59
Suvoq ishlarining ko‘lami,
binoning balandligi, shuningdek ishlarning
bajarilish usuliga qarab bitta yoki bir nechta qorishma nasosi ishlatilishi mumkin.
Agar yuza gipsli qorishma bilan suvalsa, qo‘shimcha
qorishma qorgich
o‘rnatiladi, unga qorishma qavatlararo bunkerdan keladi va gips hamda tutib
qolishni sekinlashtirgich bilan aralashtiriladi. Bu qorishma keyin qorishma
nasosiga o‘tkaziladi.
Kompressorlar pastga qorishma uzeli yoniga va
qorishma nasoslari turgan
qavatlarga o‘rnatiladi, bu asosan ishlatiladigan kompressorlarning xiliga, quvvatiga
va og‘irligiga bog‘liq (3.7-rasm).
YAngi binolarni qurishda va ta’mirlash ishlarini bajarishda qorishma qorish
qurilmalari va agregatlaridan foydalaniladi. Qurilma komplektiga qorishma nasosi
yoki kompressori va qorishma qorgichi bo‘lgan qorishma xaydagichlar, shlanglar
va forsunkalar to‘plami kiradi. Agar qorishma nasosi komplektga kirgan bo‘lsa, u
ko‘pincha
kompressorga ehtiyoj sezmaydi, chunki qorishma kompressorsiz
forsunka yordamida chaplanadi.
7-rasm. Qorishmaning qavatlarga uzatilish qirqimi:
1-pnevmatik forsunka, 2-material shlangi, 3-qavatlararo bunker, 4-
qorishma nasosi, 5-rotatsion kompressor, 6-havo shlangi, 7-qorishma nasosi
bunkeriga ulangan shlang, 8-qorishma nasosiga keltiruvchi shlang.
60
Qurilmalar, agregatlarning unumi ular tarkibiga kirgan mashinalarga bog‘liq.
Birinchi holda ba’zi ishlar (masalan, yuk ko‘targichga materiallarni ortish) qo‘lda
bajarilsa, boshqa holda barcha jarayonlar mexanizmlar yordamida bajariladi. Bir
kishi pultdan boshqara oladigan qurilmalar ham bor, ba’zan shu maqsad uchun bir
nechta kishining bo‘lishi zarur.
Ba’zi qorishma nasoslarining ko‘pgina noqulay tomonlari bor. Ular uchun
shlanglar,
forsunkalar, bunker va hokazolar talab etiladi. Tashib keltirilgan
qorishma ko‘pincha quyulib qoladi va qo‘lda suzib tindirishni talab qiladi. SHu
sababli sanoat korxonalari qorishma nasoslarini komplektlashda, ya’ni bunker,
tebranma g‘alvir, shlanglar, forsunkalar va hokazolar bilan birgalikda ishlab
chiqara boshladi.
Engil metalldan iborat og‘ma tubli yonlama bunker qorishmaning suruvchi
shlangga o‘z-o‘zidan borishini ta’minlaydi. Tebranma g‘alvir
bunker tepasiga,
bunkerga tushadigan qorishma suziladigan, u quyulmagan bir jinsli bo‘lib
qoladigan qilib mahkamlanadi, bu esa qorishma nasosining
muttasil ishlashini
ta’minlaydi. Qorishmadagi ba’zi yirik qum donalari g‘alvir ichida qoladi.