• MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish




    Download 376.95 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana25.06.2022
    Hajmi376.95 Kb.
    #24392
    1   2   3   4
    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 1 | ISSUE 9 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
    606 
    w
    www.oriens.uz
    October 
    2021
     
    (tabiiy tosh materiallari, beton, qorishma, sopol, yog‘och, polimerbeton, plastmassa 
    va h.k.) va maxsus (issiqlik va tovush izolyatsiyasi, gidroizolyatsiya, bezak, 
    korroziyaga chidamli, olovga bardoshli, radiatsiyadan ximoyalovchi, biologik 
    muhitga chidamli va h.k.) turlarga bo‘linadi. qurilish materiallari xossalarini raqamlar 
    bilan baholash maqsadida Respublika standarti (RSt), Tarmoq standarti (TSt), 
    Korxona standarti (KSt), Davlatlararo standart (DSt) lar joriy etilgan. qurilish 
    materiallari standartlari Davlat standarti qo‘mitasi bilan O‘zR Davlat arxitekt qurilish 
    tomonidan tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar;
    texnik talablar;
    buyum turlari va o‘lchamlari;
    qabul qilish qoidalari;
    tamg‘alash, o‘rash va tashish qoidalari va h.k.
    MUHOKAMA VA NATIJALAR 
    Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda 
    tashkil topganini bildiradi. Giltuproq, oxaktosh, gips toshi va h.k. larning mineral 
    tarkibi ulardan olingan keramik materiallar xavoiy va mineral bog‘lovchilarning 
    mustahkamligini va turli muhitlarga chidamliligini belgilaydi. Materiallarning 
    fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo‘lib, ularni muayyan shaklda 
    ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil 
    bo‘lgan kovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan iborat 
    bo‘lishi mumkin. Masalan, material kovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning 
    buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq kovaklardagi havo materialga issiq-sovuq dan, 
    tovushdan izolyatsiyalovchi xususiyat beradi. Material strukturasini uch darajada 
    tushunish zarur molekulyar-ion, mikrostruktura va makrostruktura. Molekulyar-ion 
    darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy 
    moddalardan xosil bo‘lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o‘rganish 
    differensial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infra qizil spektroskopik 
    va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi. Zamonaviy qurilishni metall 
    materiallarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Metallar bino va inshootlarning konstruktiv 
    qismlarida-poydevor, devor, tom, karkas va sh.k. kuchaytirishda, yuk ko‘taradigan 
    konstruksiyalar, temirbeton tayyorlashda, qoplama materiallar, binolarni ichki va 
    tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Metallar boshqa materiallarga nisbatan yuqori 
    mustaxkamligi, plastikligi, termik va kimyoviy ishlov berish imkoniyati bilan ajralib 
    turadi. Metallar yuqori plastiklik, yetarli bo‘lmagan mustaщkamlik va qattiqlikka ega 
    bo‘lmagani uchun toza xolda ishlatilmaydi. Metallar asosan boshqa metallar va 
    nometallar bilan qotishma xolda ishlatiladi. Metallar qora va rangli metallarga 



    Download 376.95 Kb.
    1   2   3   4




    Download 376.95 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

    Download 376.95 Kb.
    Pdf ko'rish