JIZZAХ - 2020
yil.
5
KIRISH
Magistrlar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini
amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv
qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma
materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar
bilimini oshirish, masalalar echish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va ko‘rgazmali
qurollar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish va boshqalar
tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv adabiyotlari yordamida
mustaqil o‘zlashtirish;
mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;
seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;
fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya
yozish va boshqalar.
Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol
usullarini qo‘llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Magstirlarning mustaqil
ta’limini tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga
oshiriladi. Magstir olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga
navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishi uchun mustaqil ravishda
tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
6
1-Mavzu: Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalarini qo’llash,
|