• Pardozlash ishlariga oid umumiy ma’lumotlar
  • -Mavzu: Qurilishda pardozlash ishlari va bo‘yoqchilik ishlarida pigment va




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/69
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,47 Mb.
    #124269
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
    Bog'liq
    4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

    6-Mavzu: Qurilishda pardozlash ishlari va bo‘yoqchilik ishlarida pigment va 
    to‘ldiruvchilar. 
    Reja: 
    1. Binoning tashqi va ichki pardozi sifatiga qo‘yiladigan talablar. 
    2. Uzoq muddatga chidaydigan pishiq parda hosil qiladigan yangi, tejamli, 
    samarali pardozlash materiallari.


    46 
    3. Bo‘yoqchilik ishlarida pigment va to‘ldirgichlar, gruntovkalar, 
    shpaklyovkalar, bog‘lovchi moddalar, bo‘yoq tarkibi, loklar, eritgichlar va turli 
    yordamchi materiallar. 
    4. Qurilish ishlari va sifatiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar. Pardozlash 
    ishlari.
     Pardozlash ishlariga oid umumiy ma’lumotlar 
    O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi 18 yil mobaynida 
    mamlakatimizda boshqa sohalar qatori qurilishda ham juda katta yutuqlarga 
    erishildi.
    Ko‘plab hashamatli binolar, sport saroylari, yopiq bozorlar, zamonaviy 
    ko‘cha va maydonlar, hiyobonlar va bog‘lar, turar joy binolari, kollejlar, litseylar 
    va boshqa qurilgan imoratlar qurilish va me’morchilik sohasidagi ishlarning keng 
    ko‘lamidan dalolat berib turibdi.
    Bugungi kunda me’morchilik ijtimoiy-iqtisodiy, estetik, demografik va ko‘p 
    asrlik tarixiy madaniyat an’analarining birligini tiklamoqda.
    Ma’lumki, yangi turar joy va sanoat rayonlari va majmualarining qurilishi 
    bilan bir qatorda bugungi kunda mavjud fondni modernizatsiyalash va qayta qurish 
    masalalari muhim ahamiyatga egadir.
    SHaharlar imoratlarini yangilash va qayta qurishning muhimligi shundaki,
    XX asrning ikkinchi yarmida shahar qurilishi shaharlarning chetki rayonlaridagi 
    bo‘sh erlarida yoppasiga ekstensiv rivojlanish xarakteriga ega edi.
    Natijada qurilish narxi oshdi, ekspluatatsion chiqimlar qimmatlashdi, 
    unumdor erlar kamayib ketdi. Bu usul arxitektura-shaharsozlikda salbiy ijtimoiy-
    iqtisodiy yo‘qotishlarga, transportda yurishda ko‘p vaqt yo‘qotilishiga, odamlar 
    orasidagi aloqalarning susayishiga, markaziy rayonlar funksiyasining pasayishiga 
    va hakazolarga olib keldi. So‘nggi yillarda shahar imoratlarini qayta qurishda eski 
    imoratlarni buzishning, tarixiy binolarni asrab qolishning yangi konsepsiyalari 
    ishlab chiqildi.
    Biz shaharlardagi juda ko‘p turar joy hududlarini qayta qurishimiz kerak, bu 
    esa muammolar echimiga yondashish prinsiplarini qayta ko‘rib chiqishni talab 


    47 
    etadi, shu jarayon mobaynida binolarning loyihaviy va me’moriy kompozitsion 
    echimlari yangilanishi kerak.
    Industrial qurilish usullarining yangi qurilish va konstruktiv sxemalari, 
    qurilish texnikasining intensiv rivojlanishida kuzatiladi.
    Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan keyingi 
    yillarda konstruktiv va badiiy-tasviriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ko‘p miqdorda yangi 
    materiallar paydo bo‘ldi.
    Qurilish ishlarining umumiy hajmida pardozlash eng sermehnat ish bo‘lib, 
    jami mehnat sarfining 20-25 % ini, shu jumladan bo‘yoqchilik va gulqog‘oz 
    yopishtirish ishlari 10% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Mazkur ishlarning 
    sermehnatliligini kamaytirish qurilishni industrlashtirish imkoniyatini beradi. 
    Industrlashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda zavodda to‘liq 
    tayyorlangan yig‘ma konstruksiyalar (devorbop va pardevorbop buyumlar, 
    qavtlararo yopma plitalar, zina marshlari) dan foydalaniladi. YAngi turdagi 
    pardozlash materiallaridan–gipskarton, qoplama plastiklardan foydalanilganda ham 
    mehnat sarfi ancha kamayadi.
    Qurilish hajmini tobora ko‘paytirish bilan birga, jami qurilish ishlari, shu 
    jumladan bo‘yoqchilik ishlari sifatini yaxshilash muhim vazifalardan hisoblanadi. 
    Bo‘yoqchilik ishlari binolar va inshootlarning chidamliligini oshirish, ularning 
    tashqi ko‘rinishini ko‘rkam qilish, xonalarda me’yoriy sanitariya-gigiena 
    sharoitlari yaratish maqsadida konstruksiyalar sirtini bo‘yashdan iborat. 
    Devorlarga gulqog‘oz yopishtirsh ham bo‘yoqchilik ishlari jumlasiga kiradi, bu 
    ishlarni odatda bo‘yoqchilar bajaradi. Barcha turdagi bo‘yoqchilik ishlari 
    xavfsizlik texnikasi qoidalari va yong‘inning oldini olish tadbirlariga qat’iy rioya 
    qilgan holda bajariladi.
    Binolarning chidamliligiga, me’morlik nuqtai nazaridan ko‘rkamliligiga, 
    tashqi va ichki pardozning sifatiga qo‘yiladigan talablar yildan-yilga oshib 
    bormoqda. Uzoq muddatga chidaydigan pishiq parda hosil qiladigan yangi, tejamli, 
    samarali pardozlash materiallari, chunonchi, yangi sintetik aliflar, lok va bo‘yoqlar, 
    xususan suv-emulsiyali va kremniy organik bo‘yoqlar ana shu talablarni qondiradi. 


    48 
    Bu materiallardan foydalanilganda binolarni pardozlashga ketadigan vaqt qisqaradi 
    hamda bo‘yoqchilik ishlarining sifati oshadi. Bo‘yoqchilik ishlarida pigment va 
    to‘ldirgichlar, gruntovkalar, shpaklyovkalar, bog‘lovchi moddalar, bo‘yoqchi 
    tarkiblar, loklar, eritgichlar va turli yordamchi materiallardan foydalaniladi.
    Qurilish ishlari ko‘lamining kengligi va bu ishlar sifatiga nisbatan 
    qo‘yilayotgan Yuqori talablar bo‘yoqchilik va devorlarga gulqog‘oz yopishtirish 
    ishlarining hozirgacha qo‘llanib kelinayotgan usullari hamda vositalarini tubdan 
    o‘zgartirib yubordi. Pardozlash ishlarining hamma asosiy operatsiyalari 
    mexanizatsiyalashtirildi.
    Bino qurish ma’lum tartibda bajariladigan kompleks ishlardan iborat. 
    Dastavval er ishlari bajarilib, poydevor va sokol qismi qurilib, orayopma
    yotqizilib, binoning er osti qismi tiklanadi-nolinchi sikl. Ayni bir vaqtda er osti 
    kommunikatsiyalari: sovuq va issiq suv quvurlari, isitish, kanalizatsiya, gaz 
    quvurlari, telefon kabeli, elektr kabeli va h. k. yotqiziladi. Nolinchi siklni bajarib 
    bo‘lib, binoning er usti qismini tiklashga kirishiladi; devorlar tiklanadi, qavatlararo 
    va chordoq yopma yotqiziladi, zina, pardevorlar, tom quriladi, lift o‘rnatiladi va 
    boshqalar. Qurilish quyidagi tartibda olib boriladi: har qaysi qavatda avval 
    devorlar zinalar bilan birga tiklanadi, so‘ngra qavat ustidagi ora yopma yotqiziladi. 
    Sinch konstruksiyali binolarda avval sinch montaj qilinib, so‘ngra devorlar 
    o‘rnatiladi.
    Tom yopish binolarning er usti qismini qurishning yakunlovchi bosqichidir. 
    Ish jarayonida isitish, shamollatish, sanitariya-texnika uskunalarini montaj qilish, 
    elektr simlari, deraza va eshik bloklarini o‘rnatish ishlari ham qo‘shib olib boriladi. 
    Panellarga deraza bloklar zavodda o‘rnatiladi. Devorlar g‘isht, yirik blok yoki 
    quyma betondan qurilganda deraza va eshik bloklari yo har bir qavatni qurib 
    bo‘lgandan keyin, yo bo‘lmasa binoni qurib bo‘lgandan keyin o‘rnatiladi.
    Bino sirtini pardozlashda suvoq, marmar, granit, keramika, manzarali g‘isht, 
    manzarali rasmlar, shisha va boshqalar ishlatiladi. Ichini (intererni) pardozlashda 
    ekstererda ishlatiladigan materiallar bilan bir qatorda, gulqog‘oz, linoleum, plitka, 
    parket, duradgorlik materiallari ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda devor va 


    49 
    pollarni pardozlash uchun alohida plita, list, polotno ko‘rinishidagi turli sintetik 
    materiallar (plastmassalar) keng ishlatilmoqda. Masalan, taxta va parket pollar 
    o‘rniga linoleum, plastikat plitkalar keng ishlatimoqda, ularning o‘lchami 
    parketnikidan 3-5 marta, parket maydaroq bo‘lganda esa 20 marta katta. Bu 
    narsalarning hammasi mehnat unumini oshiradi, qurilish harajatini kamaytiradi. 
    Odatdagi oddiy gulqog‘ozlar o‘rniga yuviladigan gulqog‘ozlar ishlatiladigan 
    bo‘ldi, ular pokiza va qulay, chunki yuvilganda rangi va pishiqligi o‘zgarmaydi.
    Pardozlash materiallari juda xilma-xil va turlari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, 
    suvoq ishlari, ayniqsa, g‘ishtin binolar uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
    Suvoq-binoga pardoz berishning eng ko‘p tarqalgan turi. YUzaga chaplangan 
    suvoq qorishmasi qotgach, qattiq qatlam–suvoq hosil qiladi. Suvoq binoning 
    issig‘ini saqlash, ovoz izolyasiyasini yaxshilash, binoni to‘la yoki qisman 
    yonmaydigan qilish va uning yog‘och qismlarini chirishdan saqlash uchun zarur. 
    Suvalgan xonalarni saranjom-sarishta saqlash osonlashadi, chunki bu xonalarni 
    oqlash yoki gulqog‘oz yopishtirish mumkin.
    Isitish asboblari va ochiq quvurlarni montaj qilishdan oldin, g‘isht 
    devorlarda bu asboblar uchun qoldirilgan o‘yiq joylar suvaladi.
    Ichki suvoq va boshqa pardozlash ishlari ko‘p qavatli binolarda Yuqori qavatlardan 
    boshlab bajarilishi kerak, lekin ishlarni tezlashtirish maqsadida ularni tom 
    yopilguniga qadar binoning pastki qavatlaridan boshlab bajarilishiga ruxsat etiladi, 
    lekin bunda pardozlanayotgan xonalarning ustida kamida ikkita qavatning 
    orayopmasi montaj qilingan bo‘lishi shart.
    YOg‘ochdan yo‘nib qurilgan uylar to‘la cho‘kkanidan keyin, kamida bir 
    yildan keyin suvaladi. Standart detallardan qurilgan va bikr asosga o‘rnatilgan 
    sinchli hamda shchitli yog‘och uylarni bino yig‘ib bo‘linib, tomi yopilganidan 
    keyin suvashga ruxsat beriladi.
    Gips qoplamalar bilan qoplashga ho‘l suvoq qilingan davrdagidek ruxsat 
    beriladi, lekin bunda havoning namligi ish sharoitida 60% dan oshib ketmasligi 
    shart.


    50 
    Yuzalarni keramik plitalar bilan koshinlash suvash bilan birga yoki bir oz 
    keyinroq bajariladi.
    Ichki pardozlash ishlari, shu jumladan suvoq, toza pol yotqizishdan oldin 
    bajarilishi lozim, lekin ulardan oldin pardevorlar, deraza va eshik kesakilari, devor 
    ichiga quriladigan mebel o‘rnatilgan bo‘lishi, ichki suv o‘tkazgich quvurlar, 
    kanalizatsiya va isitish sistemalari montaj qilingan va zarur bo‘lsa, yashirin elektr 
    simlari uchun trubkalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
    Agar yuzalar quruq suvoq qoplamalari bilan koshinlanadigan bo‘lsa, 
    Yuqoridagi ishlardan tashqari, parket va linoleum yotqiziladigan asosni tayyorlash 
    ishlari tugallangan bo‘lishi, shuningdek isitish asboblari va boshqa asboblar 
    turadigan 
    ayrim 
    joylar 
    suvalgan 
    bo‘lishi 
    lozim. 
    Koshinlanadigan
    konstruksiyalarda qilinadigan kanal hamda teshiklar va ularga turli qurilmalar 
    oldindan o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
    Suvoqdan so‘ng, uni quritgach linoleum yoki parket yotqiziladigan pol 
    asosini tayyorlashga kirishiladi. Bunda avval asos qorishma, loy hamda changdan 
    tozalanadi, so‘ng boshqa nuqsonlar bartaraf qilinadi va pol asosi gruntovkalanadi 
    (3-rasm). Ovoz o‘tkazmasligini yaxshilash uchun polga yog‘och tolali plitalar ikki 
    qavat qilib elimlanadi. Elimlash gruntovkalangan polga bitum mastikalar bilan 
    bajariladi.
    3-rasm. Pol asosini gruntovkalash. 
    Bir sutkadan keyin parket yoki linoleum yotqizishga kirishiladi. Agar 
    linoleum issiq asosga yotqiziladigan bo‘lsa, gruntovka qilinmaydi.


    51 
    To‘g‘ri bajarilgan suvoq uzoq muddat turishdan (yuz yillab turishi mumkin) 
    tashqari, binolarning ham uzoq muddat hizmat qilishini ta’minlaydi va ularning 
    sirtiga chiroyli tus beradi. Suvoqlar odatdagi va manzarali bo‘ladi.
    4-rasm.Suvoq turlari. 
    Odatdagi suvoq: ohak-qum va sement - qum, ohak-sement-qum 
    qorishmalari, loy, gips va boshqa qorishmalar bilan bajariladi. Bajarilish aniqligi 
    va silliq pardozlanishi yoki sifatiga qarab odatdagi suvoq uch turga bo‘linadi: 
    oddiy suvoq (sokol bilan suvaladi), yaxshi sifatli suvoq (reja cho‘p bilan suvaladi) 
    va Yuqori sifatli suvoq (nishonlar bilan suvaladi).

    Download 3,47 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Qurilishda pardozlash ishlari va bo‘yoqchilik ishlarida pigment va

    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish