63
sm bo‘lganda 1 metr kvadrat keladigan yuzaga 0, 5 kg 3 sm bo‘lganda 0, 75 kg va
4 sm bo‘lganda 1 kg serzit ketadi.
Suyuq shisha qo‘shib tayyorlangan sement qorishmalar juda tez qorilgandan
keyin 2-5 minut o‘tkach qotadi. SHuning uchun bu qorishma oz-ozdan
tayyorlanadi. Qorishmaning qotish muddati suyuq
shisha va suv miqdoriga
bog‘liq. Ishlatish uchun sement qorishmasi tayyorlanib keyin unga suyuq shisha
quyuladi.
Suvash odatdagi usulda bajariladi. Qorishmani
sement pushka bilan
chaplanganda ancha sifatli suvoq hosil qilinadi.
Issiqlik o‘tkazmaydigan suvoq sement-ohak-qum-asbozuritdan 1:1:2:5
nisbatda olingan tez quriydigan qorishma tayyorlanadi.
Rentgen nurlaridan himoyalaydigan suvoqdan rentgen kabinetlarini
pardozlashda foydalaniladi. Qorishma tayyorlash
uchun portlandsement,
shlakportlansement bog‘lovchi bo‘lib xizmat qiladi. Qorishma 1:4 (sement-barit)
yoki 1:1 sement-ohak tarkibli qilib tayyorlanadi.
Suvoqning qalinligi 30 mm gacha etkaziladi.
Kislotaga chidamli suvoq bilan ximiya zavodlari sexlarining yuzalar
pardozlanadi. Bu suvoq qorishmasi kislotaga chidamli kvars qumi va suyuq shisha
qo‘shib tayyorlanadi. Kislotaga chidamli suvoq qorishmasi qorilgandan keyin 30
minut o‘tgach qota boshlaydi. Uzog‘i bilan 6 soatda butunlay qotadi.
Bu tarkiblarni yuzalar bilan odatdagi usullar bilan suvaladi.
Qorishma iliq va quruq muhitda qotishi kerak.