19
elektr simlari, deraza va eshik bloklarini o‘rnatish ishlari ham qo‘shib olib boriladi.
Panellarga deraza bloklar zavodda o‘rnatiladi. Devorlar g‘isht, yirik blok yoki
quyma betondan qurilganda deraza va eshik bloklari yo har bir qavatni qurib
bo‘lgandan keyin, yo bo‘lmasa binoni qurib bo‘lgandan keyin o‘rnatiladi.
Bino sirtini pardozlashda suvoq, marmar, granit, keramika, manzarali g‘isht,
manzarali rasmlar, shisha va boshqalar ishlatiladi. Ichini (intererni)
pardozlashda
ekstererda ishlatiladigan materiallar bilan bir qatorda, gulqog‘oz, linoleum, plitka,
parket, duradgorlik materiallari ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda devor va
pollarni pardozlash uchun alohida plita, list, polotno ko‘rinishidagi
turli sintetik
materiallar (plastmassalar) keng ishlatmoqda. Masalan, taxta va parket pollar
o‘rniga linoleum, plastikat
plitkalar keng ishlatimoqda, ularning o‘lchami
parketnikidan 3-5 marta, parket maydaroq bo‘lganda esa 20 marta katta. Bu
narsalarning hammasi mehnat unumini oshiradi, qurilish xarajatini kamaytiradi.
Odatdagi oddiy gulqog‘ozlar o‘rniga yuviladigan gulqog‘ozlar ishlatiladigan
bo‘ldi, ular pokiza va qulay, chunki yuvilganda rangi va pishiqligi o‘zgarmaydi.