Beton deb bog‘lovchi moddalar, suv, mayda va yirik




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/69
Sana19.12.2023
Hajmi3,47 Mb.
#124269
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

2. Beton deb bog‘lovchi moddalar, suv, mayda va yirik 
tо‘ldiruvchilarning ma’lum proporsional miqdorlarda olingan qorishmani 
yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh 
materialiga aytiladi. 
Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog‘lovchi moddalardan 
tayyorlangan qorishmadan keng kо‘lamda foydalaniladi. Bu betonlar asosan suv 
bilan qorishtiriladi. Betonning faol tashkil etuvchilari sement va suvdir, ularning 
reaksiyaga kirishishi natijasida tо‘ldiruvchi zarralarini biriktiradigan yaxlit quyma 
sement toshi hosil bо‘ladi. Sement va suv betonning faol tarkibiy moddalari 
hisoblanadi: ular orasidagi reaksiyalar natijasida tо‘ldiruvchi zarralarini yaxlit 
monolitga bog‘lovchi sement toshi paydo bо‘ladi.
Sement va tо‘ldiruvchi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi 
(avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning 
uchun tо‘ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati 


20 
va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish 
taqazo etiladi.
Tо‘ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish 
chiqindilari 
(shlaklar 
va 
boshqalar)dan 
foydalaniladi. 
Bunday 
arzon 
tо‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki 
tо‘ldiruvchi va suv betonning 85-90% ni, sement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. 
Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy tо‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil 
beton keng kо‘lamda qо‘llanilmoqda. G‘ovakli tо‘ldiruvchilar beton zichligini 
pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. 
Beton va beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchun uning 
tarkibiga kimyoviy qо‘shimcha aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi 
tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, uni ancha plastik va qulay quyiluvchanligi 
oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, uning mustahkamligi va sovuqqa 
chidamliligini kо‘tariladi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa yо‘nalishda 
о‘zgartiriladi. 
Beton – asosiy qurilish ashyosidir. Unga keng qamrovda turli xususiyatlar
jumladan mustahkamlik, zichlik, issiqlik о‘tkazuvchanlik va boshqa shu kabi 
xossalarni berish mumkin.
Hozirgi zamonda qurilishda betonning turli xillaridan foydalanilmoqda. 
Beton turlarini qо‘llangan materiallar xususiyatlari va belgilangan maqsadiga 
qarab klassifikatsiyalash bо‘yicha tartibga solish mumkin. Betonning kо‘p 
xususiyatlari uning zichligiga bog‘liqdir, ya’ni beton zichligi sement toshining 
zichligiga, tо‘ldiruvchilarning turi va beton tuzilishiga bog‘liq. 
Beton zichligi bо‘yicha о‘ta og‘ir (2500 kg/m
3
va undan ortiq); og‘ir (1800-
2000 kg/m
3
); yengil (500-1800 kg/m
3
); о‘ta yengil (500 kg/m

dan kam) turlariga 
bо‘linadi. О‘ta og‘ir betonlar og‘ir tо‘ldiruvchilardan – pо‘lat qipig‘i va 
qirindisidan (pо‘lat beton), temir rudadan (limonit va magnetit betonlar) yoki 
baritdan (barit beton) tayyorlanadi. 
Qurilishda asosan zichligi 2100-2500 kg/m
3
bо‘lgan tog‘ jinslaridan olingan 
tо‘ldiruvchili (granit, ohaktosh, diabaz va b.) oddiy og‘ir betonlar qо‘llaniladi. 


21 
1800-2000 kg/m
3
zichlikdagi betonlar 1600-1900 kg/m
3
zichlikka ega bо‘lgan tog‘ 
jinslari - shag‘allardan tayyorlanadi.
Yengil beton g‘ovak tо‘ldiruvchilardan (keramzit, agloporit, kо‘pchitilgan 
shlak, pemza, tuf) olinadi. Yengil betonlarning qо‘llanilishi qurilish 
konstruksiyalari og‘irligini kamaytiradi, qurilishni arzonlashtiradi, shuning uchun 
ularni ishlab chiqarish tezkorlik bilan о‘smoqda.
О‘ta yengil betonlarga g‘ovakli betonlar kiradi, ularni bog‘lovchi, mayda 
yanchilgan qо‘shimchalar va suv qо‘shilgan qorishmani maxsus usulda kо‘pchitib 
olinadi (gazbeton, kо‘piksimon beton) va yirik g‘ovakli beton yengil tо‘ldiruvchi 
asosida tayyorlanadi
.
G‘ovakli betonda tо‘ldiruvchi о‘rnida sun’iy tayyorlangan 
g‘ovakdagi havo hisoblaniladi. 
Bog‘lovchi modda betonni xususiyatini aniqlaydigan asosiy tashkil etuvchi 
bо‘lib, uning turlari bо‘yicha betonlar farqlanadi, jumladan: sementli, silikatli, 
gipsli, ishqor shlakli, betonpolimerli, polimersementli betonlar va maxsus betonlar. 

Download 3,47 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton deb bog‘lovchi moddalar, suv, mayda va yirik

Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish