• Sepma qatlam.
  • Pardozsuvoq.
  • Suvoqning bajarilish aniqligi




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/69
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,47 Mb.
    #124269
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
    Bog'liq
    4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

     Suvoqning bajarilish aniqligi 
    Xuddi shu normalar bilan suvoq qatlamining qalinligi belgilangan: oddiy 
    suvoqda 12 mm gacha, sifatli suvoqda 15 mm gacha va Yuqori sifatli suvoqda 20 
    mm gacha. Tekis beton va g‘isht yuzalarda suvoqning qalinligi 10 mm gacha 
    borishi mumkin. Poxol-plita, qamish-plita va fibrolit yuzalarda suvoq qalinligi 20 
    mm dan oshib ketmasligi kerak. YOg‘och yuzalarda suvoq qatlami qalinligini 20 
    mm qilib olish yoki ostki rezgi taxta sathidan 25 mm dan kam qilmasdan olish 
    ma’qul, chunki qoqilgan rezgi taxtalar tob tashlaganda yupqaroq suvoq qatlamlari 
    yorilib ketadi, rezgi taxtaning o‘zi esa suvoq yuzida iz qoldirib, bilinib turadi.
    Suvoqning bajarilish aniqligi 2 m uzunlikdagi reja cho‘p (reyka) bilan 
    tekshiriladi. Reja cho‘pning qirralari yaxshi saqlanishi uchun uning ikki tomoniga 
    polosa po‘lat qoqish va frezerlash zarur. Reja cho‘pni ushlash qulay bo‘lishi uchun 
    unda qo‘l kirib turadigan parron teshiklar o‘yiladi.
    Suvoq yuzaga mustahkam yopishib turishi, qatlamlanib ko‘chmasligi lozim; 
    yuza yaxshilab ishqalangan bo‘lishi, ko‘rinib turadigan nuqsonlari bo‘lmasligi 
    kerak.
    Oddiy suvoq ikki qatlamdan – sepma qatlam va qorasuvoq qatlamidan 
    iborat.
    Sifatli va yuqori sifatli suvoq alohida chaplanadigan uch qatlamdan–sepma 
    qatlam, qorasuvoq qatlami va pardoz suvoq qatlamdan iborat bo‘ladi. Bu har qaysi 
    suvoq qatlamining o‘z vazifasi bor.
    Sepma qatlam. Suvoqning birinchi qatlami. Bu qatlamning qalinligi qo‘lda 
    chaplanganda 3-5 mm bo‘ladi. Qorishma agar nasoslar bilan chaplansa, yog‘och 
    yuzalarda 9 mm dan, tosh, beton, g‘isht yuzalarda esa 5 mm dan oshmasligi kerak. 
    Sepma qatlam uchun suyuq qorishma tayyorlanadi. Qo‘l bilan chaplanadigan 
    qorishmaning quyuqlik darajasi standart konusning shu qorishmada 8-12 sm 
    cho‘kishiga mos kelishi zarur. Sepma qatlam chaplashdan oldin kun issiq 
    vaqtlarida yuzaga suv sepib, ho‘llash kerak.
    Sepma qatlam qorishmasi yuzaning bo‘shliq va g‘adir-budirliklariga oqib 
    kirib, yuzaga mahkam yopishadi va o‘zidan keyingi qatlamlar - qorasuvoq va 


    55 
    pardoz suvoqning og‘irligini ko‘tarib turadi. Qorishma qanchalik yaxshi 
    tayyorlanib, sepma qorishmasi qanchalik to‘g‘ri chaplangan bo‘lsa, u hamma 
    g‘adir-budirliklarga shuncha zich kirib, yuzaga shunchalik puxta yopishadi va 
    suvoq shunchalik mustahkam yopishib turadi.
    Qorasuvoq. Suvoqning ikkinchi qatlami. Qorasuvoq qorishmasi sepma 
    qorishmasidan bir oz quyuqroq tayyorlanadi. Suyuq qorishmaning yoyiluvchanligi 
    chaplash paytida standart konusning quyidagicha cho‘kishiga mos kelishi kerak: 
    gipssiz qorasuvoq uchun 7-9 sm atrofida, gips bilan 8-10 sm. Qorasuvoq 
    suvoqning asosiy qatlami hisoblanadi. U kerakli suvoq qatlamini hosil qiladi va 
    yuzani tekislaydi.
    Agar suvoq qalinroq qilinadigan bo‘lsa qorasuvoqni bir necha qatlam qilib 
    chaplanadi. Har qaysi qatlamning qalinligi ohakli va ohak-gipsli qorishmada 7 mm 
    dan sementli qorishma bo‘lganda 5 mm dan oshmasligi kerak.
    Pardozsuvoq. Suvoqning uchinchi qatlami. Uning qalinligi 2 mm bo‘lishi 
    kerak. Pardozsuvoq qorishmasi ko‘zlarining o‘lchami 1, 5

    1, 5 mm bo‘lgan 
    elakdan o‘tkazilgan mayda qumdan tayyorlanadi. Pardozsuvoq qorishmasining 
    quyuqligi standart konusning 10-12 sm chegarasida cho‘kishiga mos kelishi kerak. 
    Pardozsuvoq qo‘l bilan yoki mashina yordamida qorasuvoq ustiga chaplanadi. 
    Pardozsuvoq yuzada yupqa, yumshoq parda hosil qiladi, u osongina ishqalanadi va 
    silliqlanadi.

    Download 3,47 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish