Qurilish materiallari va konstruksiyalari




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/69
Sana19.12.2023
Hajmi3,47 Mb.
#124269
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Portlandsement. Portlandsement - tarkibida ohaktosh va tuproq bo‘lgan 
aniq tarkibli sun’iy bir xil xom ashyo aralashmasini bir tekis kuydirish natijasida 
olingan o‘ta maydalangan klinkerning mahsulidir. Klinkerning maydalash 
jarayonida 3,5% gacha miqdorda gips toshi qo‘shiladi. Portlandsement klinkerini 
olishuchun xom ashyo aralashmalari tarkibi ko‘p miqdorda karbonat kalsiy (toza 
ohaktosh, mel, ohakli tuflar, mergelli ohaktoshlar va boshqalar) mavjud bo‘lgan 
jinslar va loy tuproq xom ashyosiga qarashli jinslar (og‘ir tuproq, mergelli tuproq, 
tuproqli slanets va boshqalar) dan tayyorlanadi. 
Xom ashyo qorishmasini tayyorlash xarakteriga ko‘ra portlandsement ishlab 
chiqarishning quruq usullari mavjud. Bu usulning har biri o‘z xususiyati, afzalligi 
va kamchiligiga ega. Mamlakatimizdagi sement zavodlarida nam usul ko‘proq 
ishlatiladi, ammo ko‘pgina zavodlar iqtisodiy jihatdan afzal bo‘lgan quruq va 
aralash usullariga moslashtirilmoqda. 
Ho‘l usulda xom ashyo qorishmasini ko‘p miqdordagi suv ishtirokida quruq 
modda massasining 36 – 42 % gacha sharsimon tegirmonlarda maydalanadi va 
shlam deb nomlanuvchi suyuqlik massa olinadi. 
Shlam – basseyndan massa quritish uchun aylanma pechga yo‘naltiriladi. Bu 
usulda transportirovka va xom ashyoni tashash engillashsa ham lekin quruq usulga 
ko‘ra yonilg‘i sarfi 1,5 – 2 baravar ko‘pdir. 
Quruq usulda boshlang‘ich materiallarning quruq kukun qorishmasi (xom – 
ashyo uni) tayyorlanadi, uni aylanma pechda kuydiriladi. 
Ishlab chiqarishning aralash usulida, kuydirish uchun xom ashyo qorishmasi 
granula ko‘rinishida tayyorlanadi. Aralash usul, ho‘l usulga qaraganda, yonilg‘ini 
20 – 30% gacha iqtisod qiladi. 


31 
Kuydirish uchun uzunligi 150 dan 230 m gacha bo‘lgan (ho‘l usulda), 
diametri 5 – 7 m va kaltaroq 60 dan 95 m gacha bo‘lgan (quruq usulda) aylanma 
pechlar ishlatiladi. 
Pechda quydirish jarayonida material avvalo quritiladi va to‘planadi, 
so‘ngra 200 dan 700°C gacha bo‘lgan temperaturada organik qo‘shilmalar yonadi, 
kimyoviy suv yo‘qoladi, temperatura 1100°C gacha ko‘tarilganda kimyoviy 
reaksiyalar yuzaga keladi, natijada portlandsement klinkerning asosiy minerallari 
hosil bo‘ladi % 

uch kalsiyli silakat (alit) 
3CaOxSiO
2
(C
2
S) – 40 – 65% 

ikki kalsiyli silikat (belit) 
2CaOx SiO
2
(C
2
S) – 15 – 40% 

uch kalsiyli alyuminat 
3 CaOxAl
2
O
2
(C
3
A) – 3 – 15% 
- to‘rt kalsiyli alyumoferrit 
4CaOx Al
2
O
3
xFe
2
O
3
(C
4
AF) – 10 – 20% 
Shunday qilib, portlandsement klinkerning asosiy minerallari kalsiyli 
silikatlardir, alit va belit miqdori yig‘indisi 75 – 80 % ga etadi. 
Temperaturaning taxminan 1300°C ga etishida barcha reaksiyalar asosan 
tugaydi, ammo ohakning bir qismi mustaqil holatda qoladi. Temperaturaning 
yanada oshishida (1300 - 1450°C) da xom ashyo materiallarining qisman erishi – 
kuyishi yuzaga keladi. 
Aylanma pechdan klinker yashil – ko‘k rang mayda granulalar (10 – 40 mm) 
ko‘rinishida chiqadi, so‘ngra uni 100 – 200°C gacha havoda sovitib, yanada 
sovitish va uchun ombor yoki silosda saqlash uchun joylashtiriladi. 
Portlandsement klinkerdan portlandsement olish uchun uni tabiiy gips va 
boshqa qo‘shimchalar bilan birgalikda maydalash zarur. 
SHunday qilib, klinker – bu kuydirilgan mahsulot, sement esa - 
maydalangan. 


32 
Gips (ikkisuvlikalsiy sulfati CaSo
4
x2N
0
O) sementga qotish muddatini 
boshqarish uchun qo‘shiladi (gipssiz maydalangan klinker qotish jarayoni 
tezlashadi). 
Boshqa qo‘shimchalar sementga uning xususiyatlarini o‘zgartirish va 
klinkerni iqtisod qilish uchun qo‘shiladi. Qo‘shimchalar turi va miqdoriga ko‘ra, 
portlansement klinker asosidagi sement nomi ham o‘zgaradi. 
Portlansement xususiyatlari. Maydaligi 008 – sonli elakdan o‘tgan sement 
miqdori bilan aniqlanadi (teshikcha o‘lchami 0,08mm); elaklanayotgan 
namunaning 85% dan ortiq bo‘lgan qismi elakdan o‘tishi kerak. 
Sement donalarining o‘rtacha o‘lchami 15 – 20 mkm, bu 2500 -3000 sm
2
/g 
ga teng bo‘lgan solishtirma yuzaga to‘g‘ri keladi. 
Mineral qo‘shimchalarsiz portlandsementning zichligi 3,1g/sm
3

Qotish muddati sementni suv bilan normal qorishtirilganda boshlanish 45 
daqiqa va oxiri 10 soatdan kech emas. 
Portlandsementning normal quyuqligi odatda 22 dan 28% gacha chegarasida 
bo‘ladi. Faol mineral qo‘shimchali sementning normal quyuqligi 32-35% 
gachao‘sishi mumkun. 
Portlansement va boshqa sementlarning muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri 
bu – faollikdir, bu ko‘rsatkich 1:3 (sement: qum sement qorishmasi va s/s (suv: 
sement nisbati = 0,4 bilan tayyorlangan 4x4x16sm o‘lchamli namuna balkalarni 
yarmiga siqilishda, hamda 28 kun qotishda olingan mustahkamlik chegarasidir. 
Sement markasi deb, uning faolligi o‘lchovining kattaligi, ammo egilishga bo‘lgan 
mustaxkamlik chegarasi hisobga olingan va pastki chegaragacha butunlashgan 
qiymatga aytiladi. Portlandsementning quyidagi markalari mavjud M 400, M 500, 
M 550 va M 600 
Sement turlari. Portlansement klinker asosli sementlar xususiyatini 
o‘zgartirish uchun texnologiyada mumkin; 

klinkerning minerallik tarkibini o‘zgartirish (xom ashyo 
qorishmasining kimyoviy tarkibini o‘zgartirish yo‘li bilan); 

klinkerni maydalash jarayonida turli qo‘shimchalarni kiritish; 


33 

maydaligini oshirish. 
Portlandsement asosidagi sementlarning bir necha guruhlari mavjud. 

Download 3,47 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish