Tez qotuvchan portlandsementlar (alit va C
3
A tarkibida normallashadi):
• tez qotuvchan portlandsement-PSB (alit >50 %,C
3
A=8-10%);
• juda tez qotuvchan – PQ OB[alit >55 % (65,5 gacha), C
3
A>10 %];
Bu portlandsement turlarining maydalik darajasi, an’anaviy sementlarga
qaraganda (3500-4000 sm
2
/ g-2800-3500 sm
2
/g o‘rniga) Yuqoriroqdir. Bu
sementlarni yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Yuqori mustahkamlik portlandsementlar – PS SS (alit mavjudligi >60%;
C
3
A= 8-10 %; AMD
, maydalik darajasi Yuqori)
36
Sulfatga chidamli portlandsement (PS SS) vashlakli portlandsement
(SHPS SS)
Germaniya (4 mln m
3
ga yaqin), Fransiya, Italiya, Gretsiya, Ispaniya, Isroil,
Xitoy (xar biri 1 mln m
3
ga yaqin) va Rossiya
Suv bilan yaxshi namlanuvchi bunday ko‘pirtirilgan yoki “ishirilgan” qum
400% gacha suvni (massa bo‘yicha) yutishi va ushlab turishi mumkin.
Engil inert, o‘tda yonmas, toksik bo‘lmagan materiallar ishirilagan perlit
qumi va shag‘al qurilishda keng ishlatiladi.
Perlit ishirilgan qumdan tayyorlangan shtukaturka qorishmalari devor
yuzasining alohida manzarali bezagi bilan birga, Yuqori tovush yutish xususiyati
hisobiga ichki xonalar qulayligini oshiradi va konstruksiyalarning yong‘inga
chidamliligini ko‘paytiradi.
Perlit shtukaturka qorishmalari - turar – uy joy, jamoat va ishlab chiqarish
xonalari, erto‘lalarning g‘isht, beton, temir – beton, keramzit betondan bajarilgan
to‘siq konstruksiyalar devor to‘siq va chegaralarning issiqlik – texnik, tovush,
izolyasiyasi va akustik xususiyatlarini yaxshilashga ishlatiladi. Qorishmalar tabiiy
sharoitda qotadi.
30 mm qalinlikdagi perlit shtukaturka qatlami issiqlik uzatishi qarshiligi
bo‘yicha 15 sm qalinlikdagi g‘isht devorga ekvivalent. SHtukaturkaning tovush
yutish g‘ishtnikidan 1,5 baravar ko‘p. Perlit shtukaturka bilan himoyalangan
konstruksiyalarining yong‘inga chidamliligi oddiy shtukaturkali konstruksiyadan 2
baravar ko‘p.
Vermikulit – bu tabiiy material bo‘lib, kuydirish jarayonida hajmi 10 – 15
baravar oshadigan va oshadigan ajoyib xususiyatga ega gidroslyudalar guruhiga
mansub. Bu mineral bronza – sariq, tilla rangda uchraydi, aniq kimyoviy tarkibga
va faqat o‘ziga xos kristal tuzilmaga ega. U flogopit va betonning
vermikulitizatsiya natijasida yuzaga keladi. Kristallar o‘lchami bir necha o‘n
santimetrdan mikrongacha tebranadi.
Zichligi tarkibiga ko‘ra 2,3 dan 2.6 g/sm
3
gacha uchraydi. Vermikulit
formulasi – Mg
0?5
(MgFe)
3
(SiAl)
4
O
10
(OH)
2
4H
2
O. Verlikulitning kimyoviy tirkibi
37
o‘zgarishi mumkin, bu asosan boshlang‘ich slyuda xarakteri va gidrotatsiya
jarayonining geokimyoviy sharoiti bilan aniqlanadi.
Vermikulit kam sepiluvchi zichlik bilan xarakterlanadi (80 – 200 kg/m
3
).
Standartga ko‘ra, u 100, 150 va 200 markalarga ega. Standartga ko‘ra, pishirilgan
vermikulik uchta fraksiyaga bo‘linadi: yirik (5 – 10 mm), o‘rta (0,5 – 5 mm) va
mayda (≤0,5mm).
Vermikulitdan tayyorlangan yonmas, biochidamli, oqsil va kislotalar
ta’siriga neytral, vaqt bo‘yicha barqaror chidamlilik, deformatsion va issiqlik –
texnik xarakteristikalarga ega. Bu esa vermikulitli materialni konstruksiya sifatida
ham, issiqlik va tovush izolyasiyasi uchun ham ishlatish samaradorligini
ko‘rsatadi.
Vermikulit shtukaturkalar devorlarni ichki va tashqi bezagi uchun ishlatiladi,
hamda issiqlik himoyasidan tashqari, tovush yutuvchi, yong‘inga qarshi va
manzarali fuknsiyalarni bajarish mumkin.
Oddiy shtukaturka qorishmasiga vermikulitdan ozgina qo‘shish ham, uni
elastikligini oshirib, quritgandan so‘ng, darzlar hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Keramzit qum – zarralarining o‘lchami 0,1 – 5 mm bo‘lgan to‘ldiruvchi.
Keramzit bu ajoyib keramik g‘ovaksimon shag‘al, u quyidagi xususiyatlarga
ega: engillik va Yuqori chidamlilik; issiqlik va tovush izolyasiyasi; yong‘inga
chidamlilik; namga va sovuqqa chidamlilik; ishqorga chidamlilik, kimyoviy
inertlik; uzoq muddatlilik va boshqa xarakteristikalar.
Qurilishda issiqlikni saqlovchi materiallar sifatida keramzitdan ratsional
foydalanish 75% ga issiqlik yo‘qotishni qisqartiradi.
Keramzitning muhim xususiyati materialning ekologik tozaligini alohida
uqtirish zarur. Chunki, keramzit tarkibi – bu faqat tuproqdir. SHunday qilib,
keramzit – absolyut xavfsiz tabiiy material, keramika kabi.
Quruq
qurilish
qorishmalari
tarkibiga
engil
to‘ldiruvchi sifatida
ko‘pikpolistirol granulalar ham qo‘shiladi. ayniqsa, bu to‘ldiruvchi
shtukaturkalarning sement tarkibida samaralidir, masalan KNAUF – Grondband,
va KNAUF – Ubo engil styajkalari.
38
Ko‘pikpolistirol shariklari maxsus qayta ishlangan, suvda Yuqoriga qalqib
chiqmaydi, qorishma hajmi bo‘yicha bir tekis taqsimlanadi, bir jinsli massa hosil
qiladi. Sement qo‘shilganda ham, ko‘pikpolistirol zichligi qorishma hajmi bo‘yicha
bir xil bo‘ladi. Yuqorida qayt etilgan sementlar ko‘pikpolistirolning Yuqori
tarkibiga ko‘ra, juda yaxshi issiqlik saqlovchi xususiyatga egadir.
Bunday material juda qulaydir va quyma qalinligi, hamda boshqa
parametrlarni boshqarishga imkon beradi. Asosiy funksiyasi – issiqlik
izolyasiyasidan tashqari, ko‘pik polistirol granulalari muhim vazifalarni, ya’ni
tovush izolyasiyasini ham bajaradi. Quruq to‘ldiruvchi (ko‘pikpolistirol) juda
engil, shunga ko‘ra, uning transportirovkasi oddiy, u nam va ixtiyoriy kimyoviy va
biologik reagentlar ta’siriga chidamli.
To‘ldiruvchilar deb, kukunsimon materiallarga aytiladi, ularning zarralari
bog‘lovchi moddalar zarari bilan bir o‘lchamda. To‘ldiruvchilar noorganik va
organik; tabiiy va sun’iy; kimyoviy tarkibi bo‘yicha oddiy va murakkab bo‘ladi.
To‘ldiruvchi zararlari plastiksimon, tolasimon ham bo‘lishi mumkin. Zarralar
o‘lchami odatda 10 dan 100 mkm gacha va 1 – 2 mm dan oshmaydi.
To‘ldiruvchi funksiyalari:
-
Komponentlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasdan qorishmadagi
g‘ovaklarni to‘ldiradi.
-
G‘ovakli asosan suritiluvchi qurilish qorishmalarida ishlatilganda
bog‘lovchi moddaning suv ushlab turish xususiyatini oshiradi; masalan g‘ishtli
devor yoki shtukaturka
-
Qorishmaning ayrim maxsus xususiyatlarini yaxshilash masalan
yong‘inga chidamliligini oshirish emirilishni kamaytirishi va x. k.
-
Qimmatbaho
bog‘lovchi
o‘rniga
qisman
mahalliy
arzon
to‘ldiruvchidan foydalanish hisobiga, sifatni zaruriy darajadagi saqlagan holda
material tannarxini pasaytirish.
Turli materiallarda qo‘llash uchun to‘ldiruvchilarga kiradi. Ohakli, dolomitli
va boshqa tabiiy kukunlar, juda maydalangan mineral vulqonsimon tog‘ jinslari,
39
keramik siniqlar, shamol, shlak va boshqa sanoat chiqindilari kukuni, ishlab –
chiqarishning asbest chiqindilari, zola – unos va boshqalar. Zaruriy
to‘ldiruvchining tanlagi va uning miqdorini aniqlash uchun laboratoriya
o‘tkaziladi.
Quruq qurilish aralashmalarning darz ketmasligini oshirish maqsadidagi
yutuqli yo‘nalish – bu ular tarkibiga to‘ldiruvchilar sifatida natural yoki sintetik
tolalarni qo‘shishidir.
Quruq qurilish aralashmalarini tolalar bilan mustahkamlash maqsadini
quyidagicha tushuntirish mumkin:
-
Cho‘zilish va bukilishda chidamlilikni oshirish;
-
Urilishga chidamliligini oshirish;
-
Fraksion tarkib kamchiliklari kompensatsiyasi;
-
Qurilish qorishmasini qotganda yuzaga keluvchi cho‘kishni
kamaytirish;
-
Dars ketishga chidamlilikni oshirish (sement toshidagi kuchlanishlarni
relaksiyasi hisobiga, kristal hosil bo‘lishi jarayonida ham, ekspluatatsiya ham);
-
Sement toshining deformatsion xususiyatini oshirish.
Tolalarini mustahkamlovchi ta’siri quyidagicha tushuntiriladi.
Qorishmaning plastik qimsiga nisbatan chidamliroq bo‘lgan tolalar
yuklanishning asosiy qismini o‘ziga olib, darzlar hosil bo‘lishni o‘ziga olib, darzlar
hosil bo‘lishni to‘xtatadi.
Quruq qurilish qorishmalarini dispers armirlash samaradorligi –
armirlanayotgan materialning funksional vazifasiga ko‘ra, tola turi to‘g‘ri
tanlashda, hammada tolaning mineral matritsa bilan mos tushishi, armirlash foizi,
ishlab chiqarish usullari va ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra aniqlanadi,
polipropilen tola sement materiallarda ishlatiladi. Turli funksional vazifaga ega.
Quruq qurilish qorishmalarida propilen tolani qo‘llash darz hosil bo‘linish
kamaytirish,
cho‘kmani kamaytirish, suv o‘tkazuvchanlikni yaxshilash,
qorishmalarning qavatlanishni kamaytirish, tayyor materiallarning chidamlilik
ko‘rsatkichni oshirishga imkon berdi.
40
Polipropilen tolalar nisbatan past zichligi bilan farq qiladi, bu qorishma
tayyorlashda ayrim qavatlanishga olib keladi, hamda etarli bo‘lmagan sovuqqa
chidamlilik (-15°C ga yaqin) ega.
Poliakrilnitril tolalar yuqori chidamli konstruksion materiallar olish uchun
ishlatiladi – bular ta’mir tarkiblari, sanoat pollari, o‘rnatilgan issiqlik izolyasiyasi
tizimlari shtukaturkasi.
Poliakril tolalar kompozitsiyalar qattiqligi va elastikliligini o‘sha tola kabi
oshiradi, poliefir va sellyuloza tolalar esa qattiqlik va elastiklik kam miqdorda
oshiradi.
Kompozitsiyalarning
Yuqori
temperaturalarda
(40°C)
uzluksiz
deformatsiyaga chidamliligi borasida poliakril tolalar shishatola, poliester va
sellyulozadan Yuqori uradi. Lekin, shpatlevkani shlifovkalash jarayonini faqat
sellyuloza tolalar engillashi mumkin.
Sellyuloza tolalar. Tolalardan foydalanishning asosiy muammosi bu qurilish
qorishmasining yumshoqligi va texnologikligiga sezilarli ta’siridir, shuningdek
ularni quruq qurilish qorishmalari tarkibiga qo‘shishning murakkabligidir.
Uzunligi 500 mkm gacha bo‘lgan qisqa va o‘rtacha sellyuloza tolalar ixtiyoriy
turdagi qorishtirgichlarda etarli darajada oson aralashadi. Uzun tolalarni (500 mkm
dan
uzun)
Yuqori
tezlikda
aralashtiruvchi
aralashtiruvchilarda
va
deaglomeratorlarda aralashtirish tavsiya qilinadi.
Sellyuloza tolalar suvda erimaydi va panjarasimon molekulyar hosil bo‘lishi
bilan uch o‘lchamli asos yaratadi, bu tarkibning bir tekis bog‘lanishiga yordam
beradi. Bu xususiyatlarga ko‘ra, sellyuloza tolalar asbest o‘rnini bosishi mumkin.
Quruq qurilish qorishmalarida sellyuloza tolalarni ishlatish avvalo yakuniy
mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini optimallash va yaxshilashga imkon beradi,
bunda qorishmali aralashmalarning tuzilmadagi sellyuloza qo‘shimcha kamchiligi
hisobiga reologik xarakteristikalari yaxshilanadi. Qorishmalarining bir jinsligi va
suv ushlash xususiyati yaxshilanadi. Bundan tashqari, sellyuloza tolalar yaqqol
ko‘zga tashlanuvchi gidrofil xususiyatga ega.
|