35
Gidrofillashtiruvchi
turdagi
YUFM
ni
qo‘shganda plastiklangan
portlandsement (PS PL) olinadi. Uni ketma ket
muzlatilib eritiluvchi yoki
namlanib quruvchi ta’sirga yuzma yuz keladigan konstruksiyalarda qo‘llash
tavsiya etiladi. Plastiklangan portlandsementli beton va qorishmalar g‘ovakligi
kamroq va suv kirishi qiyinroqligi bilan ajralib turadi, shuning uchun ham ularning
chidamliligi Yuqori.
Gidrofoblashtiruvchi turdagi YUFM yuzani suv bilan ho‘llanilishini
kamaytiradi (sement 5 daqiqada suvni shimib olmasligi uchun), natijada:
•sementning gigroskopikligi (havodan namlanish) kamayadi (faollikni
yo‘qotmasdan turib saqlash muddati oshadi).
•sementning
suv talabchanligi kamayadi, lekin YUFM gidrofillashtiruvchi
qo‘llangandagiga qaraganda kam miqdorda;
•sementtoshining muzlashga chidamliligi oshadi
Qo‘shimchalar turlari: asidol, milonaft,
olein kislotasi, sintetik yog‘
kislotalari, kremniy organik birikmalar.
Gidrofoblashtiruvchi YUFM kiritilganda gidrofobli portlandsement (PSGF)
olinadi. Gidrofobli portlandsement an’anaviy
markada chiqariladi, ko‘proq 400
markada. Vaqt o‘tgan sari gidrofobli sement faollikni deyarli yo‘qotmaydi,
shuning uchun, ayniqsa uzoq saqlash va tashishda asqotadi.
Undan Yuqori
mustahkamlikka ega konstruksiyalarni tayyorlashda foydalaniladi.
III guruh. Normal mineralogik tarkibli portlandsement
klinkeri asosidagi
sementlar.