• Silikat betonlar
  • Shlakishqorli betonlar
  • Qurilish materiallari va konstruksiyalari




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/69
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,47 Mb.
    #124269
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
    Bog'liq
    4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

    Sementli betonlar turli sementlardan tayyorlanadi va ularni aksariyati 
    qurilishda keng foydalaniladi. Ular orasida asosiy о‘rinni portlandsementli betonlar 
    va ularning turli xillari egallaydi (umumiy ishlab chiqarishning 65%ga yaqini). 
    Ular turli konstruksiyalarda va foydalanish sharoitlariga qarab qо‘llaniladi. 
    Shlakoportlandsementli (umumiy ishlab chiqarishning 20-25%) va pussolan 
    sementli betonlardan ham muvaffaqiyatli foydlanilmoqda.
    Sementli beton turlariga quyidagilar kiradi: oq va boshqa rangli sementdan 
    tayyorlangan dekorativ betonlar; о‘zi zо‘riquvchan konstruksiyalar uchun 
    kuchlanuvchan sementdan tayyorlangan betonlar; sementning о‘ziga xos giltuproq 
    va kirishmaydigan turlaridan maxsus maqsadlar uchun tayyorlangan betonlar va 
    h.k.
    Silikat betonlar ohak asosida tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlanadigan 
    betonlarni qotirishda avtoklav usulidan foydalaniladi. 
    Gips betonlar, turli navli gipsdan, ichki devorlar, osma shift va pardoz 
    elementlarini tayyorlashda foydalaniladi. Bu betonning turli xillari – gipssement – 


    22 
    pussolanli betonlar suvga о‘ta chidamliligi uchun qо‘llash kо‘lami ancha keng 
    (sanuzellarning hajmli bloklari, kam qavatli uylar konstruksiyalari va boshqalar). 
    Shlakishqorli betonlar endigina qurilishda qо‘llanila boshlandi. Bunday 
    betonlardagi bog‘lovchi о‘rnida maydalangan shlaklarning ishqorli qorishma bilan 
    aralashmasidan foydalaniladi.
    Betonpolimerlar asosi smoladan yoki furfurolatseton misolidagi maxsus 
    qо‘shimchalar yordamida betonda qotadigan monomerlardan tashkil topgan turli 
    polimer bog‘lovchilardan (poliefirli, epoksidli, karbamidli) tayyorlanadi. Bunday 
    betonlar agressiv muhit va о‘ta о‘tkir ta’sirga ega bо‘lgan (ishqalanish, kavitatsiya 
    va b.) sharoitlarda qо‘llash juda о‘rinli. Betonlar aralash bog‘lovchilar, sement va 
    polimer moddalardan ham tayyorlanadi. Bunday betonlarni polimersement deb 
    ataladi. Polimer sifatida suvda eriydigan smola va latekslardan foydalaniladi. 
    Noorganik bog‘lovchilardan tayyorlangan betonlar xususiyatini g‘ovaklar va 
    kapillyarda qotuvchi monomerlarni shimdirish bilan yaxshilash mumkin. Bu 
    tarkibdagi betonlar betonpolimer deb ataladi. 
    Maxsus betonlar alohida bog‘lovchi moddalarni qо‘llash bilan tayyorlanadi. 
    Masalan: ishqor ta’siriga va issiqqa chidamli betonlar uchun kremneftor natriyli 
    suyuq shisha, fosfat bog‘lovchi qо‘llaniladi. Ba’zi bir betonlar uchun betonga 
    maxsus xususiyat beradigan maxsus bog‘lovchi moddadan foydalaniladi. Sanoat 
    chiqindilaridan olinadigan betonlar atrof-muhitni muxofazalash va sement 
    iqtisodida alohida ahamiyatga egadir. Maxsus bog‘lovchi sifatida ularda shisha 
    ishqorli, nefelinli shlaklar va boshqa shu kabilardan foydalaniladi.
    Yig‘ma temir-beton zavodlarida tayyorlangan betonlar turli xil 
    konstruksiyalar uchun qо‘llaniladi. Bevosita konstruksiyani qurilayotgan joyining 
    о‘zida tayyorlanadigan beton – monolit beton deb ataladi (gidrotexnik, yо‘l 
    qurilish va boshqa turdagi qurilishlarda). 
    Betonlar qо‘llanishiga kо‘ra farqlanadi: temir-beton konstruksiyalari uchun 
    oddiy beton (fundament, kolonna, balka, devor, kо‘prik va boshqa turdagi 
    konstruksiyalar); gidrotexnik betonlar suv omborlari, tо‘g‘on, shlyuz, kanal 
    sirtlarini qoplash, suv quvirlari vodoprovod–kanalizatsiya inshootlari va boshqalar; 


    23 
    tо‘suvchi konstruksiyalar (bino devorlari uchun yengil beton); pol, piyodalar 
    yо‘lkasi, avto yо‘l, aerodromda uchish polosalari uchun mо‘ljallangan betonlar; 
    maxsus maqsadda qо‘llaniladigan beton (о‘tga, kislotaga chidamli, radiatsiyadan 
    himoya) va boshqalar. 
    Belgilangan maqsadiga qarab betonlar qо‘yiladigan talablarga javob berishi 
    kerak. Oddiy temir-beton konstruksiyalar uchun mо‘ljallangan betonlar siqilganda 
    kerakli mustahkamlikka ega bо‘lishi kerak. Ochiq havodagi konstruksiyalar uchun 
    esa, mustahkamlikdan tashqari sovuqqa chidamli ham bо‘lishi kerak. Gidrotexnik 
    inshootlar uchun qо‘llaniladigan betonlar Yuqori zichlikka, suv о‘tkazmaydigan, 
    sovuqqa chidamli, yetarli darajada mustahkam, kam kirishadigan, filtrlanadigan 
    suvning ishqorli ta’siriga chidamli bо‘lishi kerak. Isitiladigan binolarni devori 
    uchun ishlatiladigan beton mustahkamlik bilan birga issiq о‘tkazmaslik, pol uchun 
    ishlatiladigan betonlar yedirilmaydigan va egilishda yetarli mustahkamlikka ega 
    bо‘lishi, yо‘l va aerodromga yotqiziladigan betonlar bu xususiyatlardan tashqari 
    sovuqqa chidamli ham bо‘lishi kerak. 
    Maxsus mо‘ljallangan betonlarga esa talab qilingan xizmatdagi vazifasini 
    bajarish sharti qо‘yiladi. Beton va beton qorishmalariga qо‘yiladigan talablar 
    quyidagicha: beton qotgunga qadar oson quyiladigan, transportga qulay 
    ortiladigan, oson qortadigan, qolipga bir tekisda joylashadigan, qatlamlarga ajralib 
    qolmaydigan, qolipdan kо‘chirilishi va konstruksiya yoki inshootda ishlatilishi 
    oson bо‘lishi uchun ma’lum darajada qotish tezligi kerakli muddatda bо‘lishi, 
    sement sarfi va beton narxi iloji boricha kamaytirilishi va boshqalar. 
    Qо‘yilgan talablarning barchasiga javob beradigan betonni olish uchun 
    beton tarkibini tо‘g‘ri loyihalash, beton qorishmasini yoyish va zichlashtirishda 
    tegishli tayyorlov ishlarini tо‘g‘ri olib borish va uning boshlang‘ich qotish davrida 
    tо‘g‘ri tutib turish zarur bо‘ladi. 
    Agar konstruksiya turi va xususiyatiga bog‘liq holda beton turi va xususiyati 
    talab etilsa, beton qorishmaga bо‘ladigan talab tayyorlanadigan konstruksiya 
    sharoitiga, texnologik xususiyatiga (armaturalashning zichligi, qolip shaklining 
    murakkabligi) va qо‘llanadigan jihozlarga qarab aniqlanadi. 


    24 
    Beton va temir-beton va konstruksiyalar tayyorlashning о‘ziga xos 
    xususiyati shundaki, olinadigan materialning sifatini oldindan bilib bо‘lmaydi. 
    Betonga qо‘yilgan talablar asosidagi zaruriy xususiyatlarini konstruksiyani qurish 
    jarayonida namoyon qiladi. Bunda, materialni tо‘g‘ri tanlash, qabul qilingan 
    texnologiya bо‘yicha konstruksiyaning tayyorlanishi uchun beton tarkibi loyihasini 
    tо‘g‘ri tashkil etish, texnologik tartibga rioya qilish, jarayonlar bо‘yicha ishlab 
    chiqarishni nazorat qilish katta ahamiyatga ega. 
    Betonlar sun’iy tosh konglomerat (kо‘p jinsli tabiiy tosh) turqumiga kiradi. 
    Bu turqum kompozitsion materiallar turiga mansub bо‘lganligi sababli turli 
    betonlar uchun tegishli bо‘lgan xususiy qonuniyatlar bilan bir qatorda umumiy 
    qonuniyatlarga ham bо‘ysunadi. Beton soxasida olib borilayotgan zamonaviy 
    texnologik va texnik-iqtisodiy hisoblashlar betonning tarkibi va tuzilishini uning 
    xususiyatlari bilan о‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Bu bog‘liqliklar betonning 
    fizikaviy-kimyoviy tabiatini, aksariyat kо‘proq tajribaviy usulda olingan tabiatini 
    hisobga oladi. Ular albatta ishlab chiqarish sharoitida sinab kо‘riladi va zarurat 
    bо‘lganda aniq hisob ishlari yuritiladi. Beton murakkab material, ma’lum vaqt 
    о‘tishi va ekspluatatsiya jarayonida uning xususiyati sezilarli darajada о‘zgarishi 
    mumkin. Faqat bu materialning xususiyatlari va tuzilishi qoliplashini boshqaruvchi 
    qonuniyatlar tabiatini chuqur о‘rganish uni turli maqsadlardagi qurilish 
    konstruksiyalaridan samarali hamda unumli foydalanishni ta’minlashi mumkin. 

    Download 3,47 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




    Download 3,47 Mb.
    Pdf ko'rish