 b.
9. Aripov M.M., va b. Informatika, informatsion texnologiyalar, Óquv qóllanma 2- qism, -Toshkent ,: «TDTU», 2003, -430 b.
10. G'ulomov S.S., va boshq. Axborot tizmlari va texnologiyalari: Oliy óquv yurtlari talabalari uchun darslik. -Toshkent: Sharq, 200-192 b.
11. G'ulomov S.S., va boshq. Iqtisodiy informatika: Oliy óquv yurtlarining iqtisodiyot mutaxasisliklari uchun darslik. T.: Ózbekiston, 1999,-528 b.
12. Isoqov I., Toshtemirov.D.E., Tálim tizimida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish usullari. Oliy tálimning maxsus sirtqi bólimida óquv jarayonini takomillashtirish: Respublika ilmiy anjumani materiallari tóplami. 23-24-may 2008.
|
| |