Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayoni. Reja




Download 18.86 Kb.
bet4/5
Sana10.04.2017
Hajmi18.86 Kb.
#3927
1   2   3   4   5
Qarag’anda (aholisi 614ming kishi)-Markaziy Qozog’istondagi yirik sanoat markazi hisoblanadi. Aholisining soni jihatidan respublikada Olma-ota shahridan keyingi ikkinchi shahar hisoblanadi. Shaharga 1931-yilda asos solingan. 1939- yilga kelib shahar aholisi 161 ming kishiga yetdi. Shaharda aholining ko’payishi urushdan keyingi yillarda ham kuzatildi.

Qarag’anda shahrining asosiy ixtisoslashgan soxasi ko’mir qazib olish hisoblanadi. Shu sababli shahardagi boshqa sanoat tarmoqlari ushbu sohaga xizmat qilishga asoslanadi. Shahardagi ko’mir boyitish fabrikalari ko’mirni har xil qo’shilmalardan tozalaydi. Mashinasozlik zavodlari paxta etishtirish uchun kerakli asbob-uskunalar, kombayinlar ishlab chiqaradi. Shahardagi elektrostansiyalar ko’mir qoldiqlari asosida shaharni elekrtenergiya bilan ta’minlaydi. Shahardagi yengil sanoat ham asosan shahar iqtosodiga xizmat qiladi. Jumladan, tikuvchilik fabrikalari shaxtyorlar uchun kiyim-kechak tikadi. Qurilish korxonalari shahar aholisini sanoat korxonalarini uy-joy va binolar bilan ta’minlaydi. Ushbu sanoat korxonalari qurilish materiallari-beton konstruksiyalari, non pishirish zavodlari va konditer fabrikalari hisoblanadi.

Qarag’anda-Markaziy Qozog’istondagi yirik tranzit hisoblanadi. Bu yerdan o’tgan temir yo’llar shaharni nafaqat Jezg’azqan, Balxash shaharlari bilan bog’labgina qolmasdan balki Ural, G’arbiy Sibir, Janubiy Qozog’iston va O’rta Osiyo respublikalari bilan bog’laydi. Shahar-respublika va viloyat ahamiyatidagi avtabil yo’llari bilan bog’langan.

Qarag’anda Markaziy Qozog’istondagi yirik madaniyat va ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Bu yerda universitet, politexnika, tibbiyot, kooperativ va pedagogika institutlari mavjud.

Shaharda sanoatning rivojlanishi natijasida shahar atrofida yo’ldosh shaharlar tarkib topgan. Shunday yo’ldosh shaharlarga Saran, Shaxtinskiye, Abay shaharlari, Shaxan, Topar kabi shahar tipidagi manzilgohlar misol bo’ladi. Ushbu yo’ldosh shaharlarda ko’mir, kimyo, qurilish materiallari sanoat korxonalari bilan birgalikda yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari mavjud.



Download 18.86 Kb.
1   2   3   4   5




Download 18.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayoni. Reja

Download 18.86 Kb.