- rasm. Keng nomenklaturadagi quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarishning texnologik




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/69
Sana19.12.2023
Hajmi3,47 Mb.
#124269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

2- rasm. Keng nomenklaturadagi quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarishning texnologik 
sxemasi (Bajenov Y.M. va boshq.): 
1 - qum ombori; 2 - tasmali konveyerlar tizimi; 3 - ta’minlagich; 4 - quritish barabani; 5 - 
vibroyelaklar; 6 - qum fraksiyalari uchun bunkerlar tizimi; 7 - ta’minlagichlar; 8 - bog‘lovchilar, 
mineral tо‘ldirgichlar dozatorlari; 9 - bog‘lovchi moddalar bunkerlari; 10 - parrakli konveyer; 11 
- mineral tо‘ldirgichlar bunkerlari; 12 - chang ushlab qolish tizimi; 13 - quritish barabani; 14 - 
mineral tо‘ldirgichlar ombori; 15 - mineral tо‘ldirgichlar oraliq bunkeri; 16 - maydalagich; 17 - 
oraliq bunker; 18 - elevator; 19 - parrakli konveyer; 20 - quruq qorishmalarni aralashtirgich; 21 - 
quruq qorishma bunkeri; 22 - ta’minlagich; 23 - qadoqlash qurilmasi; 24 - kimyoviy 
qо‘shimchalar bunkeri; 25 - kimyoviy qо‘shimchalar dozatori; 26 - qopga solingan quruq 
qorishmalar uchun transporter; 27 - quruq qorishma ombori; 28 - quruq qorishmalar uchun silos 
tipidagi ombori. 
Keltirilgan о‘lchamlardan mayda va yirik fraksiyalar ajratib olinib qayta 
ishlashga yoki otvalga jо‘natiladi. Qumning tayyor fraksiyalari metalldan yasalgan 
siloslarga (6) yuborilib, har bir fraksiya alohida saqlanadi. 
Joyida tayyorlanadigan mayda mineral tо‘ldirgichlar foydalanishdan avval 
bir necha texnologik operatsiyalardan о‘tadi: saqlash (14), maydalash (16), oraliq 


13 
bunkerlarda (11,17) sqalash, uzatish (elevatorlarda) (18), mayin qilib tuyish (13), 
о‘lchash (8). 
Mineral bog‘lovchilar oraliq bunkerlar yoki ombordan bunkerlarga (8), 
kimyoviy qо‘shimchalar esa aralashtirish bо‘limining bunkeriga (24) uzatiladi. 
Quruq qurilish qorishmalar tayyorlash zavodlarining aralashtirish bо‘limlari 
berilgan programma bо‘yicha ishlaydigan komponentlarni avtomatik ravishda 
о‘lchash tizimlari balan ta’minlangan. Kompyuterlarning ma’lumotlar bankida 
quruq qurilish qorishmalarining juda kо‘p retseptlari saqlanishi mumkin. 
Komponentlarni aralashtirish vallari vertikal holda joylashtirilgan germetik 
yopiq betonqorgichda (20) amalga oshiriladi. 
Aralashtirish vaqti quruq qorishmalarning tarkibiga bog‘liq bо‘lib, 60 dan 
180 sekundgacha amalga oshiriladi. Tayyor aralashma oraliq bunkerga (21) kelib 
tushadi, undan sо‘ng transporterlar tizimi orqali qadoqlash mashinasiga (23) 
uzatiladi. Quruq qorishmalar qadoqlash mashinasi yordamida avtomatik ravishda 
kerakli vaznda (20, 30 yoki 40 kg) tortilib qog‘oz qoplarga joylanadi. Yana shu 
yerda tayyor mahsulotni 2, 3, 5 yoki 8 kg dan qilib poliyetilen qopchalarga ham 
joylash kо‘zda tutilgan. 
Quruq qorishma bilan tо‘ldirilgan tayyor qoplar yoki paketchalar 
manipulyator yordamida yog‘och taglikka yoki maxsus konteynerlarga (27) 
taxlanib tayyor mahsulot ombori yoki iste’molchiga jо‘natiladi. 
 
Nazorat savollar: 
1. Fanning maqsad va vazifasi. 
2. Fanni ishlab chiqarishdagi о‘rni. 
3.Respublikamizda beton tо‘ldiruvchilar ishlab chiqarishning rivojlanishi. 
4. G‘ovak tо‘ldiruvchilar turlari. 
5. Tо‘ldiruvchilar xom ashyosi. 
6. Quruq qurilish qorishmalari deb nimaga aytiladi? 
7.Quruq qurilish qorishmalari klassifikatsiyasini aytib bering? 
8.Quruq qurilish qorishmalari qanday komponentlardan tashkil topgan? 


14 
9.Quruq qurilish qorishmalaridan nima maqsadlarda foydalaniladi? 
10.Quruq qurilish qorishmalarini tayyorlash texnologiyasi asosiy qanday 
jarayonlardan iborat? 
11.Quruq qurilish qorishmalarini О‘zbekistonda qaysi korxonalarda ishlab 
chiqariladi? 
12.Quruq qurilish qorishmalarining afzalliklari nimada? 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir beton ishlab chiqarish 
texnologiyasi. Darslik, О‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Toshkent, 2011.
2. Asqarov B.A., Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. О‘quv 
qо‘llanma. I va II qism. T., О‘qituvchi, 2012. 
3. Maxmudova N.A. Quruq qorishmalar texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma, 
Toshkent-2013 yil.

Download 3,47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Keng nomenklaturadagi quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarishning texnologik

Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish