56
Qorishmani turli asboblar bilan surkash va tekislash usullari
Qorishmani yuzaga yupqa va qalin qilib surkash mumkin.
Quyuq
qorishmani surkashda asbobni qattiq bosish kerak,
aks holda suvoq qatlami
qorishmani chaplagandagiga qaraganda nozikroq va juda ko‘p ichki bo‘shliqlari
bo‘ladi. SHuning uchun ma’lum quyuqlikdagi qorishma ishlatish kerak.
Qorishmani sokol, kurakcha, andava va xokandozlar bilan surkaladi.
Qorishmani
sokol bilan surkash. Devor va shiftlarga qorishma chaplashning eng ko‘p tarkalgan
usuli sokol bilan surkashdir. Faqat qorasuvoq va pardozsuvoq qatlamlarigina
surkaladi, sepma qatlam chaplanadi. Qorishmani surkashda o‘ng qo‘lga kurakcha,
chap qo‘lga qorishma solingan sokol olinadi. Sokol
suvaladigan yuzaga nisbatan
quyidagicha yaqinlashtiriladi; uning bir tomoni yuzadan 50-100 mm berida,
ikkinchi tomoni esa chaplanadigan suvoq qalinligicha berida tutiladi. Qorishmani
etarlicha bosish uchun sokolni yuzaga kurakchaning
uchi bilan bosiladi,
kurakchaning uchi bunda shponkaga tiraladi. Sokol surila borishi bilan qorishma
yuzaga surkala boradi, sokolning ko‘tarilgan tomoni esa borgan sari yuzaga bosila
boradi. Kurakcha bilan
sokolni bir tekis bosish kerak, shunda tekis yuza hosil
bo‘ladi. YUzaga qorishma surkashda sokol pastdan Yuqoriga qaratib suriladi.
Qorishmani kurakcha bilan surkash.
Qorishma kurakchalar bilan asosan, to‘r tutilgan yuzalarga surkaladi. Sokol,
cho‘mich yoki
sokolga qorishma solinib, keyin uni suvaladigan yuzaga kurakcha
bilan surkaladi. Qorishma yo vertikal yo‘nalishda, yo gorizontal yo‘nalishda
surkaladi.