69
ishlatish mumkin. Qatlam qalinligi – 5 mm gacha;fraksiya o‘lchami – 0.1 mm dan
ko‘p emas.
1 m
2
ga materiallar sarfi:
- Gipskarton listlar chokini berkitishda
0.25 kg;
- 1 mm qalinlikdagi qatlamni butunlay shpaklevkalashda
0.8 kg;
KNAUF – Fugen gidro shpaklevkasi namlikka chidamli pazogrebli plitalar
montajida, hamda sanitar-texnik xonalar yuzasiga ishlov berishda ishlatiladi.
11-rasm. Quruq shpaklevka aralashmalari: a- KNAUF –UNIFlot; b-
KNAUF-Fugen; v-KNAUF-Fugen GV;
Gipstolasimon listlarining choklariga ishlov berish uchun mahsus KNAUF –
Fugen GV (4.1v-rasm) shpaklevkasi ishlab chiqariladi, u cho‘zilgandachidamlidir.
Uni devorlarning tekis yuzasiga gips tolasimon listlarni yopishtirish uchun va
gipstolasimon listli yig‘ma pol asosidagi elementlar
orasidagi choklarni
shpaklevkalash uchun ishlatish mumkin. “Fugen” shpaklevka aralashmalari 5,10
va 25 kg li qoplarda etkazib beriladi. Saqlash muddati – 6 oy.
KNAUF – NR Finish va KNAUF – Multi –finish shpaklevkalari (6.3-rasm)
beton, ko‘pik va gazbeton, gipsli, ohak-sementli va sementli shtukaturkalarni,
gipsokarton va gipsatolasimon listlarni yupka shpaklevkalash
uchun hamda beton
konstruktsiyalar choki va darzlarini to‘ldirish uchun avvaldan surkalgan asosga
(KNAUF uniflot yoki KNAUF-Fugen) yupqa yakuniy (so‘nggi) qatlam surkash
uchun mo‘ljallangan.
70
Gipsli unversal KNAUF-multi finish
M RET RITMO POWER-COAT
shtukaturka mashinasi yordamida mashinada shpaklevkalash uchun mo‘ljallangan,
yarokliligi 40-60 daqiqa.
12-rasm. Gipsli asosga ega KNAUF finish shpaklevkalari.
KNAUF-NR finish va KNAUF-multi – finish shpaklevkalari juda yukori
plastiklikka ega bo‘lgani uchun, 1mm li qatlam qalinligida 1kv.m ga sarf 1kg ni
tashkil qiladi. SHpaklevkalar yaxshi mliorovkalanadi va tez quriydi.
KNAUF-Multi finish shpaklevkalari oilasiga sement asosli shpaklevkalar
ham kiradi (4.3-rasm). U beton ohak-sementli va sement
shtukaturkalarni yupqa
shpaklevkalash uchun, hamda yig‘ma beton konstruksiyalar choki va darzi,
teshiklarini yopish uchun mo‘ljallangan. 1 mm qatlam qalinligida 1 kv.m ga sarf
1.2 kg.
13-rasm. Sement asosli KNAUF finish shpaklevkalari.
AKVAPANEL semenetli plitalar uchun shpaklevka qorishmalari
AKVAPANEL shpaklevka kul rangli (6.4-rasm) –
bu sement asosli
shpaklevka aralashmasi, sement plitalar orasini armir lentani qo‘llab, choklarini
yopish uchun AKVAPANEL ichki osma shuftlar yoki
plitali konstruksiyalar
choklari yopish uchun AKVAPANEL tashqi mo‘ljallangan. Sepma zichligi-
1200kg m
3
, sarfi-0,7kg/m
2
ga yaqin.