• Darsning tarkibiy qismi Dars taqsimoti Daqiqa
  • Jami: 45 daqiqa
  • O’g’il qizga birdek o’rgating hunar, toki shu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go’zal bo’lsin”. Sinf o’quvchilari 2 guruhga bo’linadi. 1-guruh “Tikuvchilar”
  • TEXNOLOGIYA — HUNARMANDLIKDIR T-exnologiya fani orgatar hunar, E-lda bir gap bor: hunardan unar. X-ursand bolar xalq xizmatlaridan
  • G-ozal buyumlarni bir pasda yasar. I-mkon tugilganda organgin hunar, Y-omon odam bilgin, hunarsiz bolar, A-nglangki, hunar ila bezakli bashar.
  • III.O’tgan mavzuni mustahkamlash va uyga v azifani tekshirish. “savol-javob”
  • IV. Yangi mavzu bayoni.
  • Qurbanova Dildoraning




    Download 2,74 Mb.
    bet10/17
    Sana11.06.2024
    Hajmi2,74 Mb.
    #262387
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    Bog'liq
    4-mezon AMALIY FANLAR yonalishi

    Darsning jihozi: Qalam, chizg’ich, qaychi, igna, ip, to’g’nag’ich, gazlama, qog’oz.


    Darsning texnalogik xaritasi





    Darsning tarkibiy qismi

    Dars taqsimoti

    Daqiqa

    1

    Tashkiliy qism

    -Salomlashish,
    -navbatchi axboroti,
    -siyosiy daqiqa

    5 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    Chizib kelingan yangi madellar eskizini ko’rib baholash.

    5 daqiqa

    3

    Yangi mavzu tushuntirish tushuntirish jarayoni

    Milliy liboslar haqida ma’lumot. Milliy liboslarda ko’ylak turlari mavzusini o’quvchilarga slayd yordamida tushuntirib berish

    20 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun guruhlar klasster metodidan foydalanishadi.

    10 daqiqa

    5

    O’quvchilarni baholash

    O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish

    5 daqiqa

    6

    Uyga vazifa berish

    Uyga vazifa: “Ijodkorlikka taklif etamiz”




    Jami:




    45 daqiqa

    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism. a) salomlashish
    b) davomatni aniqlash
    O’qituvchi tomonidan darsning shiori aytib o’tiladi.
    O’g’il qizga birdek o’rgating hunar, toki shu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go’zal bo’lsin”.
    Sinf o’quvchilari 2 guruhga bo’linadi.
    1-guruh “Tikuvchilar”
    2-guruh “Hunarmandlar”
    Guruhlar o’z shiorlarini aytadilar.
    II.Ma’naviyat daqiqasi: a) fevral oyidagi muhim sanalarni
    aytish.
    b) siyosiy yangilik aytish
    2024-yil yilga qanday nom berilgan?
    Yil nomini rus tili va ingiliz tilida nomlanishini aytiladi.
    O’quvchilar fan haqida ma’lumot beriladi.
    -Texnologiya so’zi-yunoncha so’zdan olingan bo’lib, mahorat san’at, logos-fan ta’limot degan ma’noni bildiradi.
    Texnologiya –so’ziga she’r aytiladi.
    TEXNOLOGIYA — HUNARMANDLIKDIR
    T-exnologiya fani o'rgatar hunar,
    E-lda bir gap bor: hunardan unar.
    X-ursand bo'lar xalq xizmatlaridan,
    N-asibasin terar hunar orqasidan.
    O-damga bezak har qanday hunar,
    L-afzi halol hunarmandni el qadrlar.
    O-lamda ko'p hunarli insonlar yashar,
    G-o'zal buyumlarni bir pasda yasar.
    I-mkon tug'ilganda o'rgangin hunar,
    Y-omon odam bilgin, hunarsiz bo'lar,
    A-nglangki, hunar ila bezakli bashar.


    -Fanlararo bog’lanish: matematika, ingliz tili, chizmachilik, tasviriy san’at, fizika, biologiya, geografiya, iqtisod, tarix, milliy g’oya kabi.
    -Tikuvchilik ish qurollariga she’riy tarzda javob beriladi
    III.O’tgan mavzuni mustahkamlash va uyga
    v azifani tekshirish. “savol-javob” metodi savollar.
    1.Dizayn so’zi-nima ma’noni anglatadi?
    2.Dizaynerlik kasbi-qanday kasb hisoblanadi ?
    3.Dizayner modeler nima bilan shug’ullanadi ?
    4. Dizayner modeler o’zida qanday sifatlarni mujassam etgan bo’lishi kerak?
    5.Tikuv mashinasi necha turga bo’linadi?
    6.Tikuv mashinasi nuqsonlariga nimalar kiradi?
    IV. Yangi mavzu bayoni. Milliy liboslar haqida ma’lumot. Milliy liboslarda ko’ylak turlari
    Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan slayd orqali tushuntililadi.
    O‘zbеk milliy ko‘ylaklar o‘zining sipoligi, ko‘rkamligi qulayligi va hammabopligi bilan ajralib turadi. Milliy ko‘ylaklar zamonaviy modaga muvofiq tarzda rivojlanib bormoqda. Etagi yaxlit, yuqori qismi kokеtkali ko‘ylak milliylik ramzi bo‘lgani uchungina emas, balki, asosan iqlim
    xususiyatlariga, tеvarak-atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to‘g‘ri kеladigan ratsional shakllar, bichimlar bir nеcha asrlardan bеri saralanib kеlgani uchun saqlanib qoldi.

    Аyollar ko‘ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o‘lkamiz tabiatiga monand tushgan bo‘lib, shaklining erkinligi va bеmalol tushib turishi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos kеladi, chunki bunda kiyim tagi qatlamida havoning tabiiy vеntilyatsiyasi mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga o‘zbеkcha milliy ko‘ylaklarning badanga bеvosita tеgib turadigan qismi –kokеtkaning astari (toqisi) odatda ip gazlamalardan tikiladi, bu esa ko‘ylakni sun’iy gazlamalardan ham tikish imkoniyatini bеradi.


    Kokеtkalarning uzunligi va shakli (oval, to‘g‘ri to‘rtburchak, burchakli, murakkab), ko‘ylak uzunligi va shakli (to‘g‘ri to‘rtburchak va trapеtsiyasimon), shakl hosil qilish usullari (burmalar, taxlamalar, plissе, gofre, qiya bichiq, klyosh, qiyiq bo‘laklar), yеng uzunligi, shakli va bichimi (o‘tqazma, rеglan, yaxlit bichilgan) o‘zgarib bormoqda. Yoqa turlari (inglizcha klassik, sholsimon, tik, qaytarma, yaxlit bichilgan va hokazo) va yoqa o‘mizining shakllari nihoyatda ko‘p xilma-xil.

    Ko‘ylakning bo‘yi, ya’ni kokеtkadan pastki qismi to‘g‘ri enlardan tikilishi sababli gazlamaning gullari ko‘ylakda butunligicha saqlanadi va ko‘ylak chiroyli chiqadi. Ko‘krak burmali to‘g‘ri ko‘ylak to‘la xotin-qizlarga ham, ozg‘in va nozik gavdali xotin-qizlarga ham yarashadi. Ishlatiladigan
    dеkorativ bеzak turlari ham turli-tuman: kashta, qo‘yma burma, kant va boshqalar (39-rasm).
    Хonatlasdan tikilgan liboslarning ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, undagi rapportning kattaligi, rasmlarning aniq-ravshanligi va qat’iyligi bu kiyimni ko‘p bo‘laklardan tikishga imkon bеrmaydi, uning shakli aniq, to‘g‘ri to‘rtburchakka yaqin bo‘lishi kеrak.

    39-rasm. Zamonaviy o‘zbеkcha ko‘ylak modеllari.
    Milliy ko‘ylaklarda kashta, qo‘yma burma, kant, mag‘iz, bisеr va boshqa ko‘pgina bеzak turlaridan foydalaniladi. Ishlatiladigan matеriallari turi, naqshlar yеchimi moda yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi, lеkin an’anaviy xonatlas
    har doim bir xilda kеng ishlatiladi. Хonatlas ko‘ylaklarni bichishda uning rasmi to‘g‘ri tushishiga e’tibor bеrilishi kеrak.

    Hozirgi paytda ayollarning milliy o‘zbеkcha ko‘ylagida ma’lum o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Ko‘ylak gavda qismining silueti, hajmi va uzunligi qisqarmoqda.
    Kokеtka, yoqa, yеnglarning katta-kichikligi va shakliga ko‘pgina omillar, shu jumladan, moda ta’sir etmoqda. Hozirgi o‘zbеkcha ko‘ylakda turli bеzaklar, qo‘yma burmalar, aylana burmalar, plissе va h.k. ishlatiladi.



    Download 2,74 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 2,74 Mb.