Qurilish materiallari va konstruksiyalari




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/69
Sana19.12.2023
Hajmi3,47 Mb.
#124269
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

 Qorishma nasoslari 
Qorishmani qavatlarga yoki ish o‘rinlariga etkazib berishda, shuningdek, uni 
turli yuzalarga chaplashda qorishma nasoslari, qorishma haydagichlar va turli 
qorishma o‘tkazgichlar (po‘lat yoki rezina) qo‘llaniladi. Qorishma nasoslarining 
ko‘p konstruksiyalari mavjud, biroq diafragmali qorishma nasoslari eng ko‘p 
tarqalgan.
SO-69, SO-49, SO-48, SO-10, SO-58 markalardagi qorishma nasoslarini 
ishlab chiqarmoqda, ularning ish unumi 1, 2, 4 va 6 m
3
/soat. Agar dastlabki to‘rtta 
qorishma nasosi bir plunjerli bo‘lsa, oxirgisi ikki plunjerlidir.
Qorishmani qanchalik uzoqqa etkazib berish qorishma nasosining quvvatiga 
bog‘liq.
Ish unumi 4 m
3
/soat gacha bo‘lgan qorishma nasoslaridan qorishma 
yuzalarga chaplashda foydalaniladi, biroq qorishmani uzatishda ham ulardan 
foydalanish mumkin. Juda kuchli qorishma nasoslari ko‘pincha qorishmani bino 
qavatlarida joylashgan oraliq bunkerlarga uzatishda, shuningdek, bir yo‘la bitta, 


66 
ikkita va undan ortiq forsunkani qo‘llagan holda qorishmani yuzalarga chaplashda 
ishlatiladi.
 
10-rasm. SO-49 markali qorishma nasosi (sxema): 
1-qorishma tushirish moslamasi, 2-havo qalpoqchasi, 3-qorishma o‘tkazish 
trubasi, 4-haydash klapani, 5-suv tushirish jo‘mragi, 6-suv tushirish moslamasi, 7-
elektr dvigatel, 8-tishli uzatma, 9-krivoship-shatun mexanizmi, 10-plunjer, 11-suv 
nasosining silindri, 12-rezinadan yasalgan silindrik diafragma, 13-ish kamerasi, 
14-so‘rish klapani, 15-so‘rish patrubogi, 16-qorishma bunkeri. 
SO-49 markali qorishma nasosi yassi diafragmali bir bosqichli plunjerli 
nasosdan iborat, bu nasos bir o‘qli aravachaga montaj qilingan (10-rasm). 
Qorishma nasosining 5-15 sekundda ishlaydigan pnevmoelektr relesi va manometr 
uchun himoya qurilmasi bor. Pnevmoelektr relesi masofadan boshqarish agar 
sistemada bosim yo‘l qo‘yilgan chegaradan chiqib ketgan hollarda nasos 
elektrodvigatelini o‘sha zahoti uzib qo‘yish uchun xizmat qiladi. Qorishma 
trubasiga qorishma tiqilib qolgandagina emas shuningdek forsunka yonidagi 
jo‘mrak to‘silib qolganda ham qorishma nasosi ishlamay qo‘yadi. 


67 

Download 3,47 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish